“Ўзбекистон темир йўллари” датк
TISHLI MEXANIZMLI O’LCHASH KALLAKLARI YOKI SOAT TIPDAGI INDIKATORLAR
Download 0.6 Mb.
|
QMS laboratoriya daftari 2023-2024 4-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- INDIKATORLI SKOBA
TISHLI MEXANIZMLI O’LCHASH KALLAKLARI YOKI SOAT TIPDAGI INDIKATORLAR
O’lchash kallaklari deb o’lchovsi sterjenning kichik siljishini strelkaning shkala bo’yicha kattakatta siljishiga aylantiradigan hisoblash qurilmalariga aytiladi (soat tipidagi indikatorlar, tishli indikatorlar, ko’p oborotli indikatorlar, richag-tishli kallaklar). 5-rasm. Soat tipidagi ICH-10 indikatori Kallaklar alohida o’lchash qurilmasi sifatida ishlatilishi mumkin emas va o’lchash uchun ularni tirgaklar, shtativlarga o’rnatadilar yoki ular bilan asboblar va nazorat-o’lchash moslamalarini jahozlaydilar. O’lchash kallaklari asosan nisbiy o’lchashlar uchun mo’ljallangan. Agar detal o’lchamlari asbob ko’rsatmalari diapazonidan kichik bo’lsa, u holda o’lchashlar absolyut (mutlaq) uslub yordamida bajarilishi mumkin. Nisbatan keng tarqalgan tishli uzatmali o’lchash kallaklari – bu soat tipidagi indikatorlar hisoblanadi. Soat tipidagi barcha indikatorlar katta shkalasi bo’lmasi qiymati 0,01 mm ga teng. Aksariyat indikatorlarning ko’rsatmalar diapazoni 2 mm (ICH-2), 5 mm (ICH-5), 10 mm (ICH-10) va ko’rsatmalari diapazoni 25 mm (ICH-25) va 50 mm (ICH-50) bo’lgan indikatorlar kamroq ishlab chiqariladi. Soat tipidagi indikator bilan o’lchash xatoligi o’lchash sterjenining siljishiga bog’liq. Masalan, ko’rsatmalar diapazoni 1÷2 mm bo’lganida o’lchash xatoligi 10÷15 mkm atrofida, 5÷10 mm diapazonida esa o’lchash xatoligi 18÷22 mkm atrofida topiladi. INDIKATORLI SKOBA Skoba korpusida (6-rasm) soat tipidagi indikator, qo’zg’aluvchan pyatka 2 va almashtiriladigan o’zgaruvchan pyatka 3 o’rnatilgan. Qo’zg’aluvchan pyatka 2 muntazam ravishda mahsulot tomonga indikatorning o’lchash sterjeni va maxsus prujina bilan bosilib turadi. Qayta o’rnatish pyatkasi 3 bo’shatilgan vint 4 va yechib olingan qalpoqchada 50 mm gacha oraliqda siljib turishi mumkin. Indikatorli skobalarning o’lchash diapazonlari quyidagiga teng: 0÷50 mm, 50÷100 mm, 100÷200 mm, …, 600÷700 mm, 700÷ 850 mm, 850÷1000 mm. Asbobning asosiy xatoligi (skoba tipii-razmeriga bog’liq ravishda) 5 dan 20 mkm gacha oraliqda o’zgaradi. 6-rasm. Indikatorli skoba Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling