Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet3/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

Tayanch tushunchalar
Ifodali o‘qish - axloqiy-estetik tuyg'ularni shakllantirish.
Ilmi tajvid - o‘rta asrlarda adabiy talaflfuz me'yorlarini o'rgatuvchi fan bo'lgan.
Ilmi kalom - jonli nutq asoslarini o'rgatuvchi fan.
Ilmi munozara fani ilmiy va adabiy bahsni o‘rgatgan.
Savol va topshiriqlar
1. Ifodali o‘qish san’atining yuzaga kelishida roviy, qissaxon va baxshilar qanday ro‘l 0‘ynagan?
2. Ifodali nutq san'atini o'rganishning asosiy omillari nimalardan iborat?
3. “... Har kishining ahvoli o‘z so‘zining ostida pinhondur” deganda nimani tushunasiz?
4. Ifodali o‘qish san'atini o'rganishdan asosiy maqsad nima?
5. Barkamol avlod tarbiyasida ifodali o‘qish san’atining qanday ahamiyati bor?
www.ziyouz.com kutubxonasi
Adabiyotlar:
1. I.A.Karimov. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyoti poy- devori.-Toshkent: 1997.
2. Kaykovus. Qobusnoma. -Toshkent: 0‘qituvchi, 1986.
3. N.Mahmudov. 0‘qituvchi nutqi madaniyati. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashri- yoti. 2007.
4. S.Inomxo‘jayev, A.Zunnunov. Ifodali o‘qish asoslari. -Toshkent: 0‘qituvchi, 1978.
0‘RTA OSIYODA NOTIQLIK
SAN’ATI
Reja

1. Ifodali o'qish va notiqlik san'ati taraqqiyotida “Avesto”ning o‘mi.
2. 0‘rta Osiyoda voizlik va uning turlari.
3. Ifodali o‘qish va suxandonlik haqida 0‘rta Osiyo mutafakkir- larining fikr-qarashlari.
4. “Majolis un-nafois”da nomlari zikr etilgan voizlar.
Ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab so‘z san'atining, xususan, og‘zaki ijrochilik san'atining inson mhiyatiga ko'rsatadigan ta'sirigajuda katta c'tibor bilan qaraganlar. Shu ma'noda, ifodali o'qish san'atining tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi.
0‘rta Osiyoda ifodali o‘qish san'atining taraqqiy etishida “Aves- to”, “Bundaxishn”, “Dinkard” kabi diniy xarakterdagi asarlaming ahamiyati katta bo‘lgan. Inson axloqini poklashga qaratilgan ushbu asarlar ko'proq og‘zaki ijrochilik vositasida xalq orasiga kirib borgan- ligi maTum. Jumladan, “Avesto”ning asosiy mohiyatini tashkil etgan “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” taTimotini xalq o‘rtasida targ‘ib qilib, odamlar qalbida ezgulik tuyg'ularini uyg'otishda kohinlaming xizmati beqiyos edi. Kohinlar faqat din targTbotchilari sifatidagina emas, balki ifodali so‘z sehii bilan mo‘jizalar ko‘rsatuvchi san'atkor ijrochilar sifatida ham shuhrat qozonganlar. Ular “Avesto”dagi ibodat qo'shiqlarini, Ahura Mazda so'zlarini, afsona va rivoyatlami yorqin
- 10-
www.ziyouz.com kutubxonasi
nutq, ifodali so‘z va jozibador ovoz bilan ijro etib xalq ominasini o‘z g‘oyalariga ishontirganlar.
Badiiy so‘z san'ati, shu jumladan, ifodali o‘qish san'ati xalqning umumtaraqqiyot tarixiga bog‘liq holda rivojlanib bordi. Jamiyat taraq- qiyoti o'rtaga qo‘ygan talablar hamda mavjud shart-sharoit tufayli, IX- XV asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Mana shu davrlarda Qur'oni Karim targ'ibi bilan bog‘liq holda, voizlik san'ati rivojlandi. Voizlik san'atining taraqqiy etishi esa, ifodali o‘qish san’ati tarixida muhim o‘rin tutadi.
MaMumki, Qur'oni Karim o‘z zamonasining nafis adabiy usuli saj'da vahiy qilingan bo‘lib, u so‘z san'atining oliy namunasi hisob- lanadi. Qur'oni Karimni o‘qish voizdan juda katta ilmiy salohiyatni, ayni paytda, yoqimli ovoz sohibi boMishni ham talab qilardi. Shu bois- dan ham Qur'on suralarini maftunkor qiroat, jozibali ohangda o‘qishga o‘rgatuvchi “Ilmi balog‘a” san'atiga alohida e'tibor qaratilgan. Bu haqda Abu Rayhon Beruniy “Geodeziya” asarining kirish qismida shunday deydi: “Arab nutqida balog‘aning mavjudligi Qur'on targMbotida muhim ahamiyat kasb etadi. Balog‘a arab nutqining ziynatidir”'.
Voizlik (notiqlik) san'ati 0‘rta asrlarda juda katta ijtimoiy-siyosiy mavqega ega boMib, umumdavlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. Voizlik san'atining dabirlik, xatiblik, muzakkirlik kabi turlari mavjud boMib, ba’zi voizlar dabirlik - davlat ahamiyatiga ega boMgan yozish- malami o‘qish va yozib berish bilan, ba’zi voizlar xatiblik - juma kun- lari Qur'oni Karim suralari asosida xalqni odob-axloqqa chaqirish bi- lan, ba’zilari esa muzakkirlik - tarixiy voqea-hodisalami gapirib berish bilan shug‘ullanganlar.
Qadimda xalq ommasi oldida nutq so‘zlovchi kishi voiz, uning nutqi esa va’z deb yuritilgan. Voizlik nihoyatda sharafli va, ayni paytda, mas'uliyatli kasb boMgan. Omma oldiga chiqib bir necha soatlab nutq so‘zlovchi kishi tinglovchilaming tuyg‘ulariga ta'sir o‘tkazishi, ishon- tirishi, so‘z sehri bilan ulami toMqinlantirishi uchun juda katta bilim va iqtidorga, fasohat va mahoratga ega boMishi lozim edi. Shu bois- dan minbarga chiqib so‘zIovchi kishilaming hammasi ham voiz degan sharafli nomga ega bo‘lavermagan.
1 Beruniy A. Tanlangan asarlar. III to‘m. - T.: Fan, 1982. 64-bet.
- 11 -
www.ziyouz.com kutubxonasi
So‘z ijrochiligi san'atiga asoslangan voizlik va suxandonlik, uning inson hayotida tutgan o‘mi haqida Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizo- miy Aruziy Samarqandiyning “Nodir hikoyatlar”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Dah majlis”, “Sahifai shohi”, Faxriddin AJi Safiyning “Latoif ut-tavoif ’ kabi asarlarida qim- matli fikr-mulohazalar bayon etilgan. Jumladan, Alisher Navoiy voizlar haqida shunday fikrlami yozadi: “Va’zxon shunday bo‘lishi kerak- ki, uning majlisiga bo‘sh kirgan odam to‘Iib chiqsin, to‘la kirgan odam esa, yengil tortib holi qaytsin. Voiz olim va halol ish ko‘ruvchi boisa, uning nasihatidan chetga chiqqanlar gunohkor boiadi. Agar u boshqalarga buyursa-yu, o‘zi qilmasa, uning so‘zlari hech kimga ta’sir etmaydi va foyda keltirmaydi”1.
Ushbu fikrlar zamiriga juda katta ibrat va hikmat ma'nolari singdiril- gan. Demak, xalqqa pand-nasihat aytib, ulami to‘g‘ri yoiga boshlovchi voiz nafaqat ilmi va chiroyli so‘zlari bilan, balki o'zining yuksak axloq- odobi, halol hayot tarzi bilan ham boshqalarga namuna boiishi lozim.
Buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi yetishib chiqqan, ja- honni ilm-ma’rifat nuri bilan yoritgan uyg'onish davri deb yuritiladigan zamonlarda 0‘rta Osiyoda so‘z san'ati, shuningdek, notiqlik san’ati ham taraqqiy etdi. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg'ariy, Abulqosim Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabi ulug‘ siymolar ilm-fanning turli sohalariga oid kashfiyotlar bilan bir qatorda, notiqlik san’ati asoslarini ham yaratdilar.
Abu Nasr Forobiy ko'plab asarlarida so'z san’atiga doir qimmatli fikr-mulohazalar bildirish bilan cheklanmasdan suxandonlik nazari- yasi, notiqlik san’ati ilmiga doir maxsus “Kitob al-xitobat” risolasini ham yozgan. Jumladan, Forobiy chuqur mantiqiy asosga ega bo‘lgan yorqin nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiq fanlarindng ahamiyati haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish, ta'lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qan- day javob berish masalasiga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga (substantsiya - narsalar) va aktsidentsiya (hodisalar)ga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman.

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling