“Ўзбекистон темир йўллари” датк


Laboratori ishi natijalari


Download 0.6 Mb.
bet10/17
Sana02.06.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1836887
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
QMS laboratoriya daftari 2023-2024 4-kurs

Laboratori ishi natijalari

Natijalar 6 jadvalda keltirilgan.

  1. Qisqa hisobot. Har bir o‘lchangan rels natijalari bo‘yicha tahlil qilinib, relslarni defektli va shikastlanganligi baholanadi, bunda qaysi ko‘rsatkich bo‘yicha rels defekt va shikastlanganligi aniqlaniladi.

  2. Xulosa. Har bir o‘lchash ishi bo‘yicha relsni defekt yoki defektsizligi asoslanadi.




  1. Nazorat savollari.

  1. Qaysi normativ xujjatda relslarni defekti bo‘yicha reglament keltirilgan?

  2. Relslarni defektini aniqlashda qaysi turdagi yemirilish hisobga olinadi?

  3. Relsni yemirilishi qaysi o‘lchov vositasi bilan aniqlanadi?

  4. Relslarni yemirilishini o‘lchash usuli.

  5. Relslarni yemirilishi bo‘yicha cheklovlar normalari.

6-laboratoriya ishi


Ballast qatlamiga qo’yilgan talablarni o’rganish


Ishdan maqsad

  1. Ballast qatlamiga qo’yilgan talablarni o’rganish.

  2. Ballast qatlami materiallari turlarini o’rganish.

  3. Shag’al ko’rsatkichlar bo’yicha talablar tavsiflari.

  4. O’lchash uslubi.




    1. Ballast qatlami maqsadi va unga qo’yiladigan talablar.

Temir yo’llarda temir yo’l izlarining o’zaro tubdan farq qiladigan ikki tipi qo’llanadi: ballast qatlamli va ballastsiz.
Ballastsiz tipdagi yo’lni ratsional qo’llash sohalari yo’lning deformatsiyalanmaydigan quyi qurilmasi, sun’iy inshootlar (metall ko’priklar, asosan katta, tonnellar, estakadalar) kabilar bilan cheklanadi.
Grunt (tuproq) yer polotnosiga ega bo’lgan mahalliy umumiy foydalanish temir yo’llarida (barcha yo’llarning 99% dan ortiq qismi) yo’lning ballast qatlamiga ega bo’lgan yuqori qurilmasi ham iqtisodiy, ham texnik ko’rsatkichlar bo’yicha qo’llanadigan yagona konstruktsiya bo’lib keladi. To’kilma materiallardan tiklanadigan ballast qatlami temir yo’l izi yuqori qurilmasining o’ta muhim elementlaridan biridir. U yo’lning poyezdlar yuklamasi va o’zgarib turadigan haroratlar ta’siridagi obespechivaet vertikal va gorizonal turg’unligini ta’minlaydi. Ballast qatlamining konstruktsiyasi va sifatida quyidagilar bog’liq: temir yo’l izining umumiy holati, poyezdlar harakatlanishining yo’l qo’yiladigan tezliklari darajasi, yo’l yuqori qurilmasining barcha elementlarining xizmat muddatlari (relslar, mahkamlagichlar, shpalalar), yo’lning joriy saqlanish xarajatlari va uni butun ta’mirlash tizimi.
Ballast qatlami:

  • Shpalalardan tushadigan bosimni o’ziga olishi (strelkali o’tkazgichlardagi bruslar) va uni yer polotnosining imkon qadar kattaroq maydoniga bir tekis qilib taqsimlashi;

  • rels-shpala panjarasining ekspluatatsiya jarayonidagi loyiha bo’yicha turg’un holatini ta’minlashi;

  • ballast qatlami hisobiga (urib to’g’rilash, rixtovkalash) muqarrar qoldiq deformatsiyalarni kompensatsiyalash uchun yo’lning profil va reja bo’yicha to’g’rilanish imkonini ta’minlash;

  • ballast prizmadan va yer polotnosining asosiy maydonidan suvni tez ketkazish, yer polotnosi grunti o’ta namlanishi va qurib qolishiga, uning yuk ko’tarish imkoniyatini yo’qotishiga (bahorda) va shishib chiqishiga (qishda) yo’l qo’ymaslik;

  • rels osti asosida, ayniqsa temirbeton shpalalarda optimal qayishqoqlik shakllanishida ishtirok etish;

  • ob-havo sharoitlaridan qat’i nazar avtoblokirovka rels zanjirlarining normal ishlashini ta’minlaydigan quyi elekt o’tkazuvchanlikka ega bo’lish.





    1. Download 0.6 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling