Muskul to’qimalaridan bir nechta go’sht qirqimlari tayyorlanadi, huddi
trixinelloskopiya o’tkazishdagidek. Go’sht qirqimlari kompressorium shishalari
orasida qisiladi va keyin ko’riladi. Agar yaxshi yoki o’rtacha qonsizlangan
bo’lsa qon izlari bo’lmaydi, qoniqarsiz qonsizlangan bo’lsa qon dog’lari va
Tekshirilayotgan go’shtdan kichik bo’lakcha kesib olinadi va havonchaga
joylashtiriladi. Buning ustiga 5 foizli gvoyakola yeritmasi solinib, shisha
tayoqcha bilan go’sht bo’laklanadi. Keyin esa 2 tomchi 2 foizli vodorod
peroksid qo’shiladi. Bir necha sekund o’tgandan keyin katalaza ta’sirida
kislorod pufakchalari ajraladi. Agar go’sht yaxshi qonsizlangan bo’lsa, bir
minutdan keyin go’sht bo’lakchasi ustida ingichqa ko’kimtir yo’lcha hosil
57
bo’ladi yoki 5 daqiqa ichida umuman reaksiya bo’lmasligi mumkin. 3 daqiqa
o’tgandan keyin pinset yordamida eritmadagi go’sht bo’lakchasi qo’zg’atiladi.
Qonsizlanganlik darajasiga qarab eritmaning rangi har xilda bo’ladi. Go’sht
yaxshi qonsizlangan bo’lsa suyuqlik sarg’ish malla, go’sht o’rtacha
qonsizlangan bo’lsa, suyuqlik ochiq ko’k, go’sht qoniqarsiz qonsizlangan bo’lsa,
suyuqlikning rangi qoramtir ko’k bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: