Зоология ва экология


Download 1.35 Mb.
bet250/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Ishlash tartibi: don namligi deb, uning tarkibidagi, olin-gan namuna og’irligiga nisbatan foizda ifodalangan erkin yoki bog’langan gigroskopik suv miqdoriga aytiladi.

Dondagi suv miqdori uning asosiy sifat ko’rsatkichi hamda uni saqlash chidamliligini belgilaydigan omillardan biri hisob-lanadi. Dondagi ortiqcha suv nafas olish jarayonini tezlashtirib, uyumda mikro-organizmlar hamda ombor zararkunandalarining rivojlanishiga imkon yaratadi. Don quyi harorat ta’sirida mumkin qadar o’zining unishini yo’qotadi va ekish uchun yaroqsiz bo’lib qoladi.

Donda ortiqcha (15,5-16 foizdan yuqori) namlik qayta ishlashda ham birikadi. Bunday don yomon yanchiladi, shuningdek bunda tegir-monning unumdorligi pasayadi. Donning saqlashga chidamliligi, uni standart talablariga javob berishini belgilaydigan don namligining 4 holati ma’lum: quruq, yarim quruq, nam va ho’l.

Bug’doy, javdar, arpa, grechixa va sholi quyidagi ko’rsatkichlar bilan ta’riflanadi: quruq – namlik 14 foizgacha, o’rtacha quruq – 14-15,5 foizgacha, nam – 15,5 foizdan 17 foizgacha va ho’l – 17 foiz-dan ortiq. Don namligini aniqlash usullarini ikki guruhga bo’lish mumkin: to’g’ri va boshqa yo’l bilan. Birinchi guruhga maxsus uskunalarda oldindan suv siqib chiqarilgandan keyin uni hajmi-ni o’lchash yo’li bilan dondagi suv miqdori aniqlanadi. Shuningdek don namligini aniqlaydigan boshqacha tartibdagi quyidagi usul-lar keng tarqalgan:

1. Butun yoki maydalangan don (quruq qoldig’i bo’yicha) namunalarni quritish bilan suv miqdorini aniqlash.

2. Donning elektr o’tkazuvchanligin va dielektrik o’tkirligiga qarab namligini aniqlash.



Quritish usulida namlikni aniqlash uchun don namunalarini quritishda quritgich javonlarining turli sistemalari (SESh-1, SESh- 2, SESh-3 va boshqa) qo’llaniladi. Elektr o’tkazuvchanligiga qarab namlikni hozirgi davrda keng qo’llanilayotgan elektr nam o’lchagichlarida amalga oshirilmoqda.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling