Bug’doy va boshqa donlarning isloslanganlik kondisiyasini hisoblab chiqing
Fraksiyalarning nomi
|
Og’ir-lik, gr
|
Tarkibi gr
|
Tarkibi,%
|
Ortiqchasi
|
1-aniqlash
|
2-aniqlash
|
3-o’rtacha
|
|
|
|
|
|
|
|
23-jadval
Begona aralashmalar
Madaniy o’simliklar
|
Begona aralashma
|
Donli aralashma
|
Asosiy
|
Chegaralangan
|
Asosiy
|
Chegaralangan
|
Kuzgi bug’doy
|
|
|
|
|
Bahorgi bug’doy
|
|
|
|
|
Har bir partiya donning ifloslanganligi yoki ifloslanma-ganligini aniqlash donning sifatini baholashda shartli zaruriyat hisoblanadi. Dondan mahsulot tayyorlashda har bir to’plamning o’t urug’i yoki boshqa don turlari bilan ifloslanmaganligini aniqlash uning sifatiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ifloslanishning tarkibini bilish va turkumlashni quyidagicha tartibga solish, muhim ahamiyatga ega.
Yovvoyi o’tli va boshqa aralashmalar:
1. mineral aralashma (tuproq-qum);
2. organik aralashma (o’simlik qismi);
3. maxsus hisobga olinadigan aralashmalar (temir va tosh);
4. yovvoyi o’tlarning urug’i;
5. buzilgan navlar (chirigan, po’kak), bosilgan, ko’mirlangan, mita tushgan va boshqalar;
6. zararli aralashmalar, kasallik va zararkunandalar.
Asosiy don navlari:
a) don shaklining o’zgarishi (ko’kargan don, qurg’oqchilik tufayli yaxshi etilmagan don);
b) to’liq etilmagan don (dumbul yoki etilmasdan sovuq urgan don);
v) quritishda yoki saqlashda o’z-o’zidan qizib ketgan donlar;
g) bo’lingan donlar (yarmiga yaqin);
d) boshqa madaniy o’simliklarning donlari. Bular sifati jixa-tidan madaniy navga yaqin bo’lib, ulardan ma’lum darajada foydalanish mumkin.
Yuqoridagi punktlar bo’yicha aralashmalar turi va miqdori aniqlangach don partiyasi muayyan maqsadda foydalanish uchun tavsiya qilinadi.
O’zlashtirish uchun savollar.
Don to’plamidagi aralashmalar nimalardan iborat?
Qanday begona o’t urug’lari donga aralashib ketadi?
Donlarni har-xil aralashmalardan tozlashda qanday asbob-uskunalardan foydalaniladi?
5-Amaliy mashg’ulot Donning namligini aniqlash
Darsning maqsadi: talabalarni don partiyalarini saqlashda belgilangan namlik me’yori bilan tanishtirish. Ularga saqlash va qayta ishlash uchun qabul qilinadigan donlarning namligini aniqlashni o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |