“Ўзбекистон темир йўллари” датк


Download 0.6 Mb.
bet1/17
Sana02.06.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1836887
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
QMS laboratoriya daftari 2023-2024 4-kurs


О`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

TEMIR YO’L MUHANDISLIGI” KAFEDRASI


QURILISHDA METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH fanidan laboratoriya mashg’ulotlari

daftari



Bajardi: YMTY- guruh talabasi


_______________________


Tekshirdi: _______________
Toshkent – 2023 yil
1-Laboratoriya iShi
O’lchov birligidan to’g’ri foydalanishni o’rganish. Shtangentsirkul, ugolnik, mikrometr, indiktorlarning ishlash printsipini o’rganish. Old qo’shimchalar. SI tizimiga kirmagan ba’zi o’lchov birliklari


Ishdan maqsad

  1. Shtangen jihozlarning tuzilishi, o’lchash printsip va metrologik tavsiflari o’rganilsin.

  2. Berilgan detal shtangentsirkul yordamida o’lchansin.

  3. Ishda qo’llanadigan indikatorli asboblar turlari va ularning metrologik tavsiflari.

  4. O’lchash uslubi.




    1. SHTANGEN JIHOZLAR

Chiziqli o’lchamlarni o’lchash uchun absolyut (mutlaq) uslub bo’lib, hamda detallarga belgi qo’yishda o’lchamlarni qayta tiklash ishiga shtangen jihozlar (asboblar) xizmat qilib, ular bu nom ostida o’lchash asboblarining katta guruhini birlashtiradilar: shtangentsirkullar, shtangenglubinomerlar, shtangengreysmaslar, shtangenzubomerlar va h.k.


Shtangen jihozlarning eng keng tarqalgan turi shtangentsirkul hisoblanadi. Shtangentsirkullarning bir necha modellari mavjud (GOST 166-80).
SHTS-I shtangentsirkuli «lablari» ikki tomonlama joylashgan bo’lib (1-rasm), u tashqi va ichki o’lchash ishlari, chuqurlikni o’lchash uchun chizg’ichi bor (nonius bo’linish qiymati 0,1 mm, o’lchash chegarasi 0 dan 125 mm gacha) (lineyku) 1 asosiy shkalali shtangaga (chizg’ichga) ega bo’lib, uning bo’lmalari har 1 millimetrda tushirilgan. SHtanga imeyet qo’zg’almas ikki tomonlama o’lchash «lablariga» ega bo’lib, ularning ishchi yuzalari shtangaga perpendikulyar joylashgan. Chizg’ich bo’ylab ikkinchi «lablar» juftligiga ega bo’lgan o’lchash ramkasi 2 harakatlanadi; ramkada uning zarur holatda qotirish uchun stoporlash vinti 4 bor. O’lchash ramkasida qo’shimcha shkala - nonius 3 tushirilgan. Tashqi o’lchamlar eni kichik bo’lgan yassi ishchi yuzali quyi «lablar» yordamida o’lchanadi. Yuqori «lablar» ichki o’lchamlarni o’lchash uchun mo’ljallangan. Chuqurlik o’lchash chizg’ichi 5 bo’rtiklar balandligi, berk tirqishlar chuqurligi va shu kabilarni o’lchash uchun mo’ljallangan.

1-rasm. SHTS-I  shtangentsirkuli

Lablari ikki tomonlama joylashgan SHTS-II shtangentsirkuli (2-rasm) tashqi va ichki o’lchashlar hamda belgi qo’yish ishlari uchun mo’ljallangan. SHTS-I bilan asosiy detallari bir xil, ammo imeyet vspomogatelnuyu ramku mikropodachi 4 dlya tochnogo peremeщeniya ramki1 po shtanga 5 bo’ylab aniq siljib borish uchun. Buning uchun dastlab ko’makchi ramkani 4 stoporlash vinti 3 bilan qotirish, so’ng, gayka 6 ni mikrovint 7 bo’yicha aylantirib, o’lchash ramkasini shtanga bo’ylab siljitish talab etiladi. Odatda, bu uzatishdan shtangentsirkulda belgi qo’yishda o’lchamni aniq belgilab olishda foydalanadilar. SHTS-II shtangentsirkulining o’tkir uchli labchalarini qo’l yetib borishi qiyin bo’lgan tashqi o’lchamlarni o’lchash maqsadida qo’llaydilar. Ichki o’lchamlarni o’lchash uchun mo’ljallangan quyi lablari imeyut tsilindrsimon ishchi yuzasiga ega. Yig’ilgan holdagi labchalari o’lchami odatda 10 mm ga teng bo’lib, ana shu shtangentsirkul yordamida o’lchanishi mumkin bo’lgan eng kichik ichki o’lchamni belgilab beradi. Ichki o’lchashlarda shkala bo’yicha hisobga ularning yon tarafida ko’rsatilgan «lablari»ning o’lchamini ham qo’shib hisoblash kerak. SHTS-II tipli shtangentsirkuli oraliq bo’lmasi 0,1 va 0,05 mm ga teng noniuslarga ega bo’lib, uning o’lchash chegaralari 0-160, 0-200, 0-250 mm.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling