Ziyoda masharipova
Download 226.51 Kb.
|
IFODALI O`QISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik pauza.
Mantiqiy pauza. Badiiy nutqda mantiqiy va ta'sirchan mazmun asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun nutqda emotsional ifoda vositasi si- fatida mantiqiy pauza katta rol o‘ynaydi.
So‘z guruhlarini bir-biridan ajratib, matn ma'nosini aniq va to‘la ifodalashga xizmat qiluvchi pauzaga mantiqiy pauza deyiladi. Mantiqiy pauza nutqning mantiqiy tomoni bilan bog‘liq bo'lib, u faqat mantiq qonunlariga bo‘ysunadi, zarur bo'lganda sintaktik talablami ham chet- lab o‘tadi. Masalan: Otam / eski kitoblami ham, / zamonaviy adabiyot va gazetalami ham muntazam o‘qib borar, / o‘ta haqparast, / nohaqlikni ko‘rsa yonib ketar edilar. Ba’zi hollarda mantiqiy pauza gapning mazmunini o‘zgartirib yu- borishi ham mumkin. Masalan: 1. Alisher / akang ishdan keldimi? 2. Alisher akang / ishdan keldimi? Har lahza / zamonlar umridek uzun, Asrlar taqdiri / lahzalarda hal. Umrdan o‘tajak har lahza uchun, Qudratli qo‘l bilan / qo‘yaylik haykal. (G‘afur G‘ulom) Psixologik pauza. So'zlovchining kuchli his-hayajonini, mhiy holatini ifodalovchi, vaqt birligi jihatidan nisbatan katta bo‘lgan pau- za psixologik pauza deyiladi. Psixologik pauza notiq nutqiga jonli- lik kiritib, asaming ta’sirchanligini oshiradi. Psixologik pauza asami o‘qishda personaj xarakteri, tasvirlanayotgan voqealar rivojining eng keskin, hayajonli tus olgan o‘miga to‘g‘ri keladi. Masalan, quyidagi matndan psixologik pauza olgan o'rinlami aniqlab ko‘raylik. -0‘z qiblagohiga qilich ko‘targan senday razil xunrezni / nechuk yer yutmaydi?! Nechuk osmon ag'darilib / boshingga tushmaydi?! - Abdulaziz taqir boshi sarak-sarak qilib, ko‘zlari sovuq chaqnab, yaqin- lashib kelardi. Abdullatif devorga suyanganicha qilichini ko'tardi, lekin Abdulaziz to‘xtamadi, u hamon iyagi qaltirab, tishlari shaqillab yaqin- -64- www.ziyouz.com kutubxonasi lashib kelardi. - mehribon, buzrukvorim!... / Ne qilding uni? / Ne qil- ding, mal'un padarkush?!... - Abdulazizning ko‘zlaridan tirqirb oqqan yosh tomchilari qorayib ketgan so‘lg‘in yuzini selday yuvib, taralmay patak bo‘lib ketgan soqoliga quyilardi. (Odil Yoqubov. “Ulug'bek xazinasi”) Asar voqealarining bunday shiddatli tus olgan o'rinlarini tinch va sekin ohangda, bir tekis o‘qib boMmaydi. Ifodali o‘qish jarayonida qahramonning bunday junbushga kelgan ruhiy holatini, ro‘y ber- gan fojeali voqeani ovozni ko‘tarish, ritorik 'so'roq olgan o‘rinlarni bo‘lib-bo‘lib o'qish va psixologik pauzalar orqaligina aks ettirish mumkin. Shunday ekan, psixologik pauza og'zaki ijrochining nutqiga ta'sirchanlik bag‘ishlaydi, eshituvchilarni zavqlantiradi va hayajonga soladi: Yo‘q, / halovat istamayman, Orom bilmas / yosh jonim, ToMqin urgan ummoncha bor Yurakdagi / tug'yonim!... Tinchlik bilmas / odatimdan Ozor cheksam / mayliga. Olov bo‘lib / bir dam yonsam, So‘ng o'chsam ham / mayliga... (Erkin Vohidov) Download 226.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling