VI. Qisqacha hisobot.
Qurilish mahsuloti sifatini nazorat qilish natijalariga ishlov berishdagi matematik statistika uslublarining qo’llanish sohalari keltiriladi.
VII. Xulosalar.
Amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijalariga binoan qurilish mahsuloti sifati to’g’risida xulosa keltiriladi.
VIII. Nazorat savollari:
1. O’lchanayotgan kattalikning bir xilliligi qaysi parametr bo’yicha aniqlanadi?
2. Sifatni statistika jihatidan nazorat qilishda qo’llanadigan tasodifiy kattaliklarning taqsimlanish qonunlarini aytib bering.
3. Normal taqsimlanish qonuni atamasi ostida nimani tushunasiz?
8-laboratoriya iShi
Temirbeton shpalalarni sertifikatlashtirish
Ishdan maqsad
Muvofiqlikni baholash uchun me'yoriy hujjatlarning normativ-huquqiy bazasini o'rganish, sertifikatlashtirish qoidalarini o'rganish, sertifikatlashtirish uchun blankalarni to'ldirish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish.
Temirbeton shpalalarni sertifikatlashtirish o’rganish.
Shpalalarni majburiy sertifikatlashtirish uchun qo’yilgan talablarni o’rganish.
Majburiy sertifikatsiya: yog’och shpalalar
Umumiy qarashda № 982 qaror majburiy sertifikatsiyalashdan o’tkazilishi shart bo’lgan ana shu toifaning ikki asosiy pozitsiyasini ko’zda tutadi. Ulardan biri keng koleyali temir yo’llar qurilishida qo’llanadigan yog’och shpalalar. Mavjud tartibga binoan ushbu tipdagi mahsulotlar sertifikatsiyasi muvofiqlik sertifikatini tayyorlash shaklida amalga oshiriladi. Bugungi kunda GOST 78-2004 yog’och shpalalar sifati va xavfsizligi mezonlarini o’z ichiga olgan referent normativ hujjat bo’lib keladi. Shunday qilib, sertifikat berishga tayyorgarlik ko’rish jarayonida shpalalar aynan ana shu mezonlarga muvofiqlikka tekshiriladi. Uni olish uchun Siz bizning kompaniyaga murojaat qilishingiz mumkin: bizning barcha turdagi zarur o’lchashlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan, akkreditatsiyadan o’tkazilgan laboratoriyamiz bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |