Ўзбкистон республикаси


z) zanjirli bog‘lanish usuli


Download 303 Kb.
bet10/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

z) zanjirli bog‘lanish usuli. Bu usulning mohiyati quyidagidan iborat: ya’ni hisob formulasi tarkibiga kirgan о‘tgan yil doirasidagi ayrim olingan miqdoriy kо‘rsatkichlarini aynan shu kо‘rsatkichlarning haqiqatdagi darajasiga ketma-ket almashtiriladi. U yoki bu omilning ta’siri ketma-ket ayirish yо‘li bilan aniqlanadi: ikkinchi hisobdan birinchi hisob ayriladi, uchinchi hisobdan ikkinchi hisob ayriladi va hokazo. Birinchi hisobda hamma kо‘rsatkichlar о‘tgan yil doirasida olinadi, sо‘nggi hisobda esa - haqiqatdagi bajarilishi.
K)mutloq farq usuli. Bu usulni qо‘llash mohiyati quyidagicha: miqdor omilida bо‘lgan farqni sifat omilini о‘tgan yildagi darajasiga kо‘paytiriladi, sifat omilida bо‘lgan farqni esa miqdor omilini haqiqatdagi darajasiga kо‘paytiriladi.
l) Tahlilda kо‘p qо‘llaniladigan usul - kо‘rsatkichlarning о‘sish sur’ati bо‘`yicha farqni aniqlash usulidir. Bu usul zanjirli almashtirish usulining bir turidir.
m) balans usuli - Bu usul xom ashyo (material) ning kelishi va undan foydalanish yо‘nalishi о‘rtasidagi nisbatni aniqlashga, shuningdek, ish vaqti, uskunalarning ishlashi va boshqalardan foydalanishni о‘rganish uchun xizmat qiladi.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
1.Iqtisodiy tahlil fanining usuli tо‘g‘risida umumiy tushuncha.
2.Iqtisodiy tahlil usulining о‘ziga xos xususiyatlari.
3.Xо‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar tushunchasi va ularni turkumlash.
4.Tahlilda qо‘llaniladigan kо‘rsatkichlarni turkumlash.
5.Iqtisodiy tahlilda qо‘llaniladigan maxsus usullar.
IV-MAVZU.IQTISODIY TAHLILNING IQTISODIY-MATEMATIK USULLARI
Reja:
4.1.Iqtisodiy – matematik usullarni tahlilda kо‘llashning mohiyati.
4.2.Iqtisodiy kо‘rsatkichlarning о‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda integral usulni qо‘llash.
4.3.Korrelyatsiya va regressiya usullarinig mohiyati va ularni iqtisodiy tahlilda qо‘llash.
4.4.Omillar tizimini determinallashgan modellarda aks ettirish.
4.5.Tahlil usullarini takomillashtirish masalalari.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling