Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet49/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

Tayanch tushunchalar
Aruz tizimidagi she'rlar. “Mczon ul-avzon” va aruz haqidagi ma'lumotlar.
Hijo. Hijo turlari.
Hijo - aruz tizimidagi she'rlarda dastlabki oTchov birligi.
Rukn - aruz tizimidagi she'rlarda asosiy oTchov birligi.
Ilmi balog‘a - til qoidalariga toTa amal qilgan holda, so‘zlash va yozish bilan bogTiq fan.
Ilmi fasohat - yoqimli, chiroyli so‘zlash va yozishni o‘rgatadigan fan.
Garmoniya - (musiqada, sheTda) tovushlaming bir-biriga mosligi, uyg‘unligi.
Vasl - undosh bilan tugagan tovushning o'zidan keyingi unli bilan boshlangan so‘zga qo'shilib ketish hodisasi.
Savol va topshiriqlar
1. Aruz terminining kelib chiqishi haqida Alisher Navoiy qanday maTumotlar keltiradi?
' 2. 0‘zbek amziga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
3. Qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolar qanday aniqlanadi?
4. Rukn nima? Ifodali o‘qishda mknning qaaday ahamiyati bor?
5. Bahr nima? Amz vaznida qanday bahrlar*bor?
6. Amz tizimidagi asarlami ifodali o‘qish uchun qanday qoidalarga amal qilish lozim?
7. Fasohat ilmi deganda nimani tushunasiz?
8. Abu Ali ibn Sino “SheT san'ati” asarida sheT uch xil narsa bilan xayolga ta'sir etadi, deydi. Bu uch xil narsa nima?
Adabiyotlar
1. Abu Ali ibn Sino. SheT san'ati. - Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. 1980.
- 126-
www.ziyouz.com kutubxonasi
2. Anvar Hojiahmedov. Maktabda aruz vaznini o‘rganish. - Tosh- kent: 0‘qituvchi, 1995.
3. Alisher Navoiy. Asarlar. 0‘n besh to‘mli|<. 14-to‘m. // Mezon ul- avzon. -Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1967.
4. A.Rustamov. Aruz haqida suhbat. -Toshkent: Fan, 1972.
5. Abdurauf Fitrat. Amz haqida. -Toshkent: 0‘qituvchi, 1997.
NASRIY ASARLARNIIFODALI
0‘QISH
Reja

1. Latifa va hikoyalarning g‘oyaviy xususiyatini aniqlash va ifodali o'qish.
2. Ertaklarni ifodali o'qishda mavzu va g'oyani aniqlashning aha- miyati.
3. Qissalami ifodali o‘qish.
4. Romanlarning mavzu va g'oyasini aniqlash. Romanlami ifodali o'qishning o'ziga xos xususiyatlari.
Nasriy asarlarni ifodali o‘qish lirik turdagi asarlami o'qishdan tub- dan farq qiladi. Bu farq, avvalo, asarning janr xususiyati bilan belgi- lanadi. Lirik turdagi asarlarda shoiming oniy hissiyoti, voqelik haqi- dagi kechinmalari butun harorati bilan ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, she'r shoiming voqelikdan olgan taassurotlarini jo'shqin aks ettimvchi ehtiros mahsuli sifatida yuzaga keladi. She'mi o'qiganda ham mana shu harorat, jo‘shqinlik aks etib turadi.
She'r o‘qishdagi bu shiddatkor uslubni butunligicha nasriy turdagi janrlarga qo'llab bo'lmaydi.
Muallif nasriy asarda kishilarning hayoti va xarakterlarini ular- ning bir-birlariga boTgan murakkab munosabatlari orqali aks ettirar ekan, asar qahramonlarining ruhiy olami, urf-odatlarini tasvirlaydi, tabiat manzaralarini yoritishga joy beradi. Demak, nasriy turdagi asarlarda biz (ayniqsa, qissa va romanlarda) hayotning keng man- zarasini ko‘ramiz. Nasriy asarlarda, odatda, voqealar bayoni ye- takchi o‘rin egallaydi. Bu turdagi asarlarni ifodali o'qish she'riy
- 127-
www.ziyouz.com kutubxonasi
janrlardan farqli o‘laroq, nisbatan osoyishta kechadi. Albatta, bu “osoyishta”likni muayyan asaming hamma o‘rinlariga ham qo'llab bo‘lmaydi, chunki voqealar davomida shiddatkor o‘rinlar, haya- jonli lavhalar ham uchraydi. Badiiy asarning qaysi o‘rinni qanday ohangda, qanday tempda o‘qish lozimligini aniqlash uchun, dastlab asarning g‘oyaviy mazmunini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir. Chunki asarda qo‘yilgan hayotiy haqiqatni aniqlash, uni mantiqan tushunib o‘qishga, ayni paytda ifodali o‘qishga yordam beradi.

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling