Ziyoda masharipova
Modal so‘zlarda: zero, afsuski, albatta
Download 226.51 Kb.
|
IFODALI O`QISH
3. Modal so‘zlarda: zero, afsuski, albatta.
4. 0‘zbek tiliga chetdan kirgan o‘zlashma so‘zlarda: respublika, riichka, radio, redaktor, kompvuter. Ushbu so'zlardagi urg‘u tushgan unli tovushlar biroz cho‘ziq va aniq talaffuz qilinadi. Matnni ifodali o‘qishda so‘z urg'usining ahamiyati katta. Birin- chidan, so‘z urg'usi to‘g‘ri talaffuz me'yorlarini belgilashda yordam beradi. Ikkinchidan, leksik urg'u so‘z ma'nolarini farqlash uchun ham xizmat qiladi. Masalan: Olma (ot) inson salomatligi uchun ni- hoyatda foydali bo 'lgan mevadir. Sen hech qachon birovning narsa- sini ruxsatsiz olma (harakat). Ushbu jumlalardagi shakldosh bo‘lgan olma so‘zida urg‘u turli o‘rinlarda tushadi va turlicha talaffuz qilinadi. Bunday holatni atlas (mato), atlas (geografik atlas), qishloqcha (ot), qishloqcha (ravish) kabi so‘zlarda ham kuzatish mumkin. Ba'zan xalq qo‘shiqlarida, xalq dostonlarida, mumtoz adabiyot namunalarida ham shakldosh so'zlar uchraydi. Bunday hollarda matnni ifodali o‘qishga kirishishdan oldin shu so‘zlaming ma'nosini tushunish va urg‘u tush- gan bo‘g‘inni aniqlash lozim bo‘ladi. II. “Sintagma urg'usi - nutq oqimining ma'no jihatdan muhim bo‘lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo‘llanilgan urg‘u. Sintagmani aniqlash mezoni ikkitadir: a) semantik mezon; b) sintaktik mezon. Bu mezonlar sintagmaning grammatik-se- - 52 - www.ziyouz.com kutubxonasi mantik jihatdan yaxlit, bir-butun konstruktsiya ekanligidan kelib chiqa- di. Sintagma urg'usi fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, gramma- tik jihatdan bir butun bo'lgan qismni maxsus ta'kidlash, uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagmalardan ajratish uchun xizmat qiladigan fonetik vositadir”1. Mana shu qoidaga asoslanib quyidagi gaplami sintagmalarga ajratib ko‘raylik: 1. “Ergash shoir qahramonlaming taqdiri xalq bilan bog'liq ekan- ligini o‘zining Go‘ro‘g‘li haqidagi termalarida juda yorqin ifodalagan”. a) “Ergash shoir qahramonlaming taqdiri”; b) “xalq bilan bog'liq ekanligini”; v) “o‘zining Go‘ro‘g‘li haqidagi termalarida”; g) “juda yorqin ifodalagan”. ' 2. “Ergash shoirdagi hofiza quvvatining kuchliligi kishini hayratga soladi”. a) “Ergash shoirdagi hofiza quwatining kuchliligi”; b) “kishini hayratga soladi”. Dastlabki gapdagi sintagmalardan birinchisi alohida urg‘u (sintagma urg'usi) bilan yakunlangan bo‘lib, uning fonetik tabiati quyidagi belgi- larga ega: sintagma oxiridagi “taqdiri” so‘zining so‘nggi bo‘g‘ini ochiq bo‘g‘in bo‘lib, bu bo‘g‘indagi “i” unlisi cho‘ziq talaffuz qilinmoqda, tovush toni ko‘tarilgan, kuchi esa intensivlashgan (zarb belgisi) bu hol shu sintagmaning ma'nosini alohida ta'kidlash lozimligidan dalolat be- radi. Sintagma urg‘usidan keyin kelgan qisqa pauza birinchi va ikkin- chi sintagmalami bir-biridan ajratish vazifalarini bajargan. Kuzatilgan maqsadga ko‘ra, sintagma urg‘usining o‘mi o‘zgartirilishi ham mum- kin. Bunday holatda sintagma urg'usining o‘mi o‘zgartirilishi bilan gapning mazmunida ham o'zgarish sodir boMadi. Qiyoslang: Download 226.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling