“Ўзбекистон темир йўллари” датк


Download 0.6 Mb.
bet3/17
Sana02.06.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1836887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
QMS laboratoriya daftari 2023-2024 4-kurs

HISOBLASH QURILMASI

Hisoblash qurilmasi konstruktsiyasi asosiga bo’lmalari intervali 1 mm li, asosiy shkala tushirilgan shtanga (o’lchash chizg’ichi) kiradi. SHtanga shkalasining har bir beshinchi bo’lmasi uzaytirilgan shtrix bilan, har o’ninchisi esa – yana ham uzunroq va tegishli santimetrlar soniga ega bo’lgan shtrix bilan belgilangan.


Shtanga bo’ylab o’lchash ramkasi erkin harakatlanib, uning tugash joyida (shtanganing millimetrli shkalasi qarshisida) nonius deb nomlanadigan qo’shimcha shkala tushirilgan. Nonius millimetrning kasr ulushlarini hisoblash uchun xizmat qiladi.
Noniusli qurilmada o’lchashlarni amalga oshirish noniusning asosiy shkalasi va qo’shimcha shkalasi bo’lmalari intervallari o’rtasidagi farqqa asoslangan. Nonius kam sonli bo’lmagan soni n ga ega (10, 20 yoki 50 bo’lma-shtrixlar). Noniusning nolinchi shtrixi strelka vazifasini bajarib, asosiy shkalada millimetrlardagi o’lchamni hisoblab topish imkonini beradi.
Nonius bo’lmalar qiymati s asosiy shkala bo’lmasining qiymati nonius shkalasi bo’lmalari qiymati n ga bo’lingan qiymatiga a=1 mm ga teng:
c=a/n.
Bo’lmasi qiymatlari 0,1; 0,05 mm va kamdan-kam hollarda 0,02 mm bo’lgan noniuslar qo’llanadi. Nonius shkalasi bo’linish intervali b modulning qabul qilingan qiymati γ, 1; 2; 3; 4 ga bog’liq bo’lib, undan katta sonlar orasidan tanlab olinadi. Biroq shuni ham nazarda tutish lozimki, modul kattalashishi bilan qo’shimcha shkala – nonius uzunligi ham kattalashib, butun hisob qurilmasining gabarit o’lchamlari kattalashadi. Nonius shkalasining bo’linish intervali b asosiy shkalaning bo’lishnish intervaliga karali qilib olinadi
b=γ∙a-c,
γ - nonius moduli, xarakterizuyuщiy rastyanutost shkalы nonius shkalasi cho’ziqligini yoki asosiy shkala va nonius shkalasi intervallari qiymatlari orasidagi nisbatni tavsiflab keladi.
Nonius shkalasi uzunligi
l=n∙b=(γ∙n-1),
Misol uchun modul γ=1 da nonius bo’lmasi qiymati s=0,1 mm ni olaylik, bu holda nonius bo’lmasi qiymati intervali b=1∙1-0,1=0,9 mm. Noniusning bundan keyingi barcha shtrixlari xuddi shu interval bilan tushiriladi. Nonius bo’lmalari intervallari asosiy shkalaga nisbatan kichikroq bo’lganligi sababli, asta-sekin nonius shtrixlari holatining asosiy shkala shtrixlari holatidan ortda qolishi yig’ila boradi va noniusning o’ninchi shtrixi asosiy shkalaning to’qqizinchi shtrixiga to’g’ri keladi.


    1. Download 0.6 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling