Zohid jumaniyozov


Download 160.29 Kb.
bet43/81
Sana06.10.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1693156
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
Bog'liq
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

a) Ismlar tarjimasi. Odatda odamlarning ism-familiyalari tarjima qilinmaydi. Ular transliteratsiya yoki transkriptsiya qilinadi. Bu borada ikkkita yo’nalish mavjud:
  1. ismning chet tiliga oid ekanligi ta’kidlanadi (masalan, frantsuz tilidan rus tiliga ayollar ismini o’girishda – Luiz, Annett) yoki


  2. tarjima tilining morfologiyasiga moslashish sodir bo’ladi. (masalan, jenskiy rodning qo’shimchalarini qo’shish yo’li bilan – Luiza, Anna).


Quyidagi misollarda ham bu ikkita yo’nalish aniq namoyon bo’ladi.


  1. Nemis tilidagi “-e” bilan tugallangan jenskiy roddagi ismlar tarjimada “-a” qo’shimchasini oladi.


Masalan: Renate - Renata



Elfriede – Elfrida

Irene – Irena

Elise – Eliza

Susanne - Susanna

Lotte - Lotta
  1. Frantsuz tilida “-e” bilan tugallangan ismlar rus tiliga o’girilganda “-e” tushirib qoldiriladi.


Masalan: Marie – Mari



Louise - Luiz
3) Antik nomlar “- o” bilan tugallagan bo’lsa, tarjimada “-n” ni oladilar.
Masalan: Plato - Platon

Nero - Neron
4) “-us” bilan tugallangan qadimgi Rim nomlari tarjima qilinganida “-us” tushib qoladi. Masalan: Troilus - Troil


Titus - Tit

Brutus - Brut
5) “-ius” bilan tugallangan nomlar tarjimada «-iy» suffiksini oladi. Masalan:


Marius - Mariy

Andronius - Androniy
6) “-es” bilan tugallangan grek nomlari tarjimasida “-es”tushib qoladi. Masalan:


Perikles - Perikl

Sokrates - Sokrat

Aristophanes - Aristofan
7) Nemischa nomlardagi “ch” harf birikmasi “x” deb o’qiladi, inglizcha nomlarda esa “ch” tovushini beradi. Masalan: Richard Wagner – Rixard Vagner (nemischa ism)


Richard II - Richard II (Angliya qirolining nomi)
8) Frantsuz familiyalaridagi “la” yuklamasi rus yoki o’zbek tiliga tarjima qilinganda qo’shimcha qilib yoziladi. Masalan: La perouse - Laperuz.


Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling