Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet60/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

-148-
www.ziyouz.com kutubxonasi
GUL
Qurigan, hidi yo‘q, unutilgan gul, Kitobni ocharkan ko'rib qoldim men. G‘alati xayolga to‘ldi-da ko'ngil, Parishon termulib, turib qoldim men:
Qayerda va qachon, qaysi bahorda Gullagan? Uzoqmi? Kim uzdi ekan? Yot qo‘lmi, tanishmi uzgan nahorda? Ne uchun bu yerga qo'yildi ekan?
Nozik bir visolning esdaligimi,
Yoki shum ayriliq - firoq yodgori? Yoki tinch sahroda, o‘rmon soyasida Yolg'iz sayr, tomosha xotiralari?
Tirikmikan yigit, tirikmikan qiz?
Shu paytda ulaming qayda go‘shasi? Yoki shu qurigan - soTg'in, belgisiz Gul kabi soTdimi har ikkalasi?
BOQCHASAROY FONTANIGA
Ishq fontani, ey oTmas fontan,
Senga ikki qizil gul - sovg‘am! Shildirashing yoqimli chunon, Shoirona ko‘z yoshlaring ham.
Sachrar menga kumush to‘zoning, Esar salqin shabnam nafasi, Tinmayin oq, yupanch chashmasi! Shildir-shildir so‘yla dostoning...
- 149 -
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ishq fontani, qayg‘uli fontan,
Marmaringdan ayladim so‘roq.
Men eshitdim yiroq elga shon;
Mariyadan aytmading biroq...
Unut bo‘lding nahotki mangu Sen, ey so‘lg‘in haram yulduzi?
Yo Mariya, Zaremabonu,
Nahot, shirin xayolning o‘zi?
Yoki bari shirin bir uyqu,
Bu qorong‘i xilvatda xayol,
Yo bir damlik timsolmidi u,
Yo qalbdagi majhul ideal?
(Pushkin)
★ ★ ★
Men jahondin kechtimu kechmas mening jonimdin el,
Men ilik jondin yu(v)dim, chekmas ilik qonimdin el.
To‘sh-to‘shumdin, baski, rasvolig1 o‘ti lov-lov yonar,
Har taraf yoTdin chiqorlar o‘tsalar yonimdin el.
Tonimaslar bir-birin yoqqon mazallat gardidin,
So‘rg‘ali holim kirib chiqquncha vayronimdin el.
Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jon birla tavf,
Ka'bai ko'yin xabar topquncha borg'onimdin el.
Ey Navoiy, qilmag'aylar ayb agar devonamen,
U1 pari vasfin o‘qug‘on soyi devonimdin el.
* * *
Bog‘ mendek sorg‘orib, bulbul meningdek boTdi lol,
Go‘iyo mundoq boTur bir guldin ayrilg‘ong‘a hol.
- 150-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yerdagi yafrog1 g‘aribu xoksor ar bo'lnjasa,
Men kibi ne vajdindur yuzi sorig‘, ashki ol.
Suvg‘akira tushmush qizorg‘on barglar ko'rgan kishi Ko‘z yoshim ichra bag‘ir pargolasi aylar xayol.
Shoxi Majnundurki, uryon bo'lubon afg‘on qilur, Bargi Laylidurki, nilu igna birla qozdi xol.
Hajr aro ohimg‘a boqmay bordi, lekin shukr erur, Kim xazonda sarvg‘a oseb yetkurmas shamol.
Bu sorig‘ ruxsor uza har sori ashkim o‘shxashur, BirxazonIig‘ bog‘ ichinda har taraf ravshan zilol.
Vasl angla ishq bog‘ining bahoridin nishon,
Hajr bilgil gar tilar boisang xazonidin misol.
Bu chaman ra’nolari sarkashlik etgandin ne sud,
Kim xazon torojidin emin emastur bir nihol.
Ey Navoiy, bu xazon oig‘ay, bahor ila badal,
Kelsa davlat gulbuni shahzodai sohib jamol.
* ie "k
Furqatingdin za’faron uzra to‘karmen lolalar,
Lolalar ermaski, bag'rimdin erur pargolalar.
Dur tishingdin donai sabrim qolur bebarg, desam, Kulib ayturkim, ekinning ofatidur jolalar.
Tola-tola nay o‘qung ko‘ksimda go‘yo sindikim, Tevmlubdur notavon ko‘nglumda bir-bir tolalar.
Fitnalik to'qquz falak girdingda, jono turfadur,
Kim ko‘rubdur bir quyosh davrinda mundoq xolalar.
-151-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bordilar ahbobu men yig'larmen o‘z holima,
Karvondin qolg'on it yanglig'ki qilg‘ay nolalar.
Ko‘hi g‘am bo‘ldi, Navoiy, lolalar gulgun sirishk,
Tog‘ agar budur, bale ashk o‘lg‘usidur lolalar.
Je ic 1t
Parim bo'lsa uchib qochsam ulustin to qanotim bor, Qanotim kuysa uchmoqdin, yugursam to hayotim bor.
Chiqib bu dayrdin Isog‘a nevchun hamnafas bo‘lg‘ay, Bihamdulloh, tajarrud birla himmatdin qanotim bor.
Xaloyiq suhbatidin, ming g'amim bordurki, muft o‘lg‘ay, Agar ming jon berib bilsamki, bir g'amdin najotim bor.
Chekib ag'yordin yuz javru tortib yordin ming g‘am,
Ne o‘zga xalqdin g'ayrat, ne o'zumdin uyotim bor.
Chekib ko'zdin yozay bir xatki, dahr ahlig'a ko‘z solmay, Bu damkim ko‘z savodidin qaro ko'zdin davotim bor.
Tilar ko‘nglim qushin anqodin o‘tsa nori yuz vodiy, Muningdek sayr etarg‘a Qofdin ortiq sabotim bor.
Navoiy, bilki shah ko‘ngli manga qayd oimasa billah, Agar kavnayng'a xoshok chogiig* iltifotim bor.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling