“Ўзбекистон темир йўллари” датк


SHTS-III shtangentsirkulining


Download 0.6 Mb.
bet2/17
Sana02.06.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1836887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
QMS laboratoriya daftari 2023-2024 4-kurs

SHTS-III shtangentsirkulining yuqori o’tkir uchli «labchalari» va o’lchash ramkasini mikrouzatish uchun qurilmasi bo’lmaydi. U tashqi va ichki o’lchash maqsadida SHTS-II da bo’lgani kabi, quyi labchalar yordamida o’lchash uchun ishlatiladi. Nonius bo’lmasi oralig’i qiymati 0,1 va 0,05 mm, o’lchash chegaralari 0 dan 2000 mm gacha.



2-rasm. SHTS-II  va SHTS-III shtangentsirkullari
Shtangenglubinomer (shtangali chuqurlik o’lchagich) (3-rasm) chuqurlik va bo’rtiklarni o’lchash uchun mo’ljallangan. U sostoit iz asos 1, asosiy millimetrli shkalasi bo’lgan shtanga 6, o’lchash ramkasi 3, stoporlash vinti 2, mikrometrik uzatish qurilmalari 5, stoporlash vinti 4, mikrometrik uzatish gaykasi va vinti 7 va nonius 8.
Nonius bo’lmasi qiymati 0,05 mm va o’lchash me’yorlari 0-160, 0-200, 0-250, 0-315, 0-400 mm bo’lgan shtangali chuqurlik o’lchagichldar ishlab chiqariladi. Konstruktsiyasiga ko’ra shtangenglubinomer shtangentsirkuldan shtangada qo’zg’almas lablari yo’qligi va ular o’rniga chuqurlikni o’lchashda tayanch bo’lib xizmat qiladigan asos 1 mavjudligi bilan farq qiladi. Nolinchi o’lchamni shtangenglubinomer shtanga (chizg’ich) 6 qirrasi va asos 1 biriktirilganida ko’rsatadi.

3-rasm. Shtangenglubinomer





    1. MIKROMETRIK INSTRUMENTLAR (ASBOBLAR)

Mikrometrik instrumentlar tashqi va ichki o’lchamlarni, o’yiq (paz) va tirqishlar chuqurligini o’lchash uchun mo’ljallangan keng qo’llanadigan vosita hisoblanadilar. Bu asboblarning ishlash tamoyili vint-gayka juftligini qo’llashga asoslangan. Aniq mikrometrik vint qo’zg’almas mikrogayka ichida aylanadi. Bu guruh asboblar ana shu uzel nomi bilan ataladi.


GOST 6507-78 ga muvofiq mikrometrlarning quyidagi tiplari ishlab chiqariladi:
MK – silliq, tashqi o’lchamlarni o’lchash uchun;
ML – listsimon tsiferblatli, listlar va tasmalar qalinligini o’lchash uchun;
MT – trubalar devori qalinligini o’lchash uchun trubali;
MZ – tishli g’ildiraklarning umumiy normali uzunligini o’lchash uchun tish o’lchaydigan;
MVM, MVT, MVP – yumshoq materiallardan ishlangan turli rezbalar va detallarni o’lchash uchun qo’yilmali mikrometrlar;
MR, MRI – richagli mikrometrlar;
MV, MG, MN, MN2 – stol usti mikrometrlari.
Mikrometrlarning sanab o’tilgan tiplaridan tashqari vыpuskayutsya mikrometrik nutromerlar (GOST 10-75 va GOST 17215-71) va mikrometrike glubinomerlar (chuqurlik o’lchagichlar) (GOST 7470-78 i GOST 15985-70).
Deyarli barcha ishlab chiqariladigan mikrometrlar bo’lmasi qiymati 0,01 mm ga ega. Bundan faqat richagli MR, MR3 va MRI mikrometrlari istisno, xolos. Ular bo’lmasining qiymati 0,002 mm ga teng. Silliq mikrometrlarning o’lchash diapazoni skoba o’lchamiga bog’liq bo’lib, quyidagiga teng: 0-25, 25-50, …, 275-300, 300-400, 400-500, 500-600 mm

4-rasm. Silliq mikrometr konstruktsiyasi va sxemasi.






    1. Download 0.6 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling