Zohid jumaniyozov


b) Gazeta va jurnallar nomlari tarjimasi


Download 160.29 Kb.
bet44/81
Sana06.10.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1693156
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81
Bog'liq
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

b) Gazeta va jurnallar nomlari tarjimasi. Bularning nomlari tarjima qilinmaydi, faqat transkriptsiya qilinadi. Masalan: Frantsuz gazetalari:

Combat - Kombat

L’ Humanite - Yumanite

Aurore - Oror
Inglizcha gazetalari:


Daily Worker - Deyli Uorker

Daily Mail - Deyli Meyl

Times - Tayms
Gazeta nomlari o’zbekchaga yoki ruschaga tarjima qilinayotganda artikl
odatda tushirib qoldiriladi. Faqat ayrim hollarda artikl saqlanib qoladi:
Nemischa gazeta va jurnallarda: “Der Morgen”, “Der Spiegel”
Bu nomlar turlanganda artikl bilan predlog „in” birikivudan yasalgan so’z „im“ qo’shtirnoqqa olinmay, tashqarida qolib ketadi. Masalan: im “Morgen” gelesen, im “Spiegel” gesehen
Ba’zan kontekstda gazeta yoki jurnalning nomini yoritish talab etiladi. Bu holda nomning transkripsiyasi bilan bir qatorda tarjimasi ham beriladi. Masalan: „Der Spiegel“spiegelt nicht immer richtig wieder, obwohl ein echter Spiegel immer richtig wiederspiegeln soll.
Tarjimasi: „Speigel“ jurnali doim ham to’g’ri aks etavermaydi, vaholanki haqiqiy ko’zgu (“Spiegel” so’zi nemis tilida “ko’zgu” ma’nosini anglatadi) doim to’g’ri aks etishi kerak.
c) Geografik nomlar tarjimasi. Bular ham tarjima qilinmaydi. Ular transliteratsiya qilinadi, ba’zan esa ularning transkriptsiyasi beriladi.
Quyidagi nomlar transliteratsiya qilinadi.
Pyrenäen - ruschasi: пиреней, o’zbekchasi: pireneya tog’lari
Alpen - ruschasi: Алпы (гoры), o’zbekchasi: Alp tog’lari
Karpaten - ruschasi: Карпаты (горы), o’zbekchasi: Karpat tog’lari
Himalaja - ruschasi: гималай (горы), o’zbekchasi: Himalay tog’lari.
Shahar, tuman, maydon, ko’chalarning nomi zarur bo’lganda transliteratsiya yoki transkriptsiya qilinadi. Masalan: Die neueröffnete Friedrichstraße ist ein Einkaufszentrum der Superlative. (“Tatsachen über Deutschland”, 1996, S.98)
Ozbekchasi: angidan ochilgan Fridrixshtrasse ko’chasi yuqori sifatli mollarning savdo markazi
Shahar va mamlakat nomlarini perifraza qilinishi mumkin. Masalan: Dresden - Elbflorenz, das deutsshe Florenz, die Elbmetropole

Weimar - die Goethe-Stadt

Eisleben, Wittenberg - die Luther-Stadt

Erfurt - die Blumenstadt

Stralsund - die Ostseestadt

Leipzig - die Messestadt

Eisenach - die Bachstadt

Budapest - die Donaumetropole, die goldene Stadt

Rom - die ewige Stadt

Indonesien - das Land der Tausend Inseln

Australien - das Land des Känguruhs


  1. Finnland - das Land der Tausend Seen


Irland - die grüne Insel
Perifrazalarni tarjima qilayotganda tarjimon qaysi shahar yoki mamlakat nomi nazarda tutilganini o’quvchi yoki tinglovchiga yetkazishga, shu bilan birga asl nusxaning uslubini buzmaslikka harakat qilishi kerak.



Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling