Ўзбкистон республикаси


Korxonalarning xо‘jalik faoliyatini tahlil qilishga sistemali (tizimli) yondashish


Download 303 Kb.
bet21/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

7.1.Korxonalarning xо‘jalik faoliyatini tahlil qilishga sistemali (tizimli) yondashish.
Korxonalarning xо‘jalik faoliyatini sistemali tahlil qilish tartibini uzviy ravishda о‘zaro bir-biri bilan bog‘langan 3 guruh ishlab chiqarish resurslari misolida yaqqol kо‘rishimiz mumkin. Bularga ishlab chiqarish resurslari, ishlab chiqarish jarayoni va tayyor mahsulot kiradi. Ushbu tizimga kirish moddiy buyumlar oqimi (mehnat vositalari va mehnat predmetlari) hamda mehnat resurslari oqimi orqali amalga oshadi. Tizimdan chiqish esa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish bilan о‘z ifodasini topadi.
Tizimli tahlilni о‘tkazishning dastlabki sharti korxonalarning faoliyatini baholovchi sintetik va tahliliy kо‘rsatkichlarni aniqlashdir. Ushbu kо‘rsatkichlarni tanlash va saralash sistemali iqtisodiy tahlil о‘tkazishning ikkinchi bosqichida amalga oshiriladi. Sistemali iqtisodiy tahlilning uchinchi bosqichida tizimning umumiy tasviri tuzilib, unda uning bosh (tarkibiy qismi), funksiyalari, о‘zaro bog‘lanishi hamda bosh komponentiga (tarkibiy qismiga) bо‘ysinuvchi elementlar (unsurlar) ishlab chiqiladi. Muntazam tahlilning tо‘rtinchi bosqichida u yoki bu umumlashgan kо‘rsatkichning о‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanadi.
Tizimli iqtisodiy tahlilning beshinchi bosqichida oldingi bosqichdagi ma’lumotlarga asosan iqtisodiy model tuziladi. Sistemali tahlilning sо‘nggi oltinchi bosqichida model asosida korxonalarning moliya-xо‘jalik faoliyatiga xolisona baho beriladi hamda ichki xо‘jalik rezervlarining komplekt summasi aniqlanadi.
7.2.Kompleks iqtisodiy tahlilni о‘tkazish tartibi.
Xо‘jalik faoliyatining kompleks tahlili deb xо‘jalik faoliyatini bо‘laklarga bо‘lib, bir-biriga bog‘liq holda batafsil о‘rganishga aytiladi.
Korxona xо‘jalik faoliyati murakkab, bir-biriga bevosita bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar majmuasidan iboratdir. Shu bois bu jarayonlarni batafsil о‘rganmasdan turib, uni boshqarish uchun qulay, samarali tadbirlar ishlab chiqib bо‘lmaydi. Shu tufayli xо‘jalik faoliyatini yaxshilash uchun uni kompleks holda atroflicha о‘rganish lozim. Bu masalani о‘rganishda batafsil tahlil bilan kompleks tahlilni farqlash kerak. Batafsil tahlil, deganda xо‘jalik faoliyatini (makonni) yoki bir iqtisodiy kо‘rsatkichning bir-biriga bog‘liq holda bir davr (zamon) mobaynida har tomonlama о‘rganishga aytiladi.
K o m pl ye k s tahlilda esa ushbu batafsil tahlilga muntazam yondashish tufayligina erishiladi, ya’ni xо‘jalik faoliyatini yaxlit holda bir qancha davr mobaynida о‘rganishdir.. K o m pl ye k s tahlil bо‘lish uchun shu yilning hamma choraklarini va shu hisobot yilida erishilgan barcha natijalarni batafsil s i s t ye m a l i о‘rganish zarurdir. Demak, xо‘jalik faoliyatining kompleks tahlili xо‘jalik faoliyatini batafsil о‘rganishga sistemali yondashishdan iborat. Agar buni korxona misolida yoritadigan bо‘lsak, korxonaning xо‘jalik faoliyatini bir hisobot davri mobaynida tо‘liq о‘rganish b a t a f s i l tahlil bо‘ladi. Uni alohida bо‘limlari bilan bir qancha davrlar bо‘yicha batafsil о‘rganish kompleks tahlil bо‘ladi.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling