Ўзбкистон республикаси


Xо‘jalik faoliyatini joriy (retrospektiv) tahlili


Download 303 Kb.
bet14/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

5.2.Xо‘jalik faoliyatini joriy (retrospektiv) tahlili.
Xо‘jalik faoliyatining joriy (retrospektiv) tahlili. Korxonalarning amaliy faoliyatida asosan joriy tahlil о‘tkazish usuli tо‘la ishlab chiqilgan. Joriy tahlil korxonalarning xо‘jalik faoliyatini tahlil qilishda rasmiy jihatdan qabul qilingan hisobotga tayangan holda ularning oylik, kvartallik, yillik va qator yillar tahlil qilinadi. Joriy tahlilning asosiy vazifasi xо‘jalik faoliyatida erishilgan pirovard natijalarga obyektiv baho berish, foydalanilmagan ichki xо‘jalik rezervlarini kompleks tarzda aniqlash va ularni kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb etish hisoblanadi.
Joriy tahlilning dastlabki va tezkor tahlildan ustunligi shundaki, uni о‘tkazishda axborotlar tizimi sistemali va kompleks xarakterga ega bо‘lib, rasmiy jihatdan qabul qilingan buxgalteriya va statistika hisobotlariga asoslanadi. Joriy tahlilning kamchiligi shundan iboratki, tahlil xо‘jalik faoliyatida kamchilik va xato rо‘y berib bо‘lgandan sо‘ng boshlanadi.
5.3.Tezkor (operativ) tahlil.
Tezkor tahlil korxonaning xо‘jalik faoliyatini boshqarishda shu kundagi ishlab chiqarish jarayonini tezkor tarzda boshqarishda qо‘llaniladi. Bu qisqa muddatli tahlil bо‘lib, ishlab chiqarish jarayonida rо‘y bergan chetga chiqishlarni tezkorlik bilan aniqlab, uni bartaraf qilish chora - tadbirlarini kо‘radi. Tezkor tahlilning asosiy vazifasi topshiriqlarni muntazam nazorat qilish, mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish jarayonini kunda aniqlash, shu kundagi ishlab chiqarish rezervlarini о‘z vaqtida aniqlash va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb qilish hisoblanadi. Tezkor tahlil joriy tahlildan farqli о‘laroq u asosan boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslanadi.
Tezkor tahlil о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-korxonaning asosiy miqdor va sifat kо‘rsatkichlari bо‘yicha hamda uning bо‘linmalari smenada, sutkada, besh kunlikda va dekadalarda chetga chiqishini aniqlash;
-meyordan chiqishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash;
-kamchiliklarga yо‘l qо‘ygan javobgar shaxslarni aniqlash;
-salbiy omillarni bartaraf qilish uchun tadbirlar ishlab chiqish;
-kо‘rsatilgan vaqtda erishilgan natijalarni yakunlash va «Tor» joy va ilg‘or bо‘g‘inlarni aniqlash.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling