Ўзбкистон республикаси


Iqtisodiy tahlilning predmeti


Download 303 Kb.
bet6/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

2.2. Iqtisodiy tahlilning predmeti
Fanning predmeti, deganda shu fanda nima о‘rgatilishi tushuniladi. Har qanday mustaqil fan о‘zining predmetiga ega. Iqtisodiy tahlil fanining predmetiga keng ma’noda qaraydigan bо‘lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan obyekt (korxona, birlashma, kompaniya, aksiyadorlik jamiyati, konsern, korporatsiya kabilar) xо‘jalik faoliyatining barcha sohalarini (iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, texnologii va h.k.) о‘z ichiga oladi.
Tahlil fani xо‘jalik faoliyatida sodir bо‘layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni о‘z ichiga ola­di. Ammo bu jarayonlarning sodir bо‘lish paytini emas, balki uning natijasini о‘rganadi. Obyektda sodir bо‘­ladigan iqtisodny jarayonlar uning biznes rejasida kо‘zda tutilgai ma’lumotga asoslansa, jarayonning sodir bо‘lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan buxgalteriya hisobi, statistika kabi fanlar shug‘ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma’lum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda о‘z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan xujjatlarga asoslanadi.
Shunday qilib, iqtisodiy tahlil fanining predmeti, xо‘jalik faoliyatida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta’sirida sodir bо‘lgan, bо‘layotgan va bо‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ma’lumotlar manbaida ifodalangan kо‘rsatkichlar tizimi (sistemasi) orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yо‘llarini ishlab chiqishni о‘rganishdan iboratdir.
Juda kо‘p iqtisodiy fanlar mavjud. Lekin ularning ichida tahlil fani xо‘jalik faoliyatining natijasiga odilona baho bera oladn. Undagi ijobiy va salbiy о‘zgarishlarga omillar ta’sirini aniqlaydi. Shularga asosan xо‘jalik faoliyatini yaxshilash yо‘llarini ishlab chiqadi. Bu xususiyatlar faqat tahlilga xos bо‘lganligi uchun ham uning predmetida natijaga tо‘g‘ri baho berish va yaxshilash yо‘llarnni ishlab chiqish tegishli о‘ringa ega.
Har qanday fanning obyekti bо‘lishi lozim. Fanning obyekti uning predmeti qayerlarda amalga oshishini kо‘rsatadi. Tahlil fanining predmeti hozirgi bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda kо‘p mulkchilikka asoslangan barcha yuridik va jismoniy shaxslarnnng xо‘jalik faoliyatida mujassam. Shu tufayli iqtisodiy tahlil fanining obyektiga davlat, jamoat tashkilotlari, korporatsiyalar, trestlar, birjalar, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar va boshqa xо‘jalik yurituvchi subyektlar kiradi.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling