Ziyoda masharipova


Download 226.51 Kb.
bet58/65
Sana21.04.2023
Hajmi226.51 Kb.
#1370950
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65
Bog'liq
IFODALI O`QISH

DORILFUNUNGA
Yana yigirmaga - yigit yoshimga Uzoq yillar o‘tib qaytgan bu kunim,
Ta’zim qilib keldim sening qoshingga Azizim, munisim, dorilfununim.
Nedirsan? Olisga undagan sado,
Yo olis yillardan chorlagan unim.
Seni sog'inaman va tirikman to *
Senga intilaman, dorilfununim.
- 143 -
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bolangman, bor hali o‘zingga hamdam Sho'xlik, erkaligim, andek jununim.
Kim boisam, ne boisam va qayda boisam,
Sen meni tergab tur, dorilfununim.
Hayot beshafqatdir, yashash murakkab,
Yozolmay goh dilga cho‘kkan tugunim,
Iltijo qilarman, bedor yurakka Qudrat ber, yoshligim - dorilfununim.
Hali bu olamga savolim ko‘pdir,
Xayolim qushida yo‘q lahza qo‘nim.
Yana shamchig‘oring kerak boiibdir,
Yoiimni yoritgin, dorilfununim.
She’ru ishq, baxt, quvonch - dunyo biri kam,
Faqat e’tiqodim - tanho butunim.
Qalbim tubidagi eng yorug' nuqtam - Senga talpinaman, dorilfununim.
Ezgulik soginchi o‘rtab ko'nglimni,
Bosh urib qoshingga kelgan bu kunim - Sidqimni qabul et, tark etma meni,
Azizim, munisim, dorilfununim.
(Erkin Vohidov
ALISHER NAVOIY
Men ushoq bir zotman tarix oldida, Sira mangulikni qilmasman da'vo. Axir, mangulik, bu - millat qalbida Yashamoqdir dunyo turgunicha to.
Bor ekan toki zulm, toki qabohat, Inson yuragini tark etmagay she'r. Asrlar qa'ridan sog‘u salomat Siz chiqib kelasiz, ustoz Alisher!
- 144-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Jahon shoirlari tursa gar qator,
Ularga siz mudom sardorsiz, boshsiz.
Bu kun yuragimda g‘ururim bisyor,
0‘zbek manglayiga bitgan quyoshsiz!
Qalblar nurga to‘lsin - shu buyuk matlab, Yuksalar ulug‘dan ulguni olgan...
To mahshar ehtirom topsa, ne ajab,
Bitta baytingizning mag‘zin chaqolgan!
Nafsdan chayqalganda zamom - to‘rt taraf, Sizni jalb etoldi na toju na taxt.
Sizga muxlislikning o‘zi bir taraf,
Sizni anglamoqning o‘zi ham bir baxt!
* * *
Birin-ketin o‘tib borar asrlaming karvonlari,
Oh, nechog'lik xatarlidir uning oshar dovonlari. Inson zoti murodiga azal abad yetar edi,
Ushalsa gar umidvor zot - Navoiyning armonlari! Fursat keldi, do'stu g‘anim kimligini bilay bu kun, Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun, Ko‘kka boqib sahar chog‘i, iltijolar qilay bu kun, Nurga to'lsin aziz bobom Alisheming makonlari.
NAVRO‘Z
Awal yuragingga mo'ralaydi u,
So'ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z. Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu, Demak, Bahor keldi, kelmoqda Navro'z.
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy, Yum-yum yosh to'kmoqda eriyotgan muz.
- 145-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi, kelmoqda Navro‘z.
Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am, Demak, Bahor keldi, kelmoqda Navro‘z.
Yana ko'ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu'lalardan qamashmoqda ko‘z. Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi, kelmoqda Navro‘z.

Download 226.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling