Ўзбкистон республикаси


Download 303 Kb.
bet15/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

5.4.Istiqbol tahlili.
Istiqbol tahlili, deganda xо‘jalik yurituvchi subyektning kelgusi faoliyatini oldindan о‘rganish, bо‘ladigan jarayonlarni oldindan belgilash maqsadida amalga oshiriladigan tahlil tushuniladi. Masalan, xо‘jalik yurituvchi subyekt biznes-rejani tuzish uchun о‘z faoliyatini nima bilan yakunlashi tо‘g‘risida aniq tushuncha va kо‘rsatkichlarga ega bо‘lishi kerak. Bu esa istiqbol tahlili orqali amalga oshiriladi. Hozirgi paytda uni loyiha tahlili, ham deb atamoqdalar.
5.5.Moliya – iqtisodiy tahlil.
Moliya-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlilning mohiyati umumiy qiymat kо‘rsatkichlar tizimini о‘rganish va korxonalarning moliyaviy faoliyati natijalarini tahlil qilish bilan ifodalanadi. Moliya-iqtisodiy tahlilga xos muhim xususiyatlardan biri - bu asosiy axborot olish manbalari. Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona hisobot shakllaridan qо‘llanilish hisoblanadi. Shunday qilib, moliya-iqtisodiy tahlilning predmeti korxonalar xо‘jalik faoliyatining turli tomonlari, xо‘jalik yuritish jarayoni, iqtisodiy kо‘rsatkichlarning bir-biri bilan sababiy bog‘lanishi hisoblanadi.
Moliya-iqtisodiy tahlilning subyekti - bu korxona, vazirlik, boshqarma, moliya-kredit idoralari va statistika organlarining iqtisodiy bо‘linmalari hisoblanadi.
Shu bilan birga korxona tahlilning obyekti ham hisoblanib, ularning faoliyati yuqori tashkilot, moliya-kredit va statistika organlari tomonidan о‘rganiladi. Masalan, moliya organlari korxonalarning xо‘jalik faoliyatini tahlil qilishda asosiy e’tiborni biznes-rejaning bajarilishi, aylanma mablag‘larining holati, foyda bо‘yicha biznes-rejaning bajarilishi, davlat byudjetiga tushadigan tо‘lov majburiyatlarining bajarilishiga qaratadilar. Kredit tizimi esa korxonalar о‘z aylanma mablag‘lari holatini, olingan kreditning tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligini, tо‘lov intizomining bajarilishi kabi masalalarga qaratadi.
О‘rganiladigan masalalarga qarab moliya-iqtisodiy tahlil tо‘la yoki tanlanma xarakterga ega bо‘lishi mumkin. Moliya-iqtisodiy tahlilning о‘tkazish muddatlari kunlik, xaftalik, dekadalik, oylik, kvartallik, yillik bо‘ladi. Moliya-iqtisodiy tahlilning turlari: dastlabki, tezkor va joriy tahlildan iborat.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling