Ziyoda masharipova
G‘azaldagi notanish so‘zlarning izohi
Download 226.51 Kb.
|
IFODALI O`QISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Banim-la
- Dilda darding bo ‘Imasa, sardaftarimni kovlama ”
- “shifoyi vasl”, “tashnai diydor”, “labing sir- ri”, “voqifi asror”, “xarobot ahli"
G‘azaldagi notanish so‘zlarning izohi
O 'landan - bo'lgandan Zulol - tiniq Guftor- so‘zlash Nukta - sir Kavokib - yulduzlar Fatton - fitnachi Banim-la - men bilan Xarobot ahli - iloh oshiqlari Shabi hijron - hijron tuni Nargisi masting - mastona ko'zing G‘azalning nasriy bayoni Ayriliq azobiga shifo bo'luvchi vasl qadrini hijron dardida kuygan- dan so‘ra. - 116- www.ziyouz.com kutubxonasi Yor labining qadriga ham yoming diydoriga tashna boMganlar yetadi. Labing sirlaridan so‘z ochmoqchi bo'lsang, buni mendan o'zgadan so'rama, Bu pinhona so'zni sirlardan voqif boMgan odamdan so‘ra. Ko‘zi yoshlilaming holini g'ofil olomon qayerdan ham bilsin, Ko‘kdagi yulduzlar sayrini ham tunlami bedor o'tkazgan bemorgina biladi. Fitnachi ko‘zlar jabrini chekkanlardan xabarsiz bo'lma (oshiqlardan) 0‘zidan bexabar mastlar bedodligini hushyor boMgandan so‘ra. G‘amingda shamdek yonganimni sabodan so‘rama, Bu ahvolni hijron tunida menga yor boMgandan so‘ra. Ishq mayini ichib harob boMgan holimni mastona ko‘zlaring biladi, Ishq ahlining ahvolini ham ishqqa giriftor boMgan oshiqdan so‘ra. G‘ofil zohid muhabbat lazzatidan bexabardir, Fuzuliy, ishq zavqini faqat ishq-shavqi bor odamdan so‘ra. Muhammad Fuzuliyning ushbu g‘azali o‘tmishda xalq o‘rtasida nihoyatda mashhur boMgan. Fuzuliyxonlik kechalarida shoir she'riyatining ixlosmandlari uning mana shunga o‘xshagan g‘azallarini qayta-qayta o‘qib bahra olganlar. G‘azalni bir boshdan imkon daraja- sida o'rganib chiqib, nima uchun uning bunchalik mashhur boMgani sa- babini anglaganday boMasiz. G‘azal an'anaviy yor va oshiq, oshiqning ishqiy kechinmalari tasviriga bag'ishlangan. Mavzu an'anaviy, lekin tasvir uslubi nihoyatda o‘ziga xos boMib, g‘azal “Kim tabib, boshidan o'tkazgan tabib” degan hayotiy haqiqat asosiga qurilgan. G‘azal qah- ramoni fikricha, visolning qadrini, visolga erishganlar emas, hijron azobini chekkanlar biladi. Vasl - shifo, hajr - bemorlikdir. Shunday ekan, shifoning qadrini bemordan, zilol suvning qadrini tashna odam- dan so‘ramoq lozim. “Dilda darding bo ‘Imasa, sardaftarimni kovlama ” deydi Mashrab. Fuzuliy mana shu fikrlarga jo‘r boMib, ishq ahlining ahvolini faqat ishqqa giriftor boMganlargina biladi deya o‘git beradi. Ko‘zi yoshli- - 117- www.ziyouz.com kutubxonasi laming holini g‘ofil kimsalar anglay olmaganidek, kechaiari yulduzlar sayrini ham tunlami bedor o'tkazuvchi bedorlar biladi. Shu tariqa g'azalda Fuzuliyning lirik qahramoni - mutafakkir, ha- yot haqiqatini chuqur anglab yetgan mushohadakor faylasuf sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu g'azal Sharq klassiklarining shu mavzudagi eng yaxshi she'rlari bilan hamohangdir. Biroq har bir buyuk shoiming iste'dodi har qanday mavzuni o‘ziga xos tarzda yoritishni taqozo etadi. Fuzuliy ham barcha shoirlar kuylagan muhabbat mavzusini o‘z qarash- laridan kelib chiqib, o‘ziga xos shoirlik ehtirosi bilan talqin etadi. G‘azalni o‘rganar ekansiz, an'anaviy ishq mavzusi baytma-bayt tadrijiy rivojlanib teran falsafiylik, ijtimoiylik, ilohiy sirlilik darajasiga ko'tariladi. G‘azaldagi “shifoyi vasl”, “tashnai diydor”, “labing sir- ri”, “voqifi asror”, “xarobot ahli" kabi istilohlar g‘azalni tasawufiy nuqtai nazardan chuqurroq o'rganishni, baytlar zamiridagi ma'no qat- lamlarini teranroq talqin qilishni taqozo etadi. Biz faqat ifodali o'qish nuqtai nazaridan, g‘azalni imkon darajasida o'rganishga harakat qildik. Bunday g‘azallar oddiy she’r sifatida o‘qilmaydi, balki o'quvchini in- son va insonning ko‘ngil olami haqida, hayot va hayotning sirli hodisa- lari haqida fikr yuritishga undaydi. Shoir oshiqning ichki kechinmalari, dardu hasratini o‘git va nasihat tarzida bayon etar ekan, she'r mazmuniga uyg‘un mahzun ohang va ta'sirchan uslub tanlagan. G'azaldagi bemor, diydor, asror, bemor, hush- yor, yor, xummor, vor kabi qofiyadosh so‘zlar va misralararo takror- lanib keluvchi “o'landan so‘r" radifi g‘azalning musiqiyligini yanada oshiradi. G‘azaldagi tazod san'atiga asoslangan hajr va vasl, tashbehu istioralar asosiga qurilgan fatton k.0‘2, nargisi mast kabi so‘z va so‘z birikmalari g‘azaldagi asosiy g‘oyani yorqin ifodalashga xizmat qilgan. Muhammad Fuzuliyning “Shifoyi vasl qadrin...” deb boshlanuvchi ushbu g‘azalining vaznini aniqlash uchun uni hijo va mknlarga ajratib chiqamiz. Download 226.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling