Vergul belgisi qo‘yilgan o‘rinlarda pauza. Ifodali o'qishda nuq- ta yoki nuqtaga qaraganda vergulda nisbatan qisqaroq pauza qilinadi. Vergul belgisi gapda uyushiq boMaklar orasida, undalmalami ajratish uchun, kirish so'zlar va kirish gaplami ajratish uchun, gapning ajratil- gan bo'laklarini ta'kidlab ko'rsatish uchun, bog‘lovchisiz bog'langan qo'shma gaplarda ishlatiladi. Masalan:
Ustod tanbur chertishda benazir edi. Shahodat barmog‘iga oltin
-60-
www.ziyouz.com kutubxonasi
noxin taqib, ko‘zlarini yumib, qanday tiniq, kuz oftobiday mayin bir mung chulg‘ab olar, kishi nechundir yigMagisi kelar, lekin ko‘zdan oqqan bu yosh yurakni ezmas, aksincha, butun anduh, butun dard, bu- tun g'ubomi yuvib ketardi...
(Odil Yoqubov. “Ulug'bek xazinasi”)
Bolam, aytgan nasihatim unutma,
Bir g‘aribni ko‘rsang zinhor og'ritma.
Quloq solgin, bir-bir aytay, Ravshanjon,
Zinhor manmanlikning yoMini tutma!
Ko‘ngli buzuq boMsa, bolam, shod ayla,
Yiqilganni, bolam, sen tepib o‘tma,
QoMingdan kelgancha yomonga ketma,
Zinhor-zinhor bir miskinni yigMatma!
(“Ravshan” dostonidan) Nuqtali vergul belgisi qo‘yilgan gaplarda pauza. Odatda, o‘z ichida verguli boMgan, mazmunan biroz farqlanuvchi gaplardan iborat boMgan qo‘shma gaplarda nuqtali vergul qoMlanadi.
Yobonlaming cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Ko‘z yoshidan, oq sutidan;
To'qaylaming tengsizligi,
Jilg'alaming sho‘x g'ovuri,
Yigitlaming yallasidan,
Suluvlaming sukutidan - Yo‘g‘rilgan til - Ona tilim.
Daryolaming toshqin payti Arslon yanglig‘ arillashi,
Dovonlaming ko‘k qiyosi,
Qorli togMar jilosidan;
Cho'ponlaming qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go‘ro‘g‘lining alp siymosi,
-61 -
www.ziyouz.com kutubxonasi
Alpomishning da'vosidan - Tug'ilgan til - Ona tilim.
(Mirtemir)
Do'stlaringiz bilan baham: |