Ziyoda masharipova


- 131 - www.ziyouz.com kutubxonasi Mavzu


Download 226.51 Kb.
bet52/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

- 131 -
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mavzu. Ushbu hikoyat Sa'diy “Guliston”idagi boshqa hikoyatiar kabi hajman nihoyatda qisqa, lekin unga singdirilgan ibratli ma'no va mazmun olam-olam. Hikoyat ta'lim-tarbiya mavzusiga bag'ishlangan boMib, unda adib yoshlar tarbiyasida muallimning shaxsiyati, o‘qitish uslubi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.
G‘oya. Hikoyada muallimning badfe'lligi va bolalarga shafqat- sizligi qoralanadi. Ayni paytda, muallif “Ota mehridan afzal jabri us- tod”, “Agarda muallim bo‘lsa beozor, Bolalar sinfni qilishar bozor” kabi qistirma misralar orqali uning tarbiyadagi qattiqqo'llik uslubini ma'qullaydi. Adib farishtadek beozor muallimning tarbiyasi natijasida bolalarning devtabiat bo‘lib ketganini bayon qilish orqali yoshlar tarbi- yasida sustkashlik va o‘ta muloyimlik ham yaxshi natija bennasligini uqtiradi.
Ertaklarni ifodali o'qish
Yosh avlodni o‘z xalqiga, millatiga, tug'ilib o‘sgan Ona yurtiga chuqur hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalashda ertaklarning ahamiya- ti beqiyosdir. Xalqimizning o'tmishi, milliy urf-odatlari, dunyoqarashi, moddiy va ma'naviy boyliklari, go'zal bog'lariyu ulug'vor tog'lari ertaklarda nihoyatda jozibador tasvirlangan. Ming yillar davomida yaratilgan ertaklarda ajdodlarimizning erk va adolat, birlik va ahil- lik yo'lida olib borgan kurashlari aks etadi. Ertak qahramonlari hech qachon mehnat va mashaqqatlardan qo‘rqmaydilar, jismoniy va ruhiy barkamolligi tufayli yovuz kuchlarni yengib hamisha g‘alaba qozon- adilar. Shuning uchun ham ertaklar katta-yu kichik - hammani birdek o‘ziga jalb qiladi, estetik zavq uyg‘otadi, ezgu maqsadlar yo'lida to‘siq bo‘lgan g‘ovlarni yengib o'tishga o'rgatadi. Binobarin, hammaga ta- niqli ba'zi mashhur zotlaming o‘zlaridagi yaxshi fazilatlami go‘zal er- taklardan olganliklariga misollar oz emas.
Ertaklarni ifodali o'qishda ulardagi an'anaviy boshlama (zachin) larga alohida e'tibor qaratish lozim. Ko‘pgina ertaklaming boshlamasi odatda, saj’ usulida yaratiladi. Masalan, “Tulki bilan tovus” ertagining muqaddimasi shunday boshlangan: “Ertagi yo ertagi, echkilarning burtagi, qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i uzun ekan, g‘oz karnay- chi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, ola qarg‘a azonchi, qora qarg‘a
- 132-
www.ziyouz.com kutubxonasi
i|o/oiiclii. chumchuq chaqimchi ekan, to‘rg‘ay to‘qimchi ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, yetti kunlik veri bor, vetti kunlik yerida dumi kalta bo‘ri bor...”
Ertak boshlamasidagi bir-biriga qofiyadosh bo‘lgan so'zlaming takrorlanib kelishi o‘ziga xos ritm va ohangdorlikni yuzaga keltiradi. Og'zaki ijroda mana shu ohangdorlikni to‘g‘ri aks ettirish eshituvchi- ning diqqatini o‘ziga jalb qiladi va asar mazmuniga bo'lgan qiziqishni vanada oshiradi. Ba’zi ertaklar esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saj'siz zachin orqali ham boshlanishi mumkin: “Qadim zamonda bir podshoning go'zallikda tengsiz qizi bo‘lgan ekan...” Biinday boshlamalar xuddi muallif bayoni kabi vazmin ohangda o‘qiladi.
Mashq. Quyidagi ertakni ifodali o‘qish qoidalari asosida o'rganib chiqaylik. Ikkiti vertikal chiziq || pauzani, bitta vertikal chiziq | esa, qisqa pauzani bildiradi.
Bir bor ekan, | bir yo‘q ekan, | qadim zamonda || bir kishi bo'lgan ckan.|| Uning uchta o‘g‘li bor ekan, | uchovi ham o‘qigan, | oq-qora- ni tanigan, | yuzlari oyday, | o‘zlari toyday, | yomon bilan yurmagan,
| yomon joyda turmagan ekan. || To‘ng‘ichi - yigirma bir yoshda, | o'rtanchasi - o‘n sakkiz yoshda, | kenjasi - o‘n olti yoshda ekan. ||

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling