Ziyoda masharipova
ba’zisining takrori va ba’zisining tarkibi ba’zi bila hosil boiur
Download 226.51 Kb.
|
IFODALI O`QISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ramali musammani maqsur: Foilotun / foilotun / foilotun / foilun -V-- -V- - -V- - -V - 2. Ramali musammani mahbun
- “ilmi baloga
- Zavq bu insonning yetuklik va go‘zallikdan lazzatlana olish qobiliyatidir.
ba’zisining takrori va ba’zisining tarkibi ba’zi bila hosil boiur,
- 112- www.ziyouz.com kutubxonasi o'n to'qqizdur, ba’zi arabqa maxsus va ba’zi ajamga maxsus va ba’zi mushtarak”1. Hazrati Navoiy ta'kidlagan o‘n to'qqizta bahr quyidagicha nomlangan: tavil, madid, basit, vofir, komil, hazaj, rajaz, ramal, munsarih, muzore’, muqtazab, mujtass, sare’, jadid, qarib, hafif, mushokil, mutaqorib, mutadorik. Bahrlar odatda baytdagi ruknlaming miqdori bilan birga aytiladi. Masalan, hazaji musaddas - olti ruknli hazaj, hazaji musamman - sakkiz ruknli hazaj, ramali murabba’ - to‘rt ruknli ramal va hokazo. Demak, ramal, hazaj va boshqa bahrdagi bayt to‘rt ruknli bo‘lsa - murabba’, olti mknli bo'lsa - musaddas, sakkiz ruknli bo'lsa - musam- man sanalib, vazn nomi bilan qo'shib aytiladi. Masalan, ramali musad- das, ramali musamman kabi. Bahrlaming o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, har bir bahming o'z ichida bir necha tarmoqlarga bo'linib ketishidir. Masalan, ramal bahri 15 tarmoqqa va rajaz bahri 9 tarmoqqa, hazaj bahri 10 tarmoqqa va boshqa bahrlar ham shu tariqa boMinib ketadi. Masalan, quyidagi ramal bahrining bir-biridan farq qiluvchi uchta tarmog'ini o‘rganib chiqaylik. 1. Ramali musammani maqsur: Foilotun / foilotun / foilotun / foilun -V-- -V- - -V- - -V - 2. Ramali musammani mahbun: Foilotun / foilotun / foilotun / foilotun -V- - -V - - -V- - -V- - 3. Ramali musaddasi maqsur: Foilotun / foilotun / foilun -V- - -V- - -V - Shuni ham alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, aruz vazni bahrlari qan- chalik ko‘p va rang-barang boMmasin, o‘zbek klassik adabiyotida eng ko‘p qoMlanadigan bahrlar bu - ramal va hazaj bahrlaridir. Ayniqsa, ramali musammani mahzuf vazni mumtoz adabiyot namoyandalarining eng sevimli vazni hisoblangan. Shu boisdan ham g'azallaming katta qismi shu vaznda yaratilgan. Adabiyotshunos olim Anvar Hojiahme- dovning maMumotlariga qaraganda, “Alisher Navoiyning “Xazoyin ul- maoniy” lirik kulliyotidagi 3132 she'rdan 1156 tasi, jumladan, 2600 1 Alisher Navoiy. Mezon ul-avzon. 142-bet. - 113- www.ziyouz.com kutubxonasi g'azaldan 1089 tasi, ya'ni 42 foizi mana shu vaznda bitilgan. Shu vazn- da Bobuming 113 g'azalidan 42 tasi, Muqimiyning 226 lirik she'ridan 117 tasi yozilgan. Boshqa shoirlar ijodida ham bu vaznda yaratilgan lirik she'rlami ko‘plab uchratamiz. Buning sababi mazkur vaznning o‘ynoqiligi, jozibadorligida, insonning rang-barang ichki kechinmala- rini ifodalash uchun qulayligidadir”1. Amz tizimidagi asarlar qaysi bahrda yozilganligidan qat’iy nazar, ulami maxsus tayyorgarliksiz o'qib o‘rganishning, ayniqsa, ifoda- li o‘qishning hech ham iloji yo‘q. Maxsus tayyorgarlik deganda, biz shartli ravishda quyidagi qoidalarga amal qilishni nazarda tutdik: 1. Dastlab lirik she'r yoki epik asardan olingan matndagi arabiy va forsiy so‘zlaming mazmuni lug‘at yordamida aniqlanadi. Lug‘atda muayyan so‘zning bir necha ma'no qirralari ko‘rsatilgan bo‘ladi. 0‘rganilayotgan baytda (kontekstda) mazkur so'zning qaysi ma'nosi nazarda tutilganligi belgilanadi. 2. Matndagi notanish so‘zlaming mazmuni oydinlashtirilgandan keyin har bir baytni sinchkovlik bilan o‘rganib, uning nasriy bayoni- ni tuzib chiqish maqsadga muvofiqdir. Chunki nasriy bayon baytdagi tashbehu tamsillar qobig‘iga o'ralgan punna'no so‘zlaming mazmunini maMum darajada anglab olishga yordam beradi. 3. Baytlar mazmuni maMum darajadao'rganilgandan keyin she'ming umumiy g‘oyasi, shoiming maqsad va muddaosi, nima demoqchi ekan- ligi aniqlanadi. Bunda asaming tub mohiyatini talqin qiluvchi baytlarga alohida e'tibor beriladi. 4. Asaming g‘oyaviy xususiyatlarini o‘rganish barobarida, badi- iy tasvir vositalariga ham alohida e'tibor qaratiladi. Bunda tashbehu tamsil, majozu istiora kabi badiiy san'atlaming she'riy asardagi asosiy g‘oyani yorqin ifodalashda muhim o‘rin tutganligini tushunib olish ham maqsadga muvofiqdir. 5. Muayyan she’riy asaming g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari maMum darajada o‘rganilgandan keyin, endi uning shakliy tuzilishiga e'tibor qaratiladi. Masalan, o'rganilayotgan g‘azal amzning qaysi bahrida yaratilganligini aniqlash uchun, dastlab hijolarga va ruknlarga ajratib chiqiladi. She'ming mknlar tartibi va chizmasini belgilash uni to‘g‘ri o‘qishga yordam beradi. 1 Anvar Hojiahmedov. Maktabda aruz vaznini o‘rganish. -Toshkent: 0‘qituvchi. 1995.41-bet. - 114- www.ziyouz.com kutubxonasi 6. She'mi ifodali o‘qishda qisqa “V”, cho‘ziq va o‘ta cho'ziq hijolar talaffuziga alohida e'tibor qaratish lozim. 7. She’ming shakliy tuzilishini o'rganish jarayonida vazn talabi bi- lan biri ikkinchisiga qo‘shilib ketadigan so'zlami belgilab chiqish ham she'mi to‘g‘ri va ifodali o‘qishni osonlashtiradi. Sharq xalqlari orasida qadim-qadimdan to‘g‘ri so'zlash va fikmi chi- royli ifodalash masalalariga katta e'tibor qaratilgan. Til qoidalariga to‘la amal qilgan holda so'zlash va yozish bilan bog'liq fan “ilmi balog'a ” deb, chiroyli, yoqimli so‘zlash va yozishni o'rgatadigan fan sohasi esa, “ilmi fasohat” deb atalgan. Lutfiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy, Ogahiy kabi buyuk san’atkorIaming beqiyos ijod mahsuli sifatida yaratilgan asar- lari balog'a va fasohat ilmining yorqin namunalaridir. Biror fikmi odd- iy so'zlar bilan jo'ngina ifoda qilish bilan uni badiiy bo‘yoqlar, go‘zal tashbehlar, rang-barang obrazlar, jozibador vazn va ohangdosh qofiyalar vositasida ifodalash o‘rtasida katta farq bor. So‘z san'atkorlarining asar- larida talqin qilingan umumbashariy g'oyalar yuksak badiiylikda ifo- dalangani uchun ham mangulikka daxldor boTib qolgan. Mumtoz adabiyot namunalarining tarovatiyu jozibasi, ayniqsa, ifo- dali o‘qish paytida yanada ko'proq namoyon boTadi va eshituvda zavq uyg‘otadi. Zavq bu insonning yetuklik va go‘zallikdan lazzatlana olish qobiliyatidir. Abu Ali ibn Sino “She'r san’ati” risolasida “she'r uch xil narsa bi- lan xayolga ta'sir etadi” deydi. Bulardan birinchisi lahn - garmoniya bo'lib, bu bilan she'r kuylanadi. Kuy va ohang, shubhasiz, inson mhiga ta'sir etadi. Ikkinchisi obrazli va tashbehli aytilgan so‘zlardir. Uchinchisi esa vazn bilan boTadigan taqliddir. Shuning uchun kimda-kim she’r ay- tib kuylamoqchi boTsa, albatta, uni ohangli lahn bilan bajo keltiradi'. Ming yillar oldin aytilgan ushbu fikrlar kishini hayratga soladi. Buyuk qomusiy olimning she'r va uning inson mhiga ta'siri, she’mi qanday aytish haqidagi mulohazalari ayni kunlarda ham nihoyatda muhimdir. Mashq. Muhammad Fuzuliyning “Shifoyi vasl qadrin...” deb bosh- lanuvchi g‘azalini ifodali o'qish. 1 Abu Ali ibn Sino. She'r san'ati (Abdusodiq Irisov taijimasi). - Toshkent: G‘afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1980. 99-100-betlar. - 115- www.ziyouz.com kutubxonasi Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o'landan so‘r, Zuloli zavq-shavqin tashnai diydor oMandan so‘r. Labing sirrin gelub gufitora bandan o‘zgadan so‘rma, Bu pinhon nuktani bir voqifi asror o‘landan so‘r. Go‘zi yoshlularing holin na bilsun mardumi g‘ofil, Kavokib sayrini shab to sahar bemor o'landan so‘r. G‘amingdan sham'tak yondim, sabodan so‘rma ahvolim, Bu ahvoli shabi hijron banim-la yor oMandan so‘r. Xarobi jomi ishqam, nargisi masting bilur holim, Xarobat ahlining ahvolini xummor o‘landan so‘r. Muhabbat lazzatindin bexabardir zohidi g‘ofil, Fuzuliy ishq zavqin, shavqi ishqi vor o‘landan so‘r. Download 226.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling