1. Aylana va uning asosiy elementlari Aylananing uzunligini hisoblash


Download 0.62 Mb.
bet1/12
Sana24.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1292555
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Aylana


Mundarija:
Kirish. ………………………………………………………......................................3
1.Aylana va uning asosiy elementlari………………………………………………4
2.Aylananing uzunligini hisoblash………………………………………………...14
3.Doira va uning yuzini hisoblash…………………………………………………16
Dars ishlanma………………………………………………………………………19
Xulosa……………………………………………………………………………….22
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………..23


Kirish
Bu kurs ishi aylana uzunligi va doira yuzini o’qitish metodikasiga asoslangan.Kurs ishi kirish, 3 ta asosiy qism, xulosa va adabiyotlar ro’yhatidan tuzilgan. Bu kurs ishida aylana, uchburchakka tashqi chizilgan aylana, uchburchakka ichki chizilgan aylana, to’g’ri chiziqning aylana bilan kesishishi, aylanaga ichki chizilgan burchaklar, aylana vatarlari kesuvchilari kesmalarining proportsianalligi, aylana uzunligi, doira yuzi haqida tushunchalar kiritilgan.
Tekislikning berilgan nuqtadan bir xil uzoqlashgan hamma nuqtalardan iborat figura aylana deyiladi. Berilgan nuqta aylananing markazi deyiladi.Aylana nuqtalaridan uning markazigacha bo’lgan masofa aylananing radiusi deyiladi. Aylana uzunligi l=2πR formula bo’yicha hisoblanadi. Tekislikning berilgan nuqtasidan berilgan masofadan katta bo’lmagan masofada yotuvchi barcha nuqtalardan iborat figura doira deyiladi. Bu nuqta doiraning markazi deyiladi. Berilgan masofa esa doiraning radiusi deyiladi. Doiraning yuzi uni chegaralovchi aylana uzunligi bilan radiusi ko’paytmasining yarmiga teng. Ya’ni S=πR2 formula orqali ifodalanadi. Shu kabi tariflar keltirilgan.
1. Aylanava uning asosiy elementlari
Tekislikning berilgan nuktadan bir hil uzoqlashgan hamma nuktalaridan iborat figura aylana deyiladi.Berilgan nuqta aylananing markazi deyiladi.
Aylana nuqtalaridan uning markazigacha masofa aylananing radiusi deyiladi. Aylana nuqtasini uning markazi bilan tutashtiruvchi har qanday kesma ham radius deyiladi.



A



Bunda OA-radius.


Aylananing ikkita nuqtasini tutashtiruvchi kesma vatar deyiladi.Aylana markazidan o’tuvchi vatar diametr deyiladi. BC — vatar, AD — diametr.



B

C

O




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling