“Ўзбекистон темир йўллари” датк
Download 104.73 Kb.
|
я (3)
KIRISH “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 7 noyabrdagi PF-982-sonli Farmoni bilan temir yoʻl transporti tizimining Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlinmalari, korxonalari va tashkilotlari bazasida tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan kompaniya aksiyalarining 100% davlatga tegishli ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki bundan keyin matnda “OʻTY” AJ deb nomlanadigan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ sifatida qayta tuzildi. Tarmoqning asosiy sifatlari etib quyidagilar belgilangandi: – yagona temir yoʻl transport tarmogʻini tuzish; – temir yoʻlning asosiy uchastkalarini elektrlashtirishni davom ettirish; – temir yoʻllarni modernizatsiyalash, shuningdek, telekommunikatsiyalarning optik tola tizimlariga oʻtishni oʻz ichiga olgan holda temir yoʻl transporti infratuzilmasini rivojlantirish; – harakat tarkibini tamirlashning oʻz bazasini rivojlantirish; – harakat tarkibini tiklash va yangilash; – jahon bozoriga chiqish va respublikaning eksport potensialini oshirishni taminlovchi muqobil transport yoʻlaklarini izlash. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-6096 sonli farmoni hamda 2022-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportini rivojlantirish konsepsiya loyihasiga koʻra temir yoʻl transportida tashuvlarni takomillashtirish va jamiyat faoliyatidagi nosohaviy yoʻnalishlarni xususiylashtirish rejalashtirilgan. Download 104.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling