Ўзбкистон республикаси


Iqtisodiy tahlil-dialektikaning muhim xususiyati


Download 303 Kb.
bet3/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

1.3. Iqtisodiy tahlil-dialektikaning muhim xususiyati
Iqtisodiy tahlil dialektikani о‘rganishning muhim vositasi hisoblanadi.
Bilish nazariyasining mantiqiyligi dialektik tarzda quyidagi formulada aks etadi, ya’ni: jonli mushohada, abstrakt tafakkur, amaliyot. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni bilish ham uch bosqichli bilish nazariyasiga asoslanadi. Bunda jonli mushohada bosqichida xо‘jalik yuritishni bevosita iqtisodiy axborotlar tizimi orqali idrok kilinadi. Bu о‘rinda iqtisodiy axborotlar tizimiga shunday talablar qо‘yiladiki, bular bilish nazariyasining ikkinchi bosqichi - abstrakt tafakkurga kо‘p jihatdan bog‘liq.. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda barcha jarayonlarni tafakkur kuchi bajaradi.
Iqtisodiy hodisalarni о‘rganish jarayonida dialektik bilish usuli- analiz va sintez usullaridan foydalaniladi. Analiz grekcha « analysie » sо‘zidan kelib chiqqan bо‘lib, bir butunni bо‘laklarga bо‘lib о‘rganish, degan ma’noni bildiradi. «Sintez» - grekcha « synthisie » sо‘zidan olinib umumlashtirish, degan ma’noni bildiradi.
1.4. Iqtisodiy tahlil-boshqaruv tizimining maxsus funktsiyasi
Xalq xо‘jaligini barqaror rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini yana ham jadallashtirish, ishlab chiqarish potentsialidan (salohiyatidan, imkoniyatidan) oqilona foydalanish, resurslarning hamma turlarini har tomonlama tejash va ishlab chiqarishni boshqarish mamlakatimiz iqtisodiy strategiyasining eng muhim tarkibiy qismidir. Bu muhim vazifalarni bajarish uchun korxonalarning ishlab chiqarish va xо‘jalik faoliyatini chuqur tahlil qilish darkor. Iqtisodiy tahlil korxonalarni boshqarish tizimida oraliq bosqichni egallaydi. Ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida uch bosqichni kо‘rsatish mumkin: axborotlarni tо‘pplash, qayta ishlash va tayyorlash;. obyektning holatini iqtisodiy tahlil qilish va tahlil natijalari asosida takliflar kiritish;. optimal boshqaruv qarorlarini qabul etish. Qabul qilingan qarorlarning samarasi va sifati tahlilning о‘z vaqtida hamda tezkor tarzda о‘tkazilganligiga kо‘p jihatdan bog‘liq. Bu yerda asosiy vazifa aynan shu uch bosqichni bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘lash hisoblanadi.
Hisob va iqtisodiy tahlil xо‘jalikni boshqarishda asosiy vosita bо‘lishi kerak. Binobarin, mahsulot ishlab chiqarish jarayoni va natijalari kundalik hisob va hisobotda о‘z aksini topadi. Demak, iqtisodiy tahlil korxonalar faoliyatini nazorat qilishda, xо‘jalik hisobini mustahkamlashda, iqtisodiy tejamni о‘kazishda, texnika taraqqiyotini jadallashtirishda, ilg‘or tajribalarni tarqatishga, ish faoliyatida mavjud bо‘lgan kamchiliklarga barham berishda va ichki xо‘jalik rezervlarini aniqlashda muhim vosita sifatida qо‘llaniladi.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling