Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- A, O, I, V, E, O`,U
- Adabiyotlar
Qaysi biri ortiqcha ekan? o`yini. Bu o‘yinda bir mavzuga tegishli so`lar beriladi, lekin
so‘zlardan biri ortiqcha bo`ladi. O‘quvchilar qaysi so‘z o‘rtiqcha ekanligini topib aytishlari kerak. Masalan, Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatish va nutqiy malakalarini rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlarni 1-2- sinflar ona tili dasturi bo‘yicha tahlil qilish natijasida ularning qo`llanishi bo`yicha o`z tavsiyalarimni keltiraman. 1-sinf «Ona tili» darsligi 1-bo‘limi «Tovushlar va harflar» bo‘limidir. Bu bo‘limda «O‘zim tekshiraman», «Harflarni top», «Rebus», «Bu meniki», «Iztopar», «Anagramma» o‘yinlaridan foydalanish mumkin. «So‘z» bo‘limini o‘qitish jarayonida «O‘zim tekshiraman», «U kim? Bu nima?», «Topag‘on», «O‘qib ko‘r-chi», «Sirli so‘z», «Zanjir», «Iztopar» o‘yinlarini qo‘llash o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘llaydi. «Hikoya», «O‘zim tekshiraman», «Noto‘g‘ri xulosa», «Bo‘lishi mumkin emas», «Davom ettir», «Safar», «Jonli hikoya» o‘yinlaridan «Nutq. Gap» bo‘limida foydalanish o‘quvchilarni ta‘lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. 2-sinf «Ona tili» darsligi «Tovush va harflar», «So‘z», «Gap», «So‘z tarkibi», «So‘z turkumlari» bo‘limlaridan iborat. «Tovush va harflar» bo‘limida o‘quvchilarga nazariy va amaliy bilimlar berishda, nutqiy malakalarini rivojlantirishda «O‘zim tekshiraman», «Harflarni top», «O‘qib ko‘r-chi», «Zanjir», «Sirli so‘z», «Bu meniki», «Krossvord», «Iztopar» o‘yinlari muhim o‘rin tutadi. «So‘z» bo‘limida «U kim? Bu nima?», «Zanjir», «Bu meniki». «Tez Atirgul, kapalak, lola, boychechak Kitob, daftar, mashina, qalam Olma, banan, yong`oq, nok A, O, I, V, E, O`,U 387 javob», «So‘z o‘yini» o‘yinlaridan foydalanish mumkin. «Gap» bo‘limida «Hikoya», «Noto‘g‘ri jumla», «Bo‘lishi mumkin emas», «Davom ettir», «Jonli hikoya» o‘yinlaridan foydalanish mumkin. «So‘z tarkibi» bo‘limida «Hikoya», «Topag‘on», «Noto‘g‘ri jumla», «Bo‘lishi mumkin emas», «Davom ettir», «Krossvord», «Jonli hikoya», «Quruvchi» o‘yinlaridan foydalanish mumkin. «So‘z turkumlari» bo‘limida o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqida dastlabki ma‘lumotlar beriladi. Bu bo‘limda o‘quvchilarda tafakkur mustaqilligini shakllantirish uchun «U kim? Bu nima», «Topag‘on», «Davom ettir», «Sirli so‘z», «O‘yin-topishmoq», «Bu meniki», «U nima qilyapti?», «Jonli hikoya», «So‘z o‘yini» o‘yinlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Demak, boshlang‘ich sinflarda didaktik o‘yinlarning o‘rni katta bo‘lib, darslarda didaktik o‘yinlardan o‘rinli foydalanish o‘quvchilar faolligini oshiradi, ularda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, ijodiy yondashuv ko‗nikmalarini shakllantiradi. Adabiyotlar 1. G‗afforova T. «Boshlang‗ich ta‘limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar», T., 2011. 2. Boymurodova G., Sattorova X., Muslimova Sh., Karimova F., Saydaliyeva G.,. Kabilova Z. O‗qish: 3-sinf. O‗qituvchilar uchun metodik qo‗llanma T., 2016. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling