Ўзбкистон республикаси
Iqtisodiy tahlil fanining О‘zbekistonda yaratilish tarixi
Download 303 Kb.
|
Iqtisodiy tahlil
1.2..Iqtisodiy tahlil fanining О‘zbekistonda yaratilish tarixi
Mustaqil Respublikamiz о‘zining mustaqil fanlariga va har bir fan о‘zining yaratilish tarixiga ega bо‘lishi kerak. Xо‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani boshqa fanlar singari О‘zbekistonda ham о‘z tarixiga ega. Bu fan sobiq ittifoq tarkibidagi boshqa Respublikalar singari О‘zbekistonda ham uning tarkibida shakllandi. О‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, о‘ziga xos va mos bozor iqtisodiyotiga asoslangan taraqqiyot yо‘lini tanlab oldi. Bu esa olimlardan bozor iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni yaratish vazifasini talab qiladi. 1991 yilda I. T. Abdukarimov, M. K. Pardayev va SH. U. Haydarovlar xamkorlikda «Yangi xо‘jalik yuritish sharoitida kooperativ savdoda daromadlar tahlili» risolasini chop etdi. Bundan tashqari A.X.Shoalimovning 1992 yilda «Sanoat korxonalari xо‘jalik faoloyatining tahlili» о‘quv qо‘llanmasi, 1993 yilda Z. N. Qurbonovning «Bozor iqtisodiyoti sharoitida savdoda buxgalteriya uchyoti va iqtisodiy tahlil» monografiyasi ham chop etildi. 1995—1999 yillarda О‘zbekistonda «Iqtisodiy tahlil» fanining asosiy sohasi bо‘lgan moliyaviy tahlilga bag‘ishlangan bir qancha adabiyotlar chop etildi. Bular jumlasiga M. Q. Pardayevning «Moliyaviy tahlil metodologiyasi» (Samarqand, 1997), A. Ibrohimovning «Moliyaviy tahlil» (T.: Mehnat, 1995) I. T. Abdukarimovning «Moliyaviy hisobotni о‘qish va tahlil qilish yо‘llari» (T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998, ikkinchi nashri 1999 yilda), I.-O. Voljin va V. V. Ergashboyevlarning «Moliyaviy tahlil» (T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998), M. Q. Pardayev va B. I. Isroilovlarning «Moliyaviy tahlil» (T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1999) kabi kitoblarni kiritish mumkin. Hozirgi paytda juda kо‘p olimlar bu fanning nomini «Xо‘jalik faoliyati tahlili» deb atamoqda. Bunga biz ham qо‘shilgan holda shuni takidlamoqchimizki, barcha iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik jarayonlar xо‘jalik faoliyati davomida sodir bо‘ladi. Shu tufayli «Xо‘jalik faoliyati tahlili» deyilsa, bu korxonaning barcha sohasini о‘z ichiga oladi va uni bemalol fanning nomini atashda qо‘llash mumkin, deb hisoblaymiz.Ammo shuni ta’kidlash joizki, 1999 yilda ishlab chiqilgan ta’lim andozalarida «Xо‘jalik faoliyati tahlili» fani о‘rniga «Iqtisodiy tahlil» fani kiritilgan. Lekin mazmuni oldingidek qolgan. Xulosa qilib aytish mumkinki, respublikamizda iqtisodiy tahlil fanining ravnaqi о‘ziga xos tarixga ega. Bu fan borasida tegishli maktab shakllangan. Biroq, bu fanning ravnaqi, uning kelajagi oldinda. Download 303 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling