Ўзбкистон республикаси


Iqtisodiy tahlilning asosiy prinsiplari (tamoyillari)


Download 303 Kb.
bet4/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

1.5. Iqtisodiy tahlilning asosiy prinsiplari (tamoyillari)
Korxonalarning xо‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish uchun asos qilib olingan quyidagi tamoyillar mavjud:
1.Obyektning holatini dastlabki iqtisodiy nazariya jihatidan tahlil qilishning zarurligi, о‘rganiladigan hodisalarning mohiyati va bir-biriga о‘zaro bog‘liqligi.
2.Tahlilning kompleks xarakterga ega ekanligi hamda о‘zaro bir-biriga uzviy ravishda bog‘liq tahliliy kо‘rsatkichlar tizimining qо‘llanishi.
3.Iqtisodiy ma’lumotlarni tahliliy jihatdan qayta ishlash jarayonida о‘rganiladigan hodisalarni guruhlashtirish va ularga ta’sir kо‘rsatuvchi omillarni miqdor va sifat belgilariga qarab turkumlash.
4.Korxonalar faoliyatini tahlil qilishda taqqoslash usulining ichki xо‘jalik rezervlarini aniqlashdagi ahamiyati.
5.Tahlil natijalari asosida ilg‘or tajribalarni keng yoyish va ommani korxonalarni boshqarishga yana ham keng jalb etish.
6.Korxonalarni boshqarishda hisob va hisobotning hal qiluvchi roli, ularning iqtisodiy tahlilda asosiy axborot manbai ekanligi.
Yuqorida qayd etilgan tamoyillar iqtisodiy tahlilning shakllanishiga va uning rivojlanish jarayoniga asos bо‘ldi.
1.6. Iqtisodiy tahlilning rezervlarni aniqlashdagi ahamiyati
Korxonalarning xо‘jalik faoliyatini tahlil qilishdan kо‘zlangan asosiy maqsad rezervlarni aniqlashdir. Rezervlarni aniqlashni osonlashtirish uchun ularni ilmiy asosda turkumlash kerak. Rezervlar quyidagilardan iborat: xalq xо‘jaligi, tarmoq, regional (yondosh) va ichki xо‘jalik rezervlari. Aytaylik, mashinasozlik sanoatida mahsulot tannarxini arzonlashtirish borasida bо‘lgan katta rezervlardan biri - rangli metallarni plastmassalar bilan almashtirish hisoblanib, bu о‘z navbatida kimyo sanoatini yanada rivojlantirishni taqozo kiladi. Shu sababli bunday rezervlar xalq xо‘jaligi rezervlari qatoriga kiradi. Ixtisoslashtirish darajasini oshirish esa tarmoq rezervlari qatoriga kirib, u asosan vazirliklarga bog‘liqdir. Regional rezervlarga, aytaylik, bir ma’muriy rayonda joylashgan turli boshqarmalarga qarashli sanoat korxonalarini kooperativlashtirish misol bо‘la oladi. Ichki xо‘jalik rezervlarini aniqlash va ularni xо‘jalik aylanmasiga yо‘naltirishda korxonalar katta imkoniyatlarga ega. Bu esa asosan uch guruh ishlab chiqarish resurslari, (mehnat resurslari, mehnat vositalari va mehnat predmetlari) omillaridan oqilona va samarali foydalanishga bog‘liq.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling