kesilgan ko’rinishi
Nonning egiluvchanligini aniqlashda, mag’iz barmoq bilan engil bosilib, undagi g’ovaklarning uzilishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Non sofligi mag’izning egiluvchanligi, hushbo’y hidi va yoqimli ta’mi bilan ta’riflanadi. Berch non qattiq mag’izga ega bo’lib, ushoqlanadi. Shuningdek, qiyin chaynalib, nonning ta’mi va hidi keskin o’zgaradi.
Nonning ushoqlanish xususiyatini aniqlash uchun mag’iz bo’lak-lari olinadi va yumaloq soqqa holiga keltiriladi. Soqqani darhol va engil yuzaga kelishi nonning sofligini, agar mag’iz ushoqlansa, uning berchligini bildiradi.
Ta’mi va hidi. Har bir non turi o’ziga xos ta’m va hidga ega. Non begona hid, mineral aralashmalarning mazasi va g’archillashiga ega bo’lmasligi kerak. Nonning ta’mi mag’iz burdasini chaynash bilan aniqlanadi. Shunda ortiqcha nordonlik, chuchuklik, sho’r, achchiqlik, boshqa begona ta’m hamda tishlarda g’irchillash bor yoki yo’qligi ko’rsatiladi. Hidni aniqlashda uning o’ziga xosligiga e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |