Ўзбкистон республикаси


-MAVZU: GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZ SHAROITIDA KORXONALAR MOLIYAVIY FAOLIYATINI TAHLIL QILISH USULLARINI ASOSLARI


Download 303 Kb.
bet26/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

8-MAVZU: GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZ SHAROITIDA KORXONALAR MOLIYAVIY FAOLIYATINI TAHLIL QILISH USULLARINI ASOSLARI
Reja:
8.1.Moliyaviy natijalar va rentabellik kо‘rsatkichlarini tahlil qilish usullarini asoslari.
8.2.Sanoat korxonalarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usullarining asoslari.
8.1.Moliyaviy natijalar va rentabellik kо‘rsatkichlarini tahlil qilish usullarini asoslari.
Moliyaviy natija-korxona faoliyatining foyda summasi va rentabellik darajasida ifodalanadigan yakunidir. Korxonalarning xо‘jalik va moliyaviy faoliyatini belgilovchi asosiy mezon - sof foyda hisoblanadi. Sof foyda miqdorini aniqlash uchun quyidagi oraliq foyda kо‘rsatkichlarini aniqlash kerak: yalpi foyda, asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan kelgan foyda, umumxо‘jalik faoliyatidan olingan foyda, soliq tо‘lagunga qadar foyda va sof foyda. Moliyaviy natijalar tahlilining asosiy vazifasi foyda kо‘rsatkichlarini о‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni hamda soffoyda hajmini oshiirsh bо‘yicha ichki xо‘jalik imkoniyatlarini aniqlash, ularni ishlab chiqarish aylanmasiga jalb qilishdan iboratdir. Foyda kо‘rsatkichlarini quyidagisa aniqlanadi:
1.Yalpi foyda = Sof tushum – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2.Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan kelgan foyda = yalpi foyda - davr xarajatlari ± asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromad (xarajat).
3.Umumxо‘jalik faoliyatidan olingan foyda = asosiy faoliyatdan olingan foyda + olingan dividendlar + boshqa olingan dividendlar ± olingan va berilgan qarzlar bо‘yicha foizlar ± boshqa olingan va tо‘langan foizlar ± valyuta kursi farqi ± moliyaviy faoliyat bо‘yicha boshqa daromad (xarajat).
4.Soliq tо‘lagunga qadar foyda = umumxо‘jalik faoliyatidan kelgan foyda ± favquloddagi foyda (zarar).
5.Sof foyda (zarar) = soliq tо‘lagunga qadar foyda - foydadan soliq boshqa soliqlar va ajratmalar.
Foydaning mutlaq miqdori korxonalarning xо‘jalik yuritish borasidagi samaradorlik darajasini har tomonlama belgilamaydi. Shuning uchun nisbiy kо‘rsatkichlarni aniqlash kerak. Bu kо‘rsatkich - rentabellik kо‘rsatkichlari hisoblanadi.
Rentabellik kо‘rsatkichi jami ijtimoiy ishlab chiqarish va har bir ayrim korxonaning iqtisodiy hamda moliyaviy samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkich hisoblanadi. Quyida rentabellik kо‘rsatkichlarini hisoblash usullarini havola etamiz:
1.Jami aktivlarning rentabelligi korxonaning asosiy va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi darajasini kо‘rsatadi. Jami aktivlarning rentabellik darajasi quyidagi formula orqali sof foyda summasini (SF) jami aktivlarning о‘rtacha miqdori (JAS) bо‘lish yо‘li bilan aniqlanadi:
2.Sotilgan mahsulot rentabelligi (SMR) sotilgan mahsulot birligiga foyda ulushini, ya’ni sotilgan mahsulotning samaradorlik darajasini tavsiflaydi va quyidagi formula bо‘yicha yalpi foyda summasini (YAF) mahsulot sotishdan tushgan sof tushumga (ST) nisbati tariqasida aniqlanadi.
3.Xususiy (о‘z) sarmoyasi rentabelligi (XSR) korxonaning о‘z kapitalidan foydalanish samaradorlik darajasini kо‘rsatadi, ya’ni korxonaning о‘z sarmoyasi о‘rtacha yillik summasining bir pul birligidan qancha pul birligiga teng sof foyda olinganligini kо‘rsatadi. U sof foyda hajmini о‘z sarmoyasini miqdoriga nisbati tarkiqasida aniqlanadi.


Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling