Ўзбкистон республикаси


Mahsulot ishlab chiqarish bо‘yicha ichki xо‘jalik rezervlarini aniqlash usuli


Download 303 Kb.
bet22/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

7.3.Mahsulot ishlab chiqarish bо‘yicha ichki xо‘jalik rezervlarini aniqlash usuli
Iqtisodiy tahlilini о‘tkazishdan kо‘zlangan asosiy maqsad ichki xо‘jalik rezervlarini aniqlashdir. Bu esa asosan uch guruh ishlab chiqarish resurslari - mehnat resurslari, mehnat vositalari va mehnat predmetlari omillaridan oqilona va samarali foydalanishga bog‘liq. Ushbu omillar о‘ziga xos mustaqil ma’noga ega bо‘lishi bilan birga о‘zaro bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langandir. Avval har bir omillar guruhi alohida-alohida о‘rganiladi. Sо‘ngra uchala omillar guruhini tahlil qilish asosida mahsulot ishlab chiqarishni oshirish borasidagi yig‘ma rezervlar tо‘g‘risida umumiy xulosa beriladi. Komplekt yig‘ma deganda, rezervlarning eng kam sо‘mmasi olinadi.
a) Mehnat omillari tarkibida.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga quyidagi mehnat omillari ta’sir kо‘rsatadi:
- ishchilarning rо‘yxatdagi о‘rtacha sonining о‘zgarishi;
- bir ishchi tomonidan bir yilda ishlangan kishi kunlarining о‘zgarishi;
- ish kunining о‘rtacha uzunligi о‘zgarishi;
- bir ishchiga tо‘g‘ri keluvchi soatlik ish unumining о‘zgarishi.
b) mehnat vositalari omillari tarkibida,
Bu omillar tarkibiga korxonalarning asosiy fondlar bilan qay darajada ta’minlanganligi, ularning hajmi, tuzilishi, texnik holati va ulardan samarali foydalanish kiradi.
v) mehnat buyumlari omillari tarkibida.
Ushbu omillar tarkibiga korxonaning xomashyo va materiallar bilan qay darajada ta’minlanganligi, moddiy resurslardan foydalanish samarasi, material sig‘imi kabilar kiradi.
7.4. Mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotishni tahlil qilish usullari
Korxonalarning mahsulot sotishini ifodalovchi asosiy kо‘rsatkichlar quyidagilardir:
- korxonaning yalpi mahsuloti - bu tovar mahsuloti qо‘shuv tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i hamda korxonaning о‘zida tayyorlangan yarim-fabrikatlar va asboblardan iboratdir;
- tovar mahsuloti deganda, barcha ishlab chiqarish bosqichlarini о‘tgan, tо‘la butlangan, texnika nazorati bо‘limidan ham о‘tgan va omborga topshirilgan mahsulot tushuniladi;
- sotilgan mahsulot deganda, tovarlar iste’molchilarga jо‘natilib, uning haqi mol yuboruvchilarning bankdagi hisob-kitob raqamiga о‘tkazilishi tushuniladi.
Mahsulot ishlab chiqarishni ifodalovchi kо‘rsatkichlar - sof mahsulot, meyoriy sof mahsulotlarni tahlil qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Sof mahsulot tovar mahsulot bilan uni ishlab chiqarishga qilingan moddiy sarflar va asosiy ishlab chiqarish fondlarining amortizatsiyasi summasi о‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Meyoriy sof mahsulot ishlab chiqarishdagi ishchilarning asosiy va qо‘shimcha ish haqini, ijtimoiy sug‘urta uchun ajratmalar va meyoriy foydani jamlash orqali aniqlanadi. Shartli sof mahsulot bu sof mahsulot qо‘shuv asosiy fondlarning amortizatsiyasidir.
Korxonalarning xо‘jalik faoliyatiga baho beruvchi muhim mezon - sotish rejasining shartnoma majburiyatini hisobga olgan holda bajarilishi bо‘lib qoldi. Mazkur kо‘rsatkich bо‘yicha rejaning bajarilish darajasi 100 foizdan oshmaydi, eng maqbо‘li 100 foizdir.
Tuzilgan shartnoma majburiyatiga asosan iste’molchilarni zarur tovarlar xilma-xilligi bilan ta’minlash sifat kо‘rsatkichi hisoblanadi. Korxonalar mahsulot ishlab chiqarish rejasini nafaqat qiymat ifodasida, balki belgilangan assortimenti bо‘yicha bajarilishi zarur..Korxona faoliyatiga tо‘g‘ri baho berishda mahsulotning xilma-xilligi bо‘yicha biznes-rejaning bajarilishini aniqlashda eng kam son miqdorini hisobga olish usuli qо‘llaniladi.
Mahsulot sifati deganda, uning barcha mо‘ljallangan maqsadda foydalanishga yaroqli xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Xalq xо‘jaligi tarmoqlarida mahsulot sifatini baholashda turli kо‘rsatkichlar qо‘llaniladi. Mahsulot sifatini tahlil qilishda foydalaniladigan asosiy kо‘rsatkichlar bilan bir qatorda sifatsiz mahsulot uchun iste’molchilarga tо‘lanadigan jarimalar, mahsulotni kafolatli ta’mirlovchi ustaxonalarga sarflanadigan xarajatlar kabi kо‘rsatkichlar ham qо‘llaniladi. Shunday qilib, mahsulot sifatini tahlil qilish usullari tahlil qilinayotgan korxonaning qaysi tarmoqqa mansub ekanligiga bog‘liq ekan.
Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bо‘yicha dasturning bajarilishini tahlil qilish jarayonida mahsulotni bir maromda ishlab chiqarishni tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Mahsulotni bir maromda ishlab chiqarish deganda, uni tuzilgan jadval asosida, mahsulotning oldindan aniqlangan xilma-xilligi va sifatiga muvofiq yetkazib berish va sotishni о‘z vaqtida ta’minlash tushuniladi. Bir maromda mahsulot ishlab chiqarishning umumlashgan kо‘rsatkichi bir meyorda ishlash koeffitsiyenti hisoblanadi, u jadval bо‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilgan kunlarni umumiy ish kuniga bо‘lish bilan aniqlanadi, odatda oy hisobida.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling