«Ўзбекистон темир йўллари» датк


Ortish-tushirish ishlarini v ombor operatsiyalarini


Download 0.96 Mb.
bet7/16
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1588888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
xurshid kmap kurs ishi

3. Ortish-tushirish ishlarini v ombor operatsiyalarini
kompleks mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash tizimini loyihalash


3.1. Ortish-tushirish mashinasi va jihoz turlarini tanlash

Ortish-tushirish mashina (OTM), qurilma va jihozlarni quyidagi asosiy texnik va ekspluatatsion talablarga rioya qilgan holda tanlash lozim.


Mashinalar, qurilmalar va jihozlar ortish-tushirish ishlarini va ombor operatsiyalarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash tizimi texnik darajasini batamom tugal ta’minlashi, asosiy ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi: yuklarni qabul qilish, saqlash, ortish-tushirish ishlariga muvofiqlikda bо‘lishini ta’minlashi kerak.
Tanlab olingan mashina va qurilmalar majmui, oldindan ishlab chiqilgan texnologik jarayon bо‘yicha faoliyat kо‘rsatishi, loyihalashtirilayotgan obyektda ortish-tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash chizmasi asosini tashkil etishi kerak.
3.2. Ortish-tushirish mashina va jihozlarini
sonini hisoblash.

Ortish-tushirish frontining texnik jihozlash, OTM laridan vaqt va quvvat bо‘yicha samarali foydalanishni va harakatdagi sostavlarni yuk operatsiyalarida minimal tо‘xtab turishini ta’minlashi lozim. Ortish-tushirish mashinalarini zaruriy soni bajarilayotgan ish hajmi asosida, qо‘yidagi formulalar yordamida aniqlanadi:


barcha turdagi yuklar uchun

Z = Qsut · Kq · (1 - α) · β / (nsm · Qsm) , dona (3.1)


konteynerlar uchun


Z = Nsut · Kq · (1 - α) · β / (nsm · Nsm) , dona (3.2)


bu yerda nsm – sutkadagi smenalar soni;


Qsut - sutkalik yuk aylanmasi **, t/sut:

Qsut = Qs.j. + Qs.k. , t/sut (3.3)


Nsut- cutkalik konteyner aylanmasi**, kont/sut:


о‘rta tonnajli konteynerlar uchun,

Nsut=N3.j. +N3.k. +N5.j. +N5.k. +N3.b. +N5.b. , kont/sut


katta tonnajli konteynerlar uchun,


Nsut=N20.j. +N20.k. +N30.j. +N30.k. +N20.b. +N30.b. , kont/sut


Kq - yuklarni qaytadan ortish-tushirish koeffitsiyenti;


α - bir turdagi transportdan boshqa turdagi transportga bevosi-
ta yuklarni ortishni inobatga oluvchi koeffitsiyent*;
Qsm , Nsm - OTMsining smenalik ishlab-chiqarish meyori*, muvofiq ra-
vishda t/sm va kont/sm;
β - OTMsining turli ta’mirlarda bо‘lishini inobatga oluvchi
koeffitsiyent;

β = 365 / (365 -Tt)


bu yerda Tt – OTM sining yil davomida barcha turdagi ta’mirlarda bо‘lish


muddati, sut.
(Hisob kitob ishlarida  = 1,04 elektr yuklagichlar uchun va  =1,03 boshqa turdagi OTM lar uchun, deb qabul qilinsa ham bо‘ladi).
OTM larining smenalik ishlab-chiqarish meyorini (Qsm va Nsm) yagona ishlab chiqarish meyorlaridan [9] qabul qilib olinadi. Agarda yagona ishlab-chiqarish meyorlarida, ba’zi bir turdagi OTM lar va yuklar uchun Qsm va Nsm mavjud bо‘lmasa, OTM larining smenalik ishlab-chiqarish meyorini quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
barcha turdagi yuklar uchun

Qsm = Qt · tsm · kv , t/sm (3.4)


konteynerlar uchun


Nsm = Nt · tsm · kv , kont/sm (3.5)


bu yerda tsm - smena muddati (tsm = 7), soat;


Qch , Nch - OTM sining texnik unumdorligi, muvofiq ravishda t/soat
va kont/soat;
kv - mashinalardan vaqt bо‘yicha foydalanish koeffitsiyenti
(kv = 0,6 ÷ 0,8).
Davriy harakatlanuvchi OTM lari uchun texnik unumdorlik qо‘yi- dagi formulalar yordamida aniqlanadi:
donali yuklar uchun,

Qt = 3600 · Gyuk / Ts , t/soat (3.6)


konteynerlar uchun,

Nt = 3600 · nk / Ts , kont/soat (3.7)


sochiluvchan va tо‘kiluvchan yuklar uchun


Qt = (3600 / Ts) · Vk · γ · ψ , t/soat (3.8)


bu yerda Gyuk - bir ish siklida elitib qо‘yiladigan yukni о‘rtacha vazni, t;
nk - bir ish siklida elitib qо‘yiladigan konteynerlar soni;
Vk - OTM si kovshining sig‘imi*, m3 ;
γ - yukning hajmiy massasi*, tm3;
ψ - kovshni tо‘lar-tо‘lmasligini inobatga oluvchi koeffitsiyent
(ψ = 0,80 ÷ 0,95);
Ts – OTM si ish siklining vaqti, s
Vilkali yuklagichlarni ish siklining vaqtini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Ts = to + tb + (tor.e.+2 · hо‘ k + 2 · ℓо‘h + tol.e. + 4·tt.s.) · φ , s (3.9)

bu yerda to , tb - yukni vilkaga о‘rnashtirib olish va vilkadan bо‘shatish


vaqti (to = tb = 3 ÷ 5), s;
tor.e. , tol.e. - vilkani oldinga va orqaga engashtirish vaqti
(tol.e.=tor.e.=2 ÷ 3), s;
hо‘ - yukni о‘rtacha kо‘tarish va tushirish balandligi
(hо‘ = 0,6÷1,2), m;
υk - yukni о‘rtacha kо‘tarish va tushirish tezligi*, m/s;
о‘ -yuklagichni bir ish siklidagi о‘rtacha harakatlanish
masofasi (ℓо‘  50 ÷ 70), m;
υh - yuklagichni о‘rtacha harakatlanish tezligi*, m/s;
tt.s - yuklangichni tezlanish va sekinlanish vaqti (tt.s  1  2), s.
φ - ish siklining alohida operatsiyalarini parallel (ikki yoki
undan ortiq operatsiyalarni birgalikda) bajarishni inobat -
ga oluvchi koeffitsiyent (0,70,85);

Chor poyali va kо‘prik kranlar ish siklining vaqtini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:


Ts = ti + tb + (4·hо‘ / υk + 2·ℓt / υt + 2·ℓkr / υkr + 8· tt.s.)·φ , s (3.10)


bu yerdati , tb - muvofiq ravishda yukni ilgakka ilib olish va ilgakdan


yukni bо‘shatish vaqti, s;
hо‘ - yukni о‘rtacha kо‘tarish va tushirish balandligi (hо‘  2 ÷ 3),
m;
t , ℓkr - muvofiq ravishda yuk kо‘tarish aravachasini va kranni о‘rtacha
harakatlanish masofasi (ℓt = 0,7·Lpr , ℓkr = 15 ÷ 20), m;
υk , υt , υkr - muvofiq ravishda yukni kо‘tarish, yuk kо‘tarish aravachisini
va kranni harakatlanish tezligi*, m/s;
tt.s.- tezlanish va sekinlanish vaqti (tt.s.  1 ÷ 2), s;
8, 4, va 2 sonlari u yoki bu operatsiya ish siklida necha marotaba qaytarilishini kо‘rsatadi.
Aylanuvchi strelali kranlarning ish siklining vaqtini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:

Ts = ti + tb +(4·hо‘ k +2· β ·60 /(υay ·360) +2·ℓkr / υkr +8·tt.s.)·φ , s (3.11)


bu yerda β - kran strelasini burilish (aylanish) burchagi (β  160 ÷180),


grad;
υay - kran platformasini aylanish chastotasi*, ayl/daq.
Aylanuvchi strelali kranlar chiqarib qо‘yiladigan tayanchlarga mahkamlanib ishlaganida yoki sochiluvchan tо‘kiluvchan yuklar bilan ortish-tushirish ishlarini bajarganida ish siklining vaqtini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:

Ts = ti + tb +(4·hо‘ k +2· β ·60 /(υay ·360) + 6·tt.s.)·φ , s (3.12)


chunki aylanuvchi strelali kranlar chiqarib qо‘yiladigan tayanchlarga mahkamlanib ishlaganida yoki sochiluvchan - tо‘kiluvchan yuklar bilan ortish-tushirish ishlarini bajarganida, ish sikli davomida kran harakatlanmasdan bir joyda muqim turib ishlaydi.


Ortish-tushirish mashinalarining zaruriy soni harakatdagi sostavlarni yuk operatsiyalarida tо‘xtab turishlarini meyoriy muddatini qanoatlantirishi kerak:

barcha turdagi yuklar uchun,


Z' = Qp / (Qt · Tt.t.m. · np ) ≤ Z , dona (3.13)


konteynerlar uchun,

Z' = Np / (Nt · Tt.t.m · np ) ≤ Z , dona (3.14)


bu yerda Qp , Np - muvofiq ravishda vagonlarni eng kо‘p olib kirib berish-


dagi yuk va konteynerlarning miqdori, t yoki kont;

Qp = Qsut / m , t; Np = Nsut / m kont


Tt.t.m.- yuk operatsiyasidagi bitta vagonning tо‘xtab turish mudda-


ti (yuk tashish Qoidalari, I- qism, 13- bо‘lim.).
np - eng kо‘p olib kirib berish (podachi) lardagi vagonlar soni;

np = nsut / m , vag


nsut- hisobiy sutkalik vagon aylanmasi, (nsut= n4.j.+n4.k.) , vag.


m - yuk frontiga vagonlarni olib kirib berish (podachi) lar
soni.
Elektr yuklagichlar uchun zaryadlash nuqtalarining soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Zz.n. = Z · tz · kz / 24 , dona (3.15)


bu yerda tz - elektr yuklagichlarni zaryadlash muddati (tz  10 ÷ 12), soat;


kz - elektr yuklagichlarni zaryadlashga qо‘yishning nomuntazamlik
koeffitsiyenti (kz  1,08 ÷ 1,1).
Idish–о‘rovli va donali yuklar uchun tagliklar soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Ztag = Qs. · Tsaq · kt / Gyuk , dona (3.16)


bu yerda Qs. - hisobiy sutkalik yuk aylanmasi**, t/sut;


kt - tagliklarning ta’mirda bо‘lishini inobatga oluvchi koeffi-
siyent (kt  1,03 ÷ 1,05);
Tsaq - yuklarning tagliklarda saqlash muddati, quyidagi tartibda
aniqlanadi;
a) tagliklar, faqatgina temir yо‘lining yuk saroyi omborlari ichida muomalada bо‘lsa (ishlatilsa), ya’ni idish–о‘rovli va donali yuklar paketsiz tashilsa:

Tsaq.j. = tsaq.j. ; Tsaq.k. = tsaq.k. , sut (3.17)


bu yerda tsaq.j. , tsaq.k. - muvofiq ravishda jо‘nash va kelish bо‘yicha yuklarni


omborda meyoriy saqlash muddati*, sut.

b) tagliklar yuk jо‘natuvchining (yuk oluvchining) omborlari va temir yо‘lining yuk saroyi omborlari о‘rtasida muomalada bо‘lsa:


Tsaq.j. = tsaq.j. + Tjо‘n ; Tsaq.k. = tsaq.k. + Tol , sut (3.18)


bu yerda Tjо‘n , Tol - muvofiq ravishda yuk jо‘natuvchining va yuk


oluvchining omborida yuklarni saqlash muddati
(Tjо‘n = Tol = 1, sut);

v) tagliklar jо‘natuvchi stansiyadagi yuk jо‘natuvchilarning omborlari va tayinlangan stansiyadagi yuk oluvchilarning omborlari о‘rtasida muomalada bо‘lsa, ya’ni idish–о‘rovli va donali yuklar paketlab tashilsa:


Tsaq = 2 · [Tjо‘n + tsaq.j. + (1 + L / υe) + tsaq.k. + Tol] , sut (3.19)


bu yerda L - yuk tashish masofasi (L  1000 ÷ 1500), km;


υe - yukning eltib berish tezligi (υe  330), km/sut.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling