Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
1.Iqtisodiy tahlil turlarini turkumlash.
2.Joriy (retrospektiv), tezkor va istiqbolli tahlilni tashkil etish usulining о‘ziga xos xususiyatlari.
3.Xо‘jaliklararo taqqoslama tahlilni tashkil etishning о‘ziga xos xususiyatlari.
4.Funksional qiymat tahlilini tashkil etish va uning uslubi.
5.Iqtisodiy tahlilning asosiy manbalari.
6.Iqtisodiy tahlilda qо‘llaniladigan ma’lumotlar manbalarining tо‘g‘riligini tekshirish usullari.
7.Tahliliy jadvallarga ma’lumotlar tayyorlash.
8.Moliyaviy hisobot shakllarida beriladigan iqtisodiy kо‘rsatkichlar summasining bir-biriga mos kelishi nima ?
VI-MAVZU. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA IQTISODIY TAHLIL ISHLARINI TASHKIL QILISH
Reja:
6.1.Iqtisodiy tahlilning bosqichlari.
6.2.Iqtisodiy tahlil dasturini tuzish.
6.3.Iqtisodiy tahlil uchun materiallarni tayyorlash.
6.4.Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda qatnashadigan subyektlar
6.1. Iqtisodiy tahlilning bosqichlari
Tahliliy jarayonni muvaffaqiyatli о‘tkazishning garovi uni har tomonlama puxta tashkil qilishdir. Tahliliy jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: a)tahlil dasturini tuzish; b)tahlil uchun ma’lumotlarni va ularni tekshirish; kо‘rsatkichlarni tanlash va hisoblash; .v)kо‘rsatkichlarni tahliliy jihatdan qayta ishlash va taqqoslash.; g).tahlil natijalarini umumlashtirish va korxona hamda tashkilotlar faoliyatida sodir bо‘lgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun chora va tadbirlar ishlab chiqish hamda aniqlangan ichki xо‘jalik rezervlaridan foydalanish.
Dastursiz bajariladigan tahlil, yoxud о‘rganiladigan masalalar kо‘lamini aniq belgilamaslik о‘z navbatida tahlil natijalariga putur yetkazadi. Shuning uchun tahliliy ishlarni tashkil qilish borasidagi eng masuliyatli vazifa - iqtisodiy tahlil dasturini tuzish hisoblanadi.
6.2. Iqtisodiy tahlil dasturini tuzish
Tahlil dasturining hajmi va mazmuni undan kо‘zlangan maqsadga bog‘liq. Masalan, tahlil kompleks tarzda о‘tkazilishi mumkin. Xо‘jalik faoliyatining kompleks tahlili deb xо‘jalik faoliyatini bо‘laklarga bо‘lib, bir-biriga bog‘liq holda batafsil о‘rganishga aytiladi. Bunda korxona va tashkilotlar faoliyatini hamma tomonlari chuqur о‘rganiladi. Yoki ishning qandaydir bir tomonini о‘z ichiga olgan tematik (tanlanma) tahlil bо‘ladi. Kompleks tahlil о‘tkazilganda oylik, kvartallik va yillik hisobot materiallari asosida tahliliy bayonot yozishda qо‘llaniladigan jadvallar maketi yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanishi kerak. Agar tanlanma tahlil о‘tkazilsa, u holda dasturda uning mavzui, hajmi qanday manbalarga va ma’lumotlarga asoslanishi, tahlilni bajaruvchi shaxs, ishning bajarilish muddati kо‘rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |