Zohid jumaniyozov


Qo’shish va tushrib qoldirish hodisasi


Download 160.29 Kb.
bet41/81
Sana06.10.2023
Hajmi160.29 Kb.
#1693156
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Bog'liq
TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Qo’shish va tushrib qoldirish hodisasi. Ba’zan tarjima matniga leksik birliklarni qo’shishga to’g’ri keladi. Masalan: Promotion – защита кандидатской диссетации - nomzodlik dissertatsiyasini yoqlash.
Habilitation – защита докторской диссертации - doktorlik dissertatsiyasini yoqlash.
Wettbewerbssshutz - защита свободной конкуренции - erkin raqobatni himoya qilish. (Wörterbuch. Deutsch-Russisch/Rusissch-Deutsch. Begriffe aus Wissenschaft und Hochschule. Deutscher Akademischer Austauschdienst. Bonn, 1996. S.92-93.)
Katrin freut sich auf den Kuchen, den sie vorgestern im Ethik – Unterricht gerührt haben. (Ute Andresen. Deutschland in kleinen Geschichten. S.98.)
Катрин предвкушает пирог, тесто для которого они готовили на уроке этики позавчера. (Уте Андерсен. Немцы о себе и оГермании. -С.99).
Katrin pirog yeyishni ko’z oldiga keltirib oldindan lazzatlanadi, bu pirogning xamirini ular o’tgan kuni etika darsida qorgan edilar.
In der letzten Stunde geht Katrin zum Turnen in die Halle. Frau Alzmann schimpft, weil Katrin ihren Turnanzug vergessen hat. Ohne Turnanzug darf man nicht mitturnen. (ebenda, S.100)
На последнем уроке Катрин идёт в спортзал на физкультуру. Фрау Алцман ругает её за то, что она забыла дома форму. Без формы нельзя заниматся в зале. (Там же, С. 101)
Ohirgi dars – jismoniy tarbiya darsida Katrin sportzalga boradi. Frau Altsmann unga tanbeh beradi, chunki Katrin formasini uyida qoldirib kelibdi. Formasiz esa sportzalda shug’ullanish mumkin emas.
Tushirib qoldirish. Tushirib qoldirish qo’shishga qarama-qarshi bo’lgan hodisadir. Tarjima jarayonida ko’pincha ma’nosi jihatidan ortiqcha bo’lgan so’zlar tushirib qoldiriladi. Asl matndagi bunday so’zlar ma’nolarini tarjima matnidan ularsiz ham tushunib olish mumkin.

Квалификационный экзамен на звания врача – Ärztliche Prüfung - vrachlik malakaviy imtihon

Конкурс на замещение вакантной должности – Berufung - vakant o’ringa tanlov

Консултации пo вопросам учёбы – Studienberatung -o’qish bo’yicha konsultatsiyalar
(Wörterbuch. Deutsch- Russisch/Russisch-Deutsch. Begriffe aus Wissenschaft und Hochschule. DAAD. Bonn, 1996. S.96-97)
Und erst die Kinder in der Grundschule – wie verschieden! А уж дети в школе – совсем разные! (Ute Andresen. Deutschland in kleinen Geschichten. S. 102-103) Maktabdagi bolalar esa – butunlay boshqa –boshqa! Gruppenarbeit Katrin tut sich (1) mit Max, Florian und Hanna zusammen wie meistens bei der Gruppenarbeit (2).
Работа в группах! Катринб Макс, Флориан и Ханна объединяются в одну группу (1) – как почти всегда в таких работах (2). (ebenda, S. 96-97)
Guruhlarga bo’linib ishlash! Katrin, Maks, Florian va Xanna bir guruhga birlashadilar (1) – bunday ishlashda (2) ular ko’pincha shunday qilishadi.
Bu misolda qo’shish (1) va tushirib qoldirish (2) hodisalarini bir gapning o’zida ko’rish mumkin.
Ushbu mavzu nihoyasida yana bir bor shuni ta’kidlab o’tish lozim-ki, yuqorida ko’rib chiqilgan tarjimonlik transformatsiyalari “sof” shaklda juda kam uchraydi. Odatda turli transformatsiyalar bir vaqtning o’zida sodir bo’ladi, ya’ni qo’shilib keladi – muayyan unsurlar o’rnini almashtirib qo’yish almashtiruv bilan qo’shilib keladi, grammatik almashtiruv leksik almashtiruv bilan birga sodir bo’ladi va hokazo. Tarjimonlik tarnsformatsiyalarining aynan shu murakkabligi tarjimon ishini juda qiyinlashtiradi.

Download 160.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling