4.4. Omillar tizimini determinallashgan modellarda aks ettirish
Omillar tizimini modellashtirishda iqtisodiy kо‘rsatkichlarning о‘zgarishiga ta’sir qiluvchi barcha omillarni model tizimiga kiritish kerak. Masalan, avanslashtirilgan fondlarning rentabellik darajasi baho miqdoriga, baho о‘zgarishiga, asosiy fondlar va aylanma mablag‘larning о‘zgarishiga, sof foydaning о‘zgarishiga, mahsulot xilma-xilligi va tarkibining о‘zgarishiga hamda boshqa kо‘p omillarga bog‘liq.
Avanslashtirilgan fondlarning rentabellik darajasi sof foydani asosiy fondlar va aylanma mablag‘larning yillik о‘rtacha qiymatiga nisbati tariqasida aniqlanib, uni quyidagi formula orqali ifoda etishimiz mumkin.
1.
2.
3.
4.
Yagona eng qulay usulni qо‘llash uchun nazariy о‘yin usulidan foydalanmoq kerak.
4.5.Tahlil usullarini takomillashtirish masalalari
Tahlilni jahon andozasi darajasiga kо‘tarish muammosi. Bu hozirgi paytda iqtisodiy tahlilda qо‘llanilayotgan kо‘rsaktichlarni milliy hisob tizimi kо‘rsaktichlariga moslashtirishni talab qiladi. Bu esa о‘z navbatida buxgalteriya va statistik hisobotlar kо‘rsatkichlarini milliy hisob tizimiga moslashtirishni talab qiladi.
Moliyaviy va boshqaruv tahlilini shakllantirish muammosi. Bu uchun tegishli imkoniyatlar yaratilmoqda. Buhgalteiya hisobining xalqaro andozaga о‘tishi bu bо‘yicha milliy andozalarning ishlab chiqilishi moliyaviy va boshqaruv hisobining shakllanshini ham talab qiladi. Bu esa о‘z navbatida moliyaaiy va boshqaruv tahlilining vujudga kelishini taqozo qiladi.
Navbatdagi muammo, tahlilni erkin raqobat sharoitiga moslashtirish. Bu sharoit ham iqtisodiy tahlil usularini tubdan takomillashtirishni talab qiladi. Tahlil usularini takomillashtirishda faqat raqamlaga tayanib qolmasdan, unga mantiqan yondoshish usularini ham joriy qilish lozimdir.
Tahlilda iqtisodiy о‘sishni ifodalovchi kо‘rsatkichlarni joriy qilish muammosi. Hozirga qadar iqtisodiyotda rejaning bajarilishi hisoblanib, bu korxona faoliyatiga beriladigan bahoga asos bо‘lib kelardi. Endigi vazifa iqtisodiy ahvolni yildan yilga yaxshilashdan, uning uzluksiz barqaror ravishda oshib borishini taxminlashdan iboratdir. Shu tufayli korxona faoliyati natijasini baholashda reja bajarilishi о‘rniga iqtsiodiy о‘sish kо‘rsatkichini qabul qilish maqsadga muvofiq, deb о‘ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |