Ўзбкистон республикаси
Sanoat korxonalarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usullarining asoslari
Download 303 Kb.
|
Iqtisodiy tahlil
8.2.Sanoat korxonalarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usullarining asoslari
Korxona moliyaviy holatini tahlil qilish jarayonida ayniqsa, uning likvidligi va tо‘lovga layoqatliligini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona balansining likvidligi deganda, balansdagi likvid mablag‘larning balansida kо‘rsatilgan majburiyatlarni qoplash darajasi tushuniladi. Aktivlarning likvidligi - balans likvidligining aksi bо‘lib, vaqt bо‘yicha aktivlarning pul mablag‘lariga aylanishi tushuniladi. Korxonaning tо‘lov qobiliyati eng muhim kо‘rsatkich hisoblanib, u korxona moliyaviy holatining barqarorligini ifodalaydi. Tо‘lov qobiliyati korxonaning о‘z aylanmma mablag‘larining saqlanuvchanligi, tez pulga aylanadigan (likvid) aylanma aktivlarning holatiga ulardan samarali foydalanishiga bog‘liq. Bularga quyidagilar kiradi: - joriy (umumiy) likvidlik koeffitsiyenti. U aylanma aktivlarga qо‘yilgan moliyaviy resurslarning necha sо‘mi joriy majburiyatlar bir sо‘miga tо‘g‘ri kelishini ifodalaydi. - oraliq (muddatli) likvidlilik koeffitsiyenti. U joriy majburiyatlardagi pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlar ulushini tavsiflaydi. - mutlaq likvidlik koeffitsiyenti. Bu kо‘rsatkich pul mablag‘larining qisqa muddatli majburiyatlardagi ulushini tavsiflaydi. Moliyaviy barqaror korxona deganda, korxona aktivlariga qо‘yilgan mablag‘larni о‘z mablag‘lari hisobiga qoplaydigan, muddati о‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlariga yо‘l qо‘ymaydigan hamda о‘z majburiyatlarini о‘z vaqtida bajaradigan korxona tushuniladi. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlarining ahamiyati asosan kreditorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.. Ularga mustaqillik, moliyaviy qaramlik va moliyaviy barqarorlik kо‘rsatkichlari kiradi: - mustaqillik koeffitsiyenti. Ushbu kо‘rsatkich korxona mablag‘larining qarz mablag‘lariga qaram emasligini tavsiflaydi. U о‘z mablag‘larining xо‘jalik mablag‘lari umumiy summasiga nisbati tariqasiga aniqlanadi; - moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti. Ushbu kо‘`rsatkich korxonani о‘z mablag‘larining bir sо‘miga qancha xо‘jalik mablag‘lari toо‘g‘ri kelishini kо‘rsatadi va xо‘jalik mablag‘larining о‘z sarmoyasiga nisbati sifatida aniqlanadi;. - moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti. U о‘z mablag‘larining qarz mablag‘lariga nisbati sifatida aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy holatini baholashda uning ishchanlik faolligi bilan bog‘liq kо‘rsatkichlarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bular qatoriga aylanma mablag‘larni aylanish, debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanish kо‘rsatkichlari kiradi. Aylanma mablag‘larning aylanish kо‘rsatkichlari bir qancha. Ularning eng asosiylari quyidagilar: 1. Jami aktivlarning aylanish koeffitsiyenti. U sof tushumni korxona xо‘jalik mablag‘larining umumiy summasiga nisbati sifatida aniqlanadi. 2.Aylanma mablag‘larning aylanish kuni. Ushbu kо‘rsatkichlarni aniqlash uchun aylanma mablag‘larning о‘rtacha yillik qiymatini 360ga kо‘paytirib, mahsulot sotilishdan tushgan sof tushumga bо‘lish kerak. 3.Qarz mablag‘larining aylanish kuni. Uni aniqlash uchun qarz mablag‘larining о‘rtacha summasini sof tushumga bо‘linadi. Debitor qarzlari, deganda aynan tahlil qilinayotgan korxona aylanma mablag‘larining bir qismi boshqa korxonalar aylanmasida qatnashishi tushuniladi. Kreditor qarzlari deganda esa о‘zga korxonalarning aylanma mablag‘larining bir qismi aynan tahlil qilinayotgan korxona aylanmasida qatnashishi tushuniladi.Kо‘pgina korxonalar moliyaviy holatini yomonlashuvi omillaridan biri - katta summadagi muddati о‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining hosil bо‘lishidir. Download 303 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling