Ziyoda masharipova
Latifalarni ifodali o‘qish
Download 226.51 Kb.
|
IFODALI O`QISH
Latifalarni ifodali o‘qish
Nasriy turning eng kichik janrlaridan biri latifalardir. Latifa arabcha so‘z boiib, latif, go‘zal, yoqimli degan ma'nolarni bildi- radi. Latifa xalq nozikfahmlik bilan aytgan kulgili kichik hikoya ma'nosida qoilanadi. Shaklning kichikligiga qaramasdan latifa zamirida ko‘pincha ibratli voqea mujassamlashadi. Har bir latifada nozik bir mushohada, muhim bir fikr juda yorqin, ayni paytda kul- gili xulosa bilan ifodalanadi. Latifalarda kinoya, majoz, qochirim so'zlar alohida badiiy-estetik vazifa bajaradi. Shuning uchun ham, latifalarni o'qiganda har bir so‘z, har bir jumlaning mazmuniga alo- hida e'tibor qaratish lozim. Chunki latifada bitta jumla ham katta bir hayotiy haqiqatni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi mumkin. Masalan, quyidagi latifani ifodali o'qish qoidalariga asosan o'rganib chiqaylik. Pauza olgan o‘rinlarga // - vertikal chiziq, qisqa pauzaga | - vertikal chiziq qo‘yilgan. Xo‘ja Nasriddin Afandi Misr shahriga boribdi. // Unga go‘riston orqali o‘tishga | to‘g‘ri kelgan ekan, qabrlar ustidagi | toshlardagi qiziq (mantiqiy urg‘u) yozuvlarga ko‘zi tushibdi. // Bu yozuvlarda | marhum- laming tug'ilgan va o‘lgan yillari | qayd etilgandan keyin, | “uch oyu bir hafta umr ko'rdi //” yoki “bir oyu uch kun umr ko'rdi |” deyilgan ekan. // Afandi ajablanibdi//: tug'ilgan va o‘lgan yillarini e’tiborga olganda | marhumlar ellik, | oltmish | va hokazo yillar yashagan ekan, bu esa | qabr toshlarida ko‘rsatilgan oz muddat (oy va kunlarjga tamoman zid. Afandi misrliklardan “Bu nima qilganlaring |, odamlaming tug'ilgan va o‘lgan vaqti bilan ko'rgan umri hisobi | bir-biriga sira to‘g‘ri kelma- - 128- www.ziyouz.com kutubxonasi yapti-ku | ?” deb so‘rabdi. // Misrliklar | : “Biz odamning tug'ilganidau o‘lganigacha bo'lgan vaqtni umr hisoblamaymiz, | balki odamning baxtiyor bo'lgan kunlarining jamiki umr hisoblaymiz //”. Shuning uchun ellik yoki oltmish yil yashagan odamninghaqiqiyumri | ko'pincha oy va kunlar bilan hisoblanadi. // deb javob beribdilar. // Afandi r/:, liklarga debdi | : “Agar men sizning shahringizda vafot etsam, | go' : ustiga bunday yozuvli tosh qo‘yinglar//”: “Buxorolik Xo‘ja Nasriddin | tug‘ilmasdan awal vafot etdi //”. G‘oya. Hayot faqat shodligu quvonchlardan iborat emas. Inson umrining aksariyat qismi muammoyu tashvishlar girdobida o‘tib ketadi. Lekin inson hayotida shunday lahzalar bo‘ladiki, butun umr- ga tatiydi. Hayotning mana shunday baxtiyor va mazmunli kechgan lahzalari- nigina haqiqiy umr deb atasa bo'ladi. Latifaning g‘oyaviy mazmunini tashkil etgan hayotiy haqiqat mana shundan iborat. Lekin asar yakuni- dagi Xo‘ja Nasriddindek xushchaqchaq insonning kutilmagan javobi eshituvchida beixtiyor kulgu uyg‘otadi, ayni paytda hayot haqida chuqur mushohada yuritishga ham undaydi. Latifada ifodalangan hayotiy haqiqatni aniqlab olish, uning o‘qilish tempi, ohanggi va intonatsiyasini belgilashda muhim o‘rin tutadi. Lati- fada tasvirlangan voqealar o'quvchida estetik hissiyot qo‘zg‘otadi. Binobarin, uni o'qishda mana shu hissiyot va emotsionallikka alohida e'tibor berish zarur. Latifa yakunidagi qissadan hissa sifatida aytilgan oxirgi jumlaning har bir so‘zi alohida ta'kidlab mantiqiy urg‘u bilan o‘qishni taqozo etadi. Mashq. Quyidagi hikoyatlami o‘qib, asosiy g‘oyani aniqlang. Man- tiqiy urg‘u tushgan bo'laklami va pauzali o‘rinlami belgilab, ifodali o'qishni mashq qiling. Bir kishi bir hakimning ziyoratiga bordi. U behuda so‘zlami haddan ortiq valdirardi. So‘ng so‘z orasida: “Endi so‘zlashni bas qilay” dedi. Hakim unga: “Yo‘q, sen so‘z so‘zlaganing yo‘q!”, - dedi. - 129- www.ziyouz.com kutubxonasi Afandi bir yalqovdan so'radi: - Holing qalay? - Topsam yeyman, topmasam sabr-qanoat qilaman, - javob berdi yalqov. - Unday boTsa, xuddi bizning shahar itlariga o'xshar ekansan, - dedi Afandi. Download 226.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling