Ўзбкистон республикаси
Texnik – iqtisodiy tahlil
Download 303 Kb.
|
Iqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.7.Taqqoslama (korxonalararo) tahlil. Taqqoslama (korxonalararo) tahlil.
5.6.Texnik – iqtisodiy tahlil.
Texnik-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlil kompleks iqtisodiy tahlil va muhandislik tahlilning birikishi asosida hosil bо‘lgan. Texnika-iqtisodiy tahlil 3 yо‘nalishda olib boriladi: a) ishlab chiqarishning texnik darajasini tahlil qilish; b) ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat va boshqaruvni tahlil qilish; v) ishlab chiqarilgan mahsulotning texnik darajasini tahlil qilish. Korxonaning texnik darajasini tahlil qilish jarayonida korxonaning ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish darajasini, ilg‘or texnologiya jarayonlarini joriy qilish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, qо‘l mehnatini tо‘la mexanizatsiyalash, zamonaviylashtirish kabi masalalar kiradi. Ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat va boshqaruv masalalarini tahlil qilish jarayonida qо‘llanilayotgan boshqaruv shakllarining progres-sivligi (ilg‘orligi), boshqaruv tizimining samaradorligi, boshqaruv shakllarining ilg‘orligi, boshqaruv tizimining samaradorligi, boshqaruv apparatini qisqartirish kabi yechimlar hal etiladi. Mahsulotning texnik darajasini tahlil qilish jarayonida iste’molchilar talablarini hisobga olgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, ularning texnik va iqtisodiy kо‘rsatkichlari respublikamizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan eng yaxshi (yuqori) namunalari bilan taqqoslash. Mahsulotning texnik darajasi ularni attestatsiya qilish orqali aniqlanadi. Texnika-iqtisodiy tahlil iqtisodchilar, texniklar, muhandislar, mutaxassislardan tuzilgan kompleks brigada orqali amalga oshiriladi. 5.7.Taqqoslama (korxonalararo) tahlil. Taqqoslama (korxonalararo) tahlil. Taqqoslash - bu iqtisodiy tahlilning eng kо‘p qо‘llaniladigan usulidir. Taqqoslama tahlilning 2 asosiy turi mavjud: ichki korxona tahlili, ya’ni tahlilning obyekti sifatida shu korxonaga taalluqli xо‘jalik jarayoni о‘rganiladi; korxonalararo, qachonki bir qator korxonalarning xо‘jalik faoliyati tahlil qilinib, tarmoqdagi ilg‘or tajriba о‘rganiladi. Taqqoslama korxonalararo tahlilning mohiyati alohida olingan korxonalarning xо‘jalik faoliyatini ularning kо‘rsatkichlarini har tomonlama о‘rganib, erishilgan natijalar darajasini xolis farqlash va iqtisodiy kо‘rsatkichlarga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash hamda ilg‘or tajribalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish natijasida ichki xо‘jalik rezervlarini aniqlashdan iboratdir. Taqqoslama tahlil korxonaning barcha iqtisodiy kо‘rsatkichlarini о‘z ichiga olishi mumkin yoki boshqacha sо‘z bilan aytganda kompleks xarakterga ega bо‘ladi. Taqqoslama tahlilning mazmuni qо‘yilgan maqsad va tekshiriladigan obyektga qarab quyidagicha turkumlanadi: -obyekt bо‘yicha (korxona, sexlar, ishlab chiqarish uchastkasi, ish joyi); -mavzuning (tema) mazmuni bо‘yicha - mehnat predmetlari, mehnat vositalari, mehnat va moliya resurslarini tahlil qilish va hokazo; -tahlilni о‘tkazish doirasi - kompleks tahlil va maxsus (tematik) tahlil. Taqqoslama tahlilning eng muhim uslubiy masalalardan biri о‘rganiladigan obyektni bir-biri bilan solishtirish shartlariga rioya qilishdir. Download 303 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling