III. Materiallar, uskunalar, asboblar.
-
standart pravilo (reyka) (5-rasm);
-
shup (6-rasm);
-
otves (7-rasm);
-
shayton (8-rasm);
-
teodolit (9-rasm).
IV. Ish bajarish tartibi.
-
Bino ichkarisi (va tashqarisi)dan suvoqlangan yuza tekisligini pravilo (reyka) yoki 2 m uzunlikdagi shablon yordamida o‘lchash.
-
Zazor (tirqish)ni shup yordamida o‘lchash. O‘lchash bir yuzaning turli yo‘nalishlari bo‘ylab kamida beshta nuqtada amalga oshiriladi.
-
O‘lchanayotgan yuza eskizi tuziladi.
-
Devor yuzasi og‘ishi kattaligini (devor balandligi 5 m gacha bo‘lganida) vertikal va gorizontal bo‘yicha reyka-otves (shayton) yordamida o‘lchanadi. Boshqa hollarda teodolitdan foydalaniladi.
-
O‘lchash natijalari jadvalga kiritiladi (8-jadval).
V. Laboratoriya ishi natijalari
8-jadval. O‘lchash natijalari
VI. Qisqacha hisobot.
Talaba suvoqlangan yuza sifati qanday ko‘rsatkichlar yordamida baholangani to‘g‘risida ma’lumot beradi.
VII. Xulosalar (Talaba tomonidan to‘ldiriladi)
Amalga oshirilgan o‘lchashlar natijalariga ko‘ra suvoqlangan yuzalar sifati baholanadi. 8-jadval asosida talaba suvoqning qaysi turi oddiy, yaxshilangan, yuqori sifatli turiga mos ekanligi to‘g‘risida xulosa beradi.
VIII. Nazorat savollari.
-
Suvoqlangan yuzalar sifatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
-
Suvoqlangan yuzaning oddiy suvoq deb hisoblash mezonlari.
-
Suvoqlangan yuzaning yaxshilangan suvoq deb hisoblash mezonlari.
-
Suvoqlangan yuzaning yuqori sifatli deb hisoblash mezonlari.
-
Suvoq sifatini tekshirish uchun qanday o‘lchov vositalariga ega bo‘lish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |