«zoogigiyena» fanidan


Download 204.08 Kb.
bet2/4
Sana30.05.2020
Hajmi204.08 Kb.
#112003
1   2   3   4
Bog'liq
BUZOQXONA LOYIHASINI

KURS LOYIHASI № -1


Tug’uruqxonada 6bosh sigir tirik vazni 350kglik. Prafilaktoriyada 6 bosh buzoq,

Buzoqxonada 2xaftalikdan 2 oylikgacha 8bosh buzoq,

2-4 oylik 12 bosh buzoq saqlanadi.

Buzoqlarning tirik vazni 30-40 va 90 kg.

Qurulish mahalliy, Buxoro viloyati tashqi xarorati esa -70C

Mundarija.

1. Kirish……………………………………………………………………….4-5

2. Ferma uchun joy tanlash va molxonaning o’lchamlarini normativ asosida hisoblash……………………………………………………………………….6-7

3. Fermani suv bilan taminlash, qoramollarni suvga bo’lgan talabini hisoblash……………………………………………………………………….8-9

4. Molxonadagi yorug’likni xisoblash va yorug’likning ahmiyati……….....10-11

5. Molxonadagi suniy vintilyatsani namlik bo’yicha hisoblash…………..…12-13

6. Molxonada issiqlik balansini hisoblash…………………………………..14-16

7. Go’ngni saqlash va hisoblash usullari……………………………………...17-20

8. Xulosa…………………………………………………………………….21-22

9. Foydalnilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………….………..23



KIRISH

Chorvachilik fermer xo’jaliklarini rivojlantirishda asosiy e’tibor hayvonlarni saqlash, mahsuldorlikgini ko’paytirish va mahsulot sifatini oshirishda maxanizatsiya va avtomotizatsiyani keng joriy qilib unumdorlikni oshirishga qaratish lozim. Hayvonlar juda sovuq yoki juda nam, qorong’u, iflos, vetilatsitasi yomon, tor binolarda saqlansa maxsuldorligi kamayib ketadi. Shuning uchun molxonalarni quishda texnalogiyani loyixa meyorlarida quyidagilarga e’tibor beriladi.

Molxona loyixasi qurilganda va uni chizganda issiq bo’lishini taminlash kerak. Texnik talab bo’yicha mikroiqlim ko’rsatkichlarini ta’minlash muhim axamiyatga ega bo’lib molxonaning jihozlanishi hayvon uchun qulay bo’lishi kerak. Ventilatsiya, issitish, yoritish, sog’ish, ozuqa tarqatish va go’ngni chiqarish kabi ishlarni mehanizatsiyalashtirish joriy qilishimiz. Zoogegiyenik talabga javob beradigan molxonalarni qurush zooveterinariya mutaxassislari bashqa raxbarlar bilan birga loyihalarni ko’rib chiqishlari va qanday bajarilishini nazorta qilib borishlari kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturining 165 – bandida, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini uchun me’yoriy huquqiy asoslarni yaratish, davlat tomonidan imtiyozli kreditlash yo‘li bilan qullab-quvvatlash chora tadbirlarini kuchaytirish va bir qator tadbirlar vazifa qilib belgilangan. Kompleks dasturni amalga oshirish natijasida 2020 yilga kelib yirik shoxli qoramol bosh soni 21,8 % ga, sut mahsulotlari ishlab chiqarish 36,8 % ga oshishi rejalashtirilgan.

Sohada keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida barcha toifa xo‘jaliklarida qoramollar bosh soni 12165,3 ming boshga etkazilib, 2016 yilga nisbatan o‘sish darajasi 4,5 foizga, shundan sigirlar bosh soni 4214,3 ming bosh yoki 0,9 foizga, qo‘y va echkilar bosh soni 19749,2 ming bosh yoki 3,4 foizga, otlar bosh soni 221190 ming bosh yoki 2,1 foizga, parrandalar bosh soni 65758,9 ming bosh yoki 7,6 foizga oshganligi kuzatilgan.

Urchitilayotgan jami (100%) qo‘y va echkilarning 83,6 foizi, otlarning 85,0 foizi, jami parrandalarning 63,2 foizi dehqon xo‘jaliklarida (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan birga) hisobiga to‘g‘ri kelgan. SHuning uchun ham fermer xo‘jaliklari faoliyatini dunyo tajribasiga asoslangan holda samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish lozim.

Shu bilan birgalikda, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 138 ming tonna yoki 7,4 foiz ko‘p tirik vaznda go‘sht, 675,0 ming tonnaga yoki 48 foiz ko‘p sut, tuxum ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 585 mln. donaga yoki 110,6 foizga oshganligi kuzatilgan, qorako‘l teri ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 23 ming donaga yoki 2,2 foizga oshganligi qayd etilgan. Jun ishlab chiqarish hajmi 1,0 ming tonnaga yoki 102,8 foizga oshgan. Baliq etishtirish esa 15890,7 tonnaga yoki 126,4 foizga oshgan.

Ishlab chiqarilayotgan chorvachilik mahsulotlarini xo‘jaliklar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, asosiy mahsulot dehqon xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelgan. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda ishlab chiqariladigan 9703253 kg (100 foiz) sutning 349734 kilogrammi yoki 3,6 foizi fermer xo‘jaliklarida, 9283318 kilogram yoki 95,6 foizi dehqon xo‘jaliklarida, 70201 kilogram yoki 0,7 foizi qishloq xo‘jalik korxonalariga to‘g‘ri kelgan.

Shunga mos ravishda jami ishlab chiqarilgan go‘shtning 2,8 foizi fermer xo‘jaliklari, 94,4 foizi dehqon xo‘jaliklari, 2,6 foizi qishloq xo‘jalik korxonlari tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lsa, tuxumning 10,7 foizi fermer xo‘jaliklari, 57,7 foizi dehqon xo‘jaliklari, 31,5 foizi qishloq xo‘jalik korxonalariga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek qirqib olingan junning 7,9 foizi fermer xo‘jaliklari, 85,5 foizi dehqon xo‘jaliklari (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan birga), 6,4 foizi qishloq xo‘jalik korxonlari, qorako‘l terining 5,4 fermer xo‘jaliklari, 83,4 foizi dehqon xo‘jaliklari (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan birga), 11,0 foizi qishloq xo‘jalik korxonlariga, asalning esa 15,2 foizi fermer xo‘jaliklari, 79,4 foizi dehqon xo‘jaliklari, 5,2 foizi qishloq xo‘jalik korxonlari tomonidan ishlab chiqarilgan. Shuningdek ovlangan baliqning 31,3 foizi fermer xo‘jaliklari, 15,5 foizi dehqon xo‘jaliklari, 53,1 fozi esa qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan etishtirib berilgan. Olingan tahliliy ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqariladigan mahsulotning (60-90 %) asosiy qismi dehqon (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan birga) xo‘jaliklari zimmasiga to‘g‘r kelgan.

Sut ishlab chiqarish bo‘yicha ham viloyatlar kesimida xuddi shunday farq mavjud. Jami etishtirlgan sutning asosiy qismi ya’ni: 12,6; 10,5; 9,5; 8,6 foizini tegishlicha Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari bergan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich bo‘yicha oraliq o‘rinni, Andijon, Buxoro, Surxondaryo, Namangan va Jizzax viloyatlari (9,1; 8,7; 8,0; 6,5 va 5,5 %) hamda oxirgi o‘rinni Navoiy, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi egallashgan (4,2; 3,2; va 3,5 foiz).
FERMALAR UCHUN JOY TANLASH VA MOLXONANING O’LCHAMLARINI NORMATIV ASOSIDA XISOBLASH.

Chorvachilikni ixtisoslashtirishda zoogigiyenik talablarni yaratish veternariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish va joylarda sanitariya madaniyatini joriy qilish katta axamiyatga ega.

Zamonaviy chorvachilik fermalarida hayvonlar doimo bir joyda saqlanib yaratishda chiqarilmaydi quyosh nuri va tashqi o’zgaruvchi tasirlaridan foydalanilmaydi. Bunday voqealarda hayvonlar orasida ko’pincha oshqozon ichak va nafas yo’lari kasaliklari modalar almashinuvini buzulishi jinsiy qobiliyatini pasayishi tuyoqlar lat yiyishi va boshqa yo’lari kasaliklari modalar almashinuvi buzulishi jinsiy qobiliyatni pasayish tuyoqlar lat yeyishi va boshqa kasaliklar ko’payadi.

Bunday paytlarda veternariya sanitariya qoidalariga rioya qilinmasa yuqumli kasaliklarni tarqalishini oldini oladi.

Binolarda hayvonlarni joylashtirishda texnalogik qurulmalar aloxida ajralib turadi.

Ferma uchun joy tanlash zooveternariya mutaxasislar ishtirokida amalga oshiriladi. Tanlangan yer ozuqani keltirish chorvachilik mutaxasislari chiqindilarni chiqarish yo’llari hamda hayvonlarni yaylovga haydash yo’lari qulay bo’lishi kerak. Tanlangan yer ozuqalarni tuproq infeksiyasi 2 kundagi qorason qoqshol bilan xastalanmagan bo’lasin ayniqsa joy tanlashda tuproqning tuzulishi joylarning asosiy shamol yo’nalishiga etibor beriladigan yer quruq yer osti suvi xam 5 m uzoq xavo va suvni yaxshi o’tgazadigan shimadigan bo’lishi kerak. Organik modalar chiqindilar bilan kuchli ifloslangan botqoq va suv bosadigan yerlar yaramaydi.

Qurulish qilinadigan joylar ochiq deyarli tekis janubga yoki janubiy sharqga qarab 50ga qiya bo’lishi kerak. Shuningdek kuchli shamoldan qum va qorlarni uzoq yil to’silgan bo’lishi kerak.

Fermalar va yaylovlar oralig’idan temir yo’l katta aftomabil yo’lari bo’lmasligi kerak. Qurush uchun tanlangan yerlarni aholi yashash joylaridan uzoqda bo’lishi Bunda sanitariya oralig’i talabiga to’liq rioya qilish zarur.

Chorvachilik va parrandachilik xomashyolarini qayta ishlash korxonalari kamida 1500 m, pichan poxol omborlari-500 m, mineral o’g’it va zararli xomashyolar -300 m, qurulish matirali asbob anjomlar, tayorlash maydonlari 100-300 m uzoqlikda quriladi.

Vternariya inshoatlari bir necha shaxsiy yordamchi va fermer xo’jalik jumlasiga xizmat ko’rsatsa, asosiy xo’jaliklarda yoki biror xo’jalik xududida xizmat qilish qulay bo’lgan joyda quriladi. Umumiy xo’jalikda xizmat qiladigan veternariya inshoatlarida bilan atrofi baland devori bilan o’ralgan. Axoli yashash joylaridan ajratilgan bo’ladi va veternariya punkitlari binolari karantin va izolyator joylari va qush xonalar kamida 200 m uzoqlikda quriladi.

Chorvachilik fermalarini qurush uchun joy tanlashda xo’jalikning tabiiy iqlim sharoiti, mollarning bosh soni va ularning ozuqa bilan taminlashi xisobga olinishi kerak.

BAJARILISH TARTIBI

Tug’uruq xonada jammi 8 bosh qoramol saqlanadi, va 32 ta buzoq saqlanadi.

1. 1bosh sigir uchun 7 m2 joy ajratiladi.

Jami mollar uchun 6 x 7 = 42 m2

2. Buzoqlar 26 x 2 m2 = 52 m2

Jami; 52 + 42 = 94m2

Qo’shimcha bino uchun 15-20% joy ajratiladi.

94 – 100%

X - 20% 94 x 20 / 100 = 19 m2

3. Hamma olingan joy 94+19 = 113 m2.

Bino eni -9m, uzunligi 113 / 9 = 13 m

Balandligi 3 m, ichki xarorat +80C tashqi xarorat -70C, nisbiy namlik 80%,

Binoning hajmi (9 x 13) x 3 = 351 m2,

FERMANI SUV BILAN TAMINLASH VA SUVGA BO’LGAN TALABINI XISOBLASH.

Qishloq xo’jaliklarda ishlab chiqarilgan dexqonchilik chorvachilik hamda axolining suvga bo’lgan talabini qondirishga qishloq xo’jaligini suv bilan taminlash deyiladi. Suv bilan taminlash markazlashtirilgan bir va bir necha istemol tarmoqlari xar xil suv xavzalarida suv olislarga boradi. Markazlashgan usulda suv bilan ta’minlash suv xavzalarining xususiylariga qarab suv bilan taminlash yullari xar xil bo’ladi. Yer usti suvlaridan foydalanilganda suv yig’adigan suv minorasi axoli yashash joylaridan qurilganda va oqib kelayotgan suvdan balandroq quruladilar. Ko’pincha markazlashgan suv taminoti uchun yer osti suvlaridan xam suv bilan taminlashda maxsus suv bosimli minora quriladi. Bu minora suv tarmoqlarida suvning bosimini xosil qiladi. Minoralarda 29m2gacha suv saqlanishi mumkun. Markazlashtirilgan suv taminotini qurush bilan xo’jalikni uzluksiz va sanitariya tamonidan toza suv bilan taminlab turiladi. Markazlashgan sug’orish tizimi qishloq joylari quduq, buloqlari xovuzlar va anxor suvlaridan foydalaniladi.Quduqlar chuqur bo’lmay oz sonly mollarni taminlaydi. Quduqlar atmasfera suvlari tushmaydigan go’ngxona va go’ng sharbatlaridan uzoqroqda qurulishi kerak. Quduqning og’ziga qopqoq va ustiga soyabon qilinadi. Suvni chiqarish uchun maxsus nasoslar o’rnatilishi mumkun.

Hayvonlarni sug’orish hayvonlarni vaqtida va yetarlicha miqdorda sug’orish, oziqlantirish axmiyatli bo’lib chorvachilikni rivojlantirishda katta axamiyati bor. Hayvonlarni sug’orish- hayvonalrni vaqtida va yetarli miqdorda oziqlantirish ahamiyatli bo’lib chorvachilikni rivojlantirishda muxum ro’l o’ynaydi. Suvning miqdori organizmda ovaqt xazim qilish organlarining funksiyasi ozuqadagi to’yimli moddalarning xazm bo’lishini taminlaydi yani yaxshilaydi. Hayvonlarning turi yoshi fiziologik xolati maxsuldorligi ob havo ozuqalarning turi kabi omilar muxum ro’l o’ynaydi. Tekshirishlar olib borilganda yiliga 4000-5000 l/sut beradigan yuqori maxsuldor sigirlar kun davomida bir xil suv ichiradilar 8 marta sug’orilgan 31litrdan 84 litrgacha suv ichgan.

Ko’p sut beradigan sigir xam kam beradiganiga qaraganda ko’p suv ichadi.

Masalan kuniga 12 litr sut beradigan sigir 35-40 litr suv ichadi. 40 litr sut beradigan sigir esa 110 litr suv ichadi. Tajribalarda aniqlanishlaricha xayvonlar 1 kg yegan quruq ozuqasiga, Otlar 2-3 litr qoramol 4-6 litr cho’chqa 6-8 litr quy 2-3 litr suv ichadilar.

Hayvonlar kun davomida erkin va xoxlagunicha suv ichishlari zarur. Bunda aftosug’orgichlardan foydalaniladi. Aftosug’argichlar qurulmagan bo’lsa qoramollar kuniga 3 martda sug’oriladi maxsudorliklari esa 4-5 martda sug’oriladi. Buzoqlar bir oyligida qaynatilib 25-300C gacha sovutilib suv bilan sug’oriladi. Ko’p sut beradigan sigirlar xam kam sut beradiganlariga qaraganda ko’p suv ichadi. Masalan 10 l sut beradigan sigirlar 35-40 lgacha suv ichsa 40 l sut ichadigan sigir kuniga 110 l suv ichadi. Tajribalarda aniqlanishicha hayvonalar 1 kg yegan quruq ozuqalariga otlar-2-3 l, qoramolar 4-6l, cho’chqalar 6-8 l, qo’y 2-3l, suv ichadi. Oshqozon ichak va shunga o’xshash boshqa kasalliklarning oldini olish maqsadida sug’orish ishlarini toza va ularga qarashga axamiyat berish kerak.



Xisoblash tartibi.

Sigir va buzoqlarni suv bilan taminlashga keladigan bo’lsak 1 bosh sog’in sigir 1 kunda 80 l suv ichadi. 6 bosh esa x 80 = 480 litr suv kerak.

Buzoq esa 20 l suv ichadi. 26 bosh x 20 = 520 l suv ichadi.

Jami molarni 1 kunlik suvga bo’lgan talabi 480l+520l=1000 l bo’ladi.

Bunga qo’shimcha ravishda yana 15-20 % yong’in xafsizligi uchun suv saqlaymiz.

1000 – 100 %

X---15 %

Demak bir kunda fermada 1000+150=1150litr suv saqlash zarur bo’lib xisoblanadi.

Buzoq va sigirlarni suv bilan ta’minlash uchun

1oylik esa 1150 x 30kun =34500litr yoki 34,5 tonna,

6oylik esa 1150 x 6oy =207000 litr yoki 207 tonna,

1yillik esa 1150 x12oy = 414000litr yoki 414 tonna suv kerak bo’ladi.



MOLXONADAGI YORUG’LIKNI XISOBLASH VA YORUG’LIKNI AXAMIYATI.

Yorug’lik yuqori biologik ta’sirga ega bo’lib chorva molari va parrandalar organizimiga ijobiy tasir ko’rsatadi. Molxonalar yetarli miqdorda yorug’lik bilan ta’minlanishi ko’pchilik kasaliklarni olishida muxim faktor xisoblanadi. Misol uchun agar yorug’lik miqdori yetarli bo’lmasa katta yoshli xayvonlarda ostomolyatsiya (suyaklarni mortlashishi ) kassaligi yosh xayvonlarda esa raxit kasaligi kelib chiqadi. Chorvachilik binolari va parrandalar da tabiiy va suniiy yorug’lik miqdorlarini aniqlash amaliyotida muxum axamiyatga ega xisoblanadi. Tabiiy yorug’likni quyidagi usullarda ishlatiladi.

Geometrik usul bu usul juda oddiiy usul mbo’lib chorvachilik binolarida loyihalashtirish davrida ishlatiladi. Bu usulda yorug’lik koefesenti aniqlanadi. Yorug’lik koefesenti deb oynalangan deraza yuzasidan tushayotgan yorug’likning pol yuzasiga bo’lgan nisbatiga aytiladi.

Yorug’lik koefesentining meyorlari quyidagilar



  1. Qoramollar uchun 1:10 1:15

  2. Qo’ylar uchun 1:20

  3. Yilqilar uchun 1:10 1:15

  4. Cho’chqalar uchun 1:10

  5. Parrandalar uchun 1:10 1:12

  6. Mo’ynali hayvonlar uchun 1:10 1:13

  7. Burdoqiga boqiladigan hayvonlar uchun 1:25 1:30

Misol: 6 bosh qoramol va 26 bosh buzoq, molxona uzunligi 13 m eni 9m, deraza o’lchami (0,8*1m), shundan molxona yuzasi 13*9=117m2, Shundan deraza sonini topamiz 117 : (1:10) =11,7 bo’lganda 11,7 : 0,8=15ta deraza kerak bo’ladi. Oynalangan deraza yuzasi esa (0,8*1)*15=12m2 bu paytda yorug’lik koefesenti

117m2 /12m2 =9,8 yoki 1:10 nisbatda bo’ladi.

2) Svetotexnik usul - bu usulda molxonalarda tabiiy yorug‘lik koeffitsienti (TYoK) aniqlanadi. TYoK - deb molxona ichidagi yorug‘likni tashqi atmosfera yorug‘ligiga nisbatan foiz hisobida ifodalanishiga aytiladi. TYoK qo‘yidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

TYoK =

Yoritilayotgan yuzaga tushayotgan yorug‘lik nurlarining zichligiga yoritilganlik deyiladi. Yoritilganlik - lyuks (lk) bilan o‘lchanadi. Misol: Molxonaning ichki yorug‘ligi 40 lk, tashqi yoritilganlik esa 4500 lk, bunda tabiiy yorug‘lik koeffitsienti (TYoK) 0,9 % ga teng bo‘ladi.

TYoK= 40/4500 x 100 = 4000/4500= 0.9 %

Molxonaning ichki yoritilganligi tashqi yorug‘lik miqdorini TYoK ga ko‘paytirib aniqlanadi: Misol: fevral oyida tashqi yorug‘lik 3500 lk ga teng. TYoK esa 0,9%. Bu tashqi yorug‘likni 0,009 qismiga to‘g‘ri keladi. Aniqlanadigan yoritilganlik 3500 x 0,009 = 31,5 lk ga to‘g‘ri keladi. TYoK molxonaning markazida pol ustida, poldan 1m va 1,6 m balandlikda aniqlanadi.

TYoK ning me’yorlari qoramollar uchun 0,4-1,0%, bo‘rdoqi mollar uchun 0,4-0,5%, profilaktoriy uchun 0,5-1 %, cho‘chqalar uchun 0,5-1,2 %, qo‘ylar uchun 0,3-0,8 %, yilqilar uchun 0,5-0,8 %, parrandalar uchun 0,7 va quyonlar uchun 0,5 - 0,7 % bo‘lishi lozim:



Sun’iy yorug‘likni aniqlash - buning uchun molxonani yoritadigan lampochkalarning soni aniqlanadi va bir dona lampochkaning quvvatiga ko‘paytiriladi. Olingan natijani pol yuzasiga bo‘linadi. Bu vaqtda 1 m2 pol yuzaga to‘g‘ri keladigan solishtirma quvvat topiladi (vt/m2). Vt/m2 birlikdagi yorug‘likni lyuksga aylantirish uchun tokning kuchlanishiga qarab qo‘yidagi koeffitsientlarga ko‘paytiriladi.



Lampochkaning quvvati

Qizdirish lampasi

Lyuminitsentli

1

100 vt gacha

2,0

6,5

2

100 vt va undan yuqori

2,5

8,0

3. Sun’iy yorug‘likni aniqlash - bu usulda 1 m2 pol yuzaga to‘g‘ri keladigan solishtirma quvvat topiladi (vt/m2) va yoritilganlik me’yorlari lyuksda aniqlanadi.Qoramollar uchun meyor 4-4,5vattgacha, parrandalar uchun 4vatt, cho’chqalar uchun 3,3-4,5vattgacha bo’ladi.

Molxona polining yuzasi 140m2bo’lsa lampa sonini topamiz.



Lampochka sonini aniqlash

Solishtirma quvvatquydagi formula yordamida aniqlanadi



Bu vaqtda yoritilganlik 4,3 vt/m2 x 2,0 =8,6 lk teng bo’ladi.




Download 204.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling