4.1. Iqtisodiy - matematik usullarni tahlilda qо‘llashning mohiyati
Iqtisodiy - matematik usullarni tahlilda qо‘llashning afzalliklari quyidagilardan iborat:
a) tahlil etish muddati tezlashadi;
b)iqtisodiy kо‘rsatkichlarning о‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar ulushi (salmog‘i) aniq hisoblanadi;
v) tahminiy yoki noaniq hisoblashlar о‘rnini aniq raqam va dalillar egallaydi.
Iqtisodiy taxlilda iqtisodiy-matematik usullarni qо‘llash quyidagi bosqichlarni о‘z ichiga oladi:
- masala sharti belgilanadi;
- ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi;
- matematik hisoblash usuli belgilanadi;
- eksperiment model tuziladi;
- bevosita hisoblashlar bajariladi;
- aniq yechimlar topiladi.
4.2.. Iqtisodiy kо‘rsatkichlarning о‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashda integral usulini qо‘llash
Iqtisodiy kо‘rsatkichlarning о‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar va dalillar aniq о‘lchangan va hisoblangan bо‘lishi shart. Bunga integral usulini qо‘llash orqali erishish mumkin. Masalan, tovar mahsuloti xajmining о‘sishi va kamayishiga asosiy fondlar qiymati va undan samarali foydalanish ta’sirini quyidagi misolda integral usuli orqali aniqlaymiz.
1. Asosiy fondlar yillik о‘rtacha qiymatining о‘zgarishi (ekstensiv omil). U quyidagi formula orqali aniqlanadi:
NF qLo × F + L × F/2
NF q1×1860×1414 + (- 0.2921) ×1414/2 q + 1470 ming sо‘m.
2. Fond samarasining о‘zgarishi. U quyidagi formula orqali aniqlanadi:
NL q F0× L + L × F/2
NL q4430× (- 0.2921) + (- 0.2921) ×1414/2 q - 1500 ming sо‘m
3. Ikkala omilning yig‘indisi:
NF + NL q (+1470) + (-1500) q - 30 ming sо‘m.
4.3. Korrelyatsiya va regressiya usullarining mohiyati va ularni iqtisodiy tahlilda qо‘llanilishi
Korrelyatsiya va regressiya usullari ikki va undan ortiq kо‘rsatkichlar-ning о‘zgarishini bir-biri bilan bog‘langanligini hisoblashda qо‘llaniladi. Bunda korrelyatsiya koeffitsiyenti 0 ga teng bо‘lsa, u holda о‘rganiladigan kо‘rsatkichlarda hech qanday bog‘liqlik yо‘qligini kо‘rsatadi. Agar korrelyatsiya koeffitsiyenti 1 ga teng bо‘lsa, u holda о‘rganiladigan kо‘rsatkichlarda bog‘liqlik tо‘liq bо‘ladi, ya’ni funksional bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |