Ўзбкистон республикаси
Korxona iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish usullarining asoslari
Download 303 Kb.
|
Iqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
7.10.Korxona iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish usullarining asoslari
Endilikda korxonada iqtisodiy jarayonlarning sodir bо‘lishi va unga ma’lum darajada foyda keltirishi uchun moddiy va mehnat resurslari bilan birgalikda nomoddiy faollar ham ishtirok etadi. Ularning jamlanmasini oldingidek moddiy va mehnat resurslari deb atash yetarli bо‘lmaydi, chunki ularning tarkibiga nomoddiy aktivlar kirmaydi. Shu tufayli ularni korxonaning iqtisodiy salohiyati deb atashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki bunda moddiy resurslar bilan birgalikda nomoddiy aktivlar va mehnat resurslari tо‘liq о‘z ifodasini topadi. Shunday qilib, korxonaning iqtisodiy salohiyati deganda, unda sodir etilgan iqtisodiy jarayonni tо‘liq ta’minlaydigan barcha moddiy va mehnat resurslari hamda nomoddiy faollar tushuniladi. Korxonaning iqtisodiy salohiyati tо‘g‘risida tо‘liq xulosa chiqarish uchun kо‘rsatkichlar tizimidan foydalanish hamda ilmiy asoslangan holda tasniflash kerak. Iqtisodiy tahlilda kо‘rsatkichlar juda kо‘p belgilari bilan tasniflanadi. Korxona iqtisodiy salohiyatini belgilovchi kо‘rsakichlarning faqat iqtisodiy mazmuni bо‘yicha tasnifi iqtisodiy xulosa chiqarish uchun yetarli bо‘ladi. Ularni guruhlarga bо‘lish mumkin: - iqtisodiy salohiyat holatini ifodalovchi kо‘rsatkichlar; -iqtisodiy salohiyat bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi kо‘rsatkichlar; - iqtisodiy salohiyat samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkichlar. Iqtisodiy salohiyatni ifodalovchi kо‘rsatkichlarni tahlil qilish uchun ma’lumotlar asosan, buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotdan olinadi. Korxona iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi kо‘rsatkichlar tizimini asoslash va ularni tahlil qilish yo’llarini ishlab chiqish nafaqat nazariy, balki muhim amaliy ahamiyatga egadir. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1.Korxonalarning xо‘jalik faoliyatiga dastlabki baho berish tamoyillari. 2.Sotilgan mahsulot hajmiga qanday omillar ta’sir kо‘rsatadi? 3.Shartnoma bо‘yicha rejani bajarilishi qanday aniqlanadi? 4.Mahsulot sifati deganda nima tushuniladi? 5.Mehnat unumdorligining hajmining qanday omillar ta’sir kо‘rsatadi? 6.Asosiy fondlarning texnik holatini ifodalovchi koeffitsiyentlar. 7.Asosiy fondlardan samarali foydalanishni ifodalovchi kо‘rsatkichlar. 8..Material samarasi va material sig‘imi kо‘rstkichlari qanday aniqlanadi? 9.Mahsulot tannarxini deganda nima tushuniladi va tannarxni aniqlashdan maqsad nima? 10.Bir sо‘mlik tovar mahsulotiga ketgan xarajatlar qanday aniqlanadi? 11.Tovar mahsuloti hajmini oshishiga ta’sir qiluvchi omillar. 12.Komplekt rezervni aniqlash usuli. 13.Yerdan foydalanish kо‘rsatkichlarini tahlilining maqsadi nimalardan iborat? 14.Korxonaning iqtisodiy salohiyatiga ta’rif bering. Download 303 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling