Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet21/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

Grammatik pauza. MaTumki, o‘zbek tilida nuqta, so‘roq belgisi, undov belgisi, ko‘p nuqta, vergul, ikki nuqta, tire, qavs, qo'shtironq kabi tinish belgilari mavjud. Gapirish jarayonida mazkur tinish belgila- riga rioya qilgan holda nutq amalga oshiriladi. Masalan, vergulda ozroq, nuqtada ko‘proq, uch nuqtada yanada ko‘proq pauza qilinadi. Shuning- dek, boshqa tinish belgilari pauzasi ham o‘ziga xos. Demak, tinish belgi- lariga asoslangan pauza grammatik pauza deb yuritiladi. Masalan:
-57-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Nuqta qo‘yilgan o‘rinlarda pauza:
Har kim o‘z baxti, o‘z dardi bilan band,
Turmush qozonida qaynab yotamiz.
Kuni kecha edik o‘zimiz farzand,
Bugun farzandlarga ona, otamiz.
(E.Vohidov)
Vaqt tun yannidan oshgan. Rasadxona teran sukutda. Odatdagiday, kechasi samoviy holatlami kuzatib o'tirgan mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi bir payt vujudida xiyol noxushlik sezib, o'midan turdi. Lekin qo‘llaridagi olatlami (asboblami) joyiga qo'yib ulgurma- gan ham ediki, qayerdadir yuqorida, birinchi oshiyonada, oyoq tovush- lari eshitildi. Bu tovushlar rasadxona tolibi ilmlarining sharpasiz odim- lariga o'xshamas, sipohlaming betakalluf qadamlarini eslatardi.
(Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”)
Keltirilgan she’riy parcha ham, nasriy matn ham mazmunan da- rak gaplardan tashkil topgan. Darak gaplar, odatda, tinch ohang bilan o‘qiladi va nuqtadan keyin ma'lum muddat pauza qilinadi.
So‘roq belgisi qo‘yilgan gaplarda pauza. So‘roq gap orqali so‘zlovchi o‘zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini fikr bildirishga un- daydi. So‘roq gaplardagi pauzada so‘roq ohangi ustivorlik qiladi:
- Bu yemi kim obod qilgan? Bu og'ir toshlami kim olib kelgan? - dedi Asqar ota va o‘z-o‘ziga javob berdi. - Kim olib kelardi?! Bu yerga meni kim olib keldi? Shunday odamlar ham bo'ladiki, tug‘ilganda hech kim sevinmagan boTsa ham, oTganda butun yurt aza tutadi. Qizim, Bahri, shunaqami? Shunaqami, Sobiraxon?
(Abdulla Qahhor)
So‘roq gaplaming yana bir turi ritorik so'roq gaplardir. Bunday gap- larda yashirin tasdiq, yashirin inkor, taajjub, tashvish, g‘azab, gumon, kuchli hayajon ma'nolari ifodalanishi mumkin. Shuning uchun ham, ritorik so‘roq gaplardagi pauza ifodali nutqqa kuchli emotsionallik, yorqinlik va ta'sirchanlik baxsh etadi.
0‘rtada taloshdur kechmish va bu kun,
Tuproq sochar, ingrar, qoTtigTda tig‘.
Axir haqiqat bor, valvala nechun?
Buncha osmon yiroq, buncha yer qattiq?!
-58-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Aqlu hushdan ayro, vola munajjim,
Rad boMmish, olamdan ko‘zin yumdi jim.
Muhabbat ne o‘zi? Nadir sadoqat?
0‘zingdan ming bora so‘rarsan o‘zing.
Titrab toqatingga tilarsan toqat,
Aytursan xilqatga ilohiy So‘zing.
(Rauf Parfi)
Alisher Navoiyning “Qoshi yosinmu deyin...”, Zahiriddin Mu- hammad Boburning “Charxning men ko'rmagan javru jafosi qol- dimu?!” deb boshlanuvchi g'azallari ritorik so‘roqning go'zal na- munalaridir.
Undov belgisi qo‘yiIgan gaplarda pauza. Undov belgisi qo‘yi!gan gaplarda kuchli his-hayajon tuyg'ulari ifodalanadi. Ba'zan buyurish, tilak, orzu ma’nolari ham mujassamlashgan bo‘ladi. Og'zaki ijroda mazkur holatlami pauza orqali namoyon qilish nutqni yanada ta'sirchan qiladi. Masalan:
Azizlar! Sizni yurtimiz mustaqilligining o‘n sakkiz yillik bayrami bilan qizg‘in tabriklayman! Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, mus- taqilligimiz abadiy bo'lsin!

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling