Ўзбкистон республикаси


Iqtisodiy tahlil uchun materiallar tayyorlash


Download 303 Kb.
bet20/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

6.3. Iqtisodiy tahlil uchun materiallar tayyorlash
Joriy hisobda berilmaydigan ma’lumotlarni aniqlash katta ahamiyatga molik. Masalan, ishchilarning bekor turib qolish sabablarini aniqlash uchun bevosita kuzatuv olib borish kerak. Bunda ish kunini fotografiya qilish orqali yoki ushbu uchastkada band bо‘lgan ishchilar, muhandislar va boshqa xodimlarning fikr va mulohazalarini bilish orqali yuqorida aytilgan kamchiliklarning sabablari aniqlanadi. U yoki bu axborotlar manbaidan foydalanish tahlil dasturini tuzishda hisobga olinishi kerak. Ma’lumotlarning tо‘g‘riligini va aniqligini tekshirishdan sо‘ng ularni qayta ishlashga о‘tiladi.
6.4. Korxonalarnnng faoliyatini iqtisodny tahlil qilishda
qatnashadigan subyektlar
Korxona va tashkilotlarning xо‘jalik va moliyaviy faoliyati avvalambor, ushbu korxonaning xodimlari tomonidan tahlil qilinadi. Korxonalarning xо‘jalik va moliyaviy holatini tahlil qilish asosan reja-iqtisod, buxgalteriya va moliya bо‘limlarining vazifasidir. Korxona va tashkilotlarning faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish bevosita yuqori tashkilotlarning vazifasi ham bо‘lib, ular korxonalar hisobotini tasdiqlaydilar, hamda ularning ishlab chiqarish, xо‘jalik va moliyaviy faoliyatini obyektiv (xolisona) baholab, tegishli qarorlar qabul qiladilar. Iqtisodiy tahlil qilish bilan moliya va soliq idoralari, bank xodimlari ham shug‘ullanadilar. Hozirgi kunda xо‘jalik subyektlarining moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini tahlili masalalari bilan bevosita auditorlik kompaniyalari ham shug‘ullanmoqda. Statistika idoralari ham iqtisodiy tahlil bilan shug‘ullanadilar. Ular qabul qilingan hisobot va statistik ma’lumotlarni statistika usullari bilan qayta ishlab vazirliklar va boshqarmalarni yig‘ma axborot materiallari bilan ta’minlaydilar.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
1.Iqtisodiy tahlilning sо‘ngi bosqichi qanday rasmiylashtiriladi ?
2.Tahliliy ishlarning asosiy bosqichlari va ularning mantiqiy ketma-ketligi.
3.Iqtisodiy tahlil dasturini tuzish.
4.Iqtisodiy tahlil uchun materiallar tо‘plash va ularni qayta ishlash.
5.Iqtisodiy tahlil qilish bilan mukammal tarzda kim shug‘ullanadi?
6.Iqtisodiy tahlilda qatnashadigan subyektlar.
VII-MAVZU. IQTISODIYOTNI TEXNIK VA TEXNOLOGIK YANGILASH BOSQICHIDA KOMPLEKS IQTISODIY TAHLIL VA ISHLAB CHIQARISHNING MUHIM SAMARADORLIK KО‘RSAKTICHLARINI TAHLIL QILISHNING METODIK ASOSLARI
Reja:
7.1.Korxonalarning xо‘jalik faoliyatini tahlil qilishga sistemali (tizimli) yondashish.
7.2.Kompleks iqtisodiy tahlilni о‘tkazish tartibi.
7.3.Mahsulot ishlab chiqarish bо‘yicha ichki xо‘jalik rezervlarini aniqlash usuli
7.4.Mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotishni tahlil qilish usullarining asoslari.
7.5.Korxonalarni mehnat resurslari bilan ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanishni tahlil qilish usullarining asoslari
7.6.Asosiy fondlarning tarkibini, holatini va ulardan samarali foydalanishni tahlil qilish usullarini asoslari.
7.7.Sanoat korxonalarining moddiy resurslar bilan ta’minlanishini va ulardan foydalanishni tahlil qilish usullarini asoslari.
7.8.Mahsulot tannarxini tahlil qilish usullarini asoslari.
7.9.Yerdan foydalanish kо‘rsatkichlarini tahlil qilishning uslubiy asoslari.
7.10.Korxona iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish usullarining asoslari.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling