Ўзбкистон республикаси


Korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanishni tahlil qilish usullari


Download 303 Kb.
bet23/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

7.5. Korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanishni tahlil qilish usullari
Korxonalarning ish kuchi bilan bilan ta’minlanishini tahlil qilishda ishlovchi barcha xodimlarning tarkibi aniqlanadi. .Korxonaning ishchi kuchi bilan qay darajada ta’minlanganligi. Ular ikki turkumga bо‘linadi: asosiy faoliyatda ishlovchi va asosiy bо‘lmagan faoliyatda xizmat qiluvchi xodimlar. О‘z navbatda asosiy faoliyatda xizmat qiluvchi xodimlar quyidagi toifalarga bо‘linadi: ishchilar, xizmatchilar, shu jumladan, rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilar. Ushbu qayd etilgan xodimlar mahsulot ishlab chiqarishda birday qatnashmaydilar. Agar rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilar soni bо‘yicha faqat mutlaq farq aniqlansa, ishchilar soni bо‘yicha mahsulot ishlab chiqarish о‘sish sur’atini hisobga olgan holda nisbiy farq ham aniqlanadi. Nisbiy kamlik esa mehnat unumdorligi о‘sganligidan dalolat beradi.
Mehnat unumdorligi vaqt birligi (soat, smena, oy, kvartal, yil) ichida ishchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarf qilingan vaqt birligi bilan о‘lchanadi.
. Ijtimoiy mehnat unumdorligi moddiy ishlab chiqarishda band bо‘lgan har bir ishlovchi hisobiga hosil qilingan milliy daromad miqdori bilan о‘lchanadi. Sanoat korxonalarida mehnat unumdorligi darajasi tovar mahsulotining hajmini ishlovchilarning soniga nisbati bilan aniqlanadi. Tahlil jarayonini chuqurlashtirish uchun bir ishchiga tо‘g‘ri keladigan о‘rtacha yillik, kunlik va soatlik ish unumdorligi ham hisoblanadi. Ushbu kо‘rsatkichlar tovar mahsuloti hajmini mutanosib tarzda ishchilarning rо‘yxatdagi soniga, hamma ishchilar tomonidan bir yilda ishlangan kishi-kunlariga va kishi-soatlariga nisbati tariqasida aniqlanadi.
7.6. Asosiy fondlarning tarkibini, holatini va ulardan samarali foydalanishni tahlil qilish usullari
Korxonalar asosiy fondlarining mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan roli bir xil emas. Ular 2 qismga bо‘linadi: - aktiv (faol) asosiy fondlar; - passiv (nofaol) asosiy fondlar. Korxonalarning asosiy fondlari bilan ta’minlanganligini tahlil qilishda larning aktiv va passiv qismining salmog‘i, о‘tgan yillarga nisbatan mutloq farq hamda о‘sish sur’ati aniqlanadi.
Asosiy fondlarning texnik holati qoniqarsiz darajada bо‘lsa, bu о‘z navbatida asbob- Asosiy fondlarning texnik holatini belgilovchi umumiy kо‘rsakichlardan biri - ularning eskirish koeffitsiyentidir. Buni aniqlash uchun asosiy fondlarning eskirish summasi ularning boshlang‘ich qiymatiga bо‘linadi. Asosiy fondlarni yangilash koeffitsiyentini aniqlash uchun yangi kelgan asosiy fondlar summasini asosiy fondlarning yil oxiriga bо‘lgan qiymatiga bо‘lish kerak. Asosiy fondlarning chiqib ketishi koeffitsiyentini hisoblash uchun esa chiqib ketgan asosiy fondlar summasini ularning yil oxiriga bо‘lgan qiymatiga bо‘lish kerak. Asosiy fondlarning ishga yaroqlilik koeffitsiyentini aniqlash mumkin. Uni aniqlash uchun birdan eskirish koeffitsiyentini ayirish kerak, ya’ni 1 - Ek .
Mahsulot ishlab chiqarish dasturini muvaffaqiyatli bajarish nafaqat asosiy fondlarning tarkibi, texnik holati, balki ulardan samarali foydalanishga kо‘p jihatdan bog‘liq. Asosiy fondlardan foydalanishning umumlashtiruvchi kо‘rsatkichi fonddan olinadigan samara hisoblanadi.  U asosiy fondlarning bir sо‘mi hisobiga qancha mahsulot chiqarilganligin kо‘rsatadi.. Fond samarasi quyidagi formula orqali ifodalanadi: Tovar mahsuloti (sof tushum) hajmini asosiy fondlarning qiymatiga bо‘linadi. Fond samarasi kо‘rsatkichining aksi fond sig‘imi, deb ataladi. Ushbu kо‘rsatkich asosiy fondlar qiymatini tovar mahsuloti hajmiga nisbati tariqasida aniqlanadi.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling