Ўзбкистон республикаси


Iqtisodiy tahlilning vazifalari


Download 303 Kb.
bet7/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

2.3. Iqtisodiy tahlilning vazifalari
Iqtisodiy tahlilning eng muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
1)biznes-rejaning qanchalik realligi (mavjudligi) va ilmiy jihatdan asoslanganligiga baho berish;
2)xalq-xо‘jaligini rivojlantirishning joriy va istiqbol rejalarini tuzish uchun iqtisodiy kо‘rsatkichlar bazasini aniqlash;
3)biznes-rejasining bajarilishiga obyektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bog‘liq va bog‘liq bо‘lmagan omillar va sabablarni bir-biridan ajratib aniqlash;
4)ichki xо‘jalik rezervlarini aniqlash (bu о‘rinda tahlilning samarasi, birinchidan, aniqlangan rezervlarni butun nazariy jihatdan asoslangan rezervlarga nisbati va ikkinchidan, amalga oshirilgan rezervlarning aniqlangan rezervlarga nisbati bilan belgilanadi);
5)korxonalarning xо‘jalik faoliyatida kutiladigan natijalarni oldindan aniqlash;
6)tahlil materiallariga asosan ishlab chiqarishda aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
1.Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda uning tavsifi.
2.Iqtisodiy tahlil qilishda 2 tur yо‘nalishda - boshqaruv (ichki) va moliyaviy(tashqi) tahlilning vazifalari.
3.Iqtisodiy tahlilning bosqichlari.
4.Iqtisodiy tahlilning predmeti.
5.Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlilning vazifalari.
III-MAVZU.IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QО‘LLANILADIGAN AN’ANAVIY USULLAR
Reja:
3.1. Iqtisodiy tahlilning metodi
3.2. Iqtisodiy tahlil metodining о‘ziga xos xususiyatlari
3.3. Iqtisodiy tahlilning maxsus usullari
3.1. Iqtisodiy tahlilning metodi
Iqtisodiy tahlilning uslubiy asoslari dialektika va iqtisodiy nazariya faniga tayanadi. Tahlil usuli deganda esa, biznes-rejaning bajarilishiga va mahsulot hajmining о‘sishiga ta’sir kо‘rsatuchi omillarni sistemali va kompleks tarzda о‘rganish, о‘lchash va umumlashtirish usuli bо‘lib, ular hisob, hisobot va hisobdan tashqari ma’lumotlarni maxsus uslublar orqali qayta ishlanilib, amalga oshirilishi tushuniladi.
Ma’lumki, tahlil qilinayotgan obyektning faoliyatiga ichki va tashqi omillar ta’sir kо‘rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, tahlilda omillar deganda u yoki bu iqtisodiy kо‘rsatkichga ijobiy hamda salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi faol harakat qiluvchi kuchlar nazarda tutiladi. «Sabab» termini nisbatan keng kо‘lamdagi kompleks omillar tizimiga nisbatan qо‘llanilib, ana bu kompleksni tashkil etuvchilar esa omillar, deb ataladi.
Xо‘jalik yuritish samaradorligini oshirish imkoniyatini aniqlashda ijobiy ta’sir etuvchi omillar harakatini kuchaytirish va ularning salbiy ta’sirini tugatish r ye z ye r v l a r deb ataladi.
Deduktiv usul asosan moliya – iqtisodiy tahlilda qо‘llaniladi. Bunda avvalo xо‘jalik faoliyatini belgilovchi umumiy kо‘rsatkichlar о‘rganilib, sо‘ngra ular bо‘laklarga bо‘linadi. Kо‘rsatkichlarni bо‘laklarga bо‘lish aslini olganda tahlil demakdir.
Induktiv usul kо‘pincha texnik-iqtisodiy tahlilda qо‘llaniladi, ya’ni avval, ayrim olingan ish uchastkalaridagi kо‘rsatkichlar har tomonlama tekshirilib, sо‘ngra ana shu aniq kо‘rsatkichlardan korxonaning xо‘jalik faoliyatini belgilovchi umumlashgan iqtisodiy kо‘rsatkichlar darajasiga chiqiladi.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling